Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
2008 yil, 21 may, Nortgempton.
Devid qochib qutulib bo'lmaydigan janjal oldidan o'ziga dalda bera-bera azonda uyga qaytganida xotini o'z o'rnida uxlab yotganini ko'rdi. Yonida «Shirin shakkoklik» qo'lyozmasi yotar va vino ichilgan bo'sh stakan turardi. O'n minutlardan keyin Ella uyg'ondi. Devidning vannaxonada dush qabul qilayotganidan hayron bo'lmadi. Eri boshqa ayollar bilan o'ynashishga o'ynashishi qatto tunni ular bilan o'tkazishi ham mumkin edi-yu va lekin ertalab dushni hamisha o'z uyida qabul qilar edi. Devid yotoqxonaga qaytib kirganida, uning uyga kelmagani borasidagi tushuntirishlaridan qochish uchun o'zini uxlayotganga soldi. Bir soatcha o'tar-o'tmas Devid va bolalar o'z ishlariga tarqab ketishdi va Ella yana oshxonada yolg'iz qoldi. Hayot oqimi yana o'zining odatdagi o'zaniga tushganday edi. Ella o'zining sevimli «Pazandalik san'ati - oson va tez» oshpazlik kitobini ochdi va bir nechta reseptni o'qib ko'rib, o'zini kun bo'yi ish bilan band qilishi mumkin bo'lgan ancha murakkab menyuni tanladi. Dengiz mollyuskalaridan za'faron, kokos va apelsin solib tayyorlanadigan yovg'on sho'rva. Qo'ziqorin, xushbo'y ko'katlar va besh xil pishloq bilan pishiriladigan spagetti. Xo'shbo'y olma moyi, sirka va sarimsoqpiyoz shimdirib pishiriladigan buzoq qovurg'alari. Layma sokidagi yashil loviyadan va gulkaramdan tayyorlanadigan salat. Keyin desert (shirinlik) tanladi: iliq shokolad suflesi. Ella ovqat tayyorlashni yaxshi ko'rardi. Eng oddiy masalliqlardan shirin taomlar pishirishdan u nafaqat huzur qilardi, balki, qizig'i shuki, kayfiyati ham ko'tarilib ketardi. Boz ustiga bu ish juda a'lo darajada chiqishi unga yana ham ko'proq huzur berardi. Bundan tashqari, ovqat tayyorlash uni tinchlantirardi ham. Oshxona uning hayotida o'zini dunyodan ajratib olishi va vaqt tezligini go'yo qisqartirishi mumkin bo'lgan joyi edi. Ba'zi odamlar uchun intim munosabatlar shunday rol o'ynaydi, fikrlar edi Ella, lekin buning uchun ikki kishi bo'lishi kerak, oshxona uchun esa vaqt, ishga mehr va masalliq bo'lsa, bas. Televideniyadagi pazandalik dasturlari boshlovchilari kishidan ruhiy ilhom va ijodiy qobiliyat talab qilishini uqtiradilar. Ular hamisha "eksperiment" so'zini takrorlaydilar. Ella ularning fikrlariga qo'shilmaydi. Eksperimentni olimlarga g'aroyibotlari esa rassomlarga havola etish joizroq emasmi? Bu yerda esa an'analarga rioya etish va sira ham eksperiment qilmaslik kerak. Taom tayyorlashni bilish bu urf-odatga na qoidalarga rioya etish degani. Xozirgi davrda ahamiyati qanchalik kam qadrlanayotgan bo'lmasin, oshxona yumushlarida ularga rioya etish sira ayb emas, Ella o'zining uy yumushlarini eskicha yuritish odatini qadrlardi. Ertalablari butun oila deyarli hamisha bir vaqtda nonushta qilar, dam olish kunlarini hamisha bir yerda o'tkazishar, har oyning birinchi yakshanbasida qo'shnilarini tushlikka (mehmonga) chaqirishardi. Devidning o'z ishidan sira vaqti ortmagani uchun butun ro'zgor ishlari: xarajatlar, uy-ro'zg'orni, bolalarni tartibda tutish, ularning dars tayyorlashlarini kuzatib borish - barchasi faqat Ellaning zimmasida. Payshanba kunlari Ella Pazandalik klubiga borardi, u yerda klub a'zolari o'zaro pazandalik retseplarini bo'lishar edilar. Har jumaning bir necha soatini bozorda, fermerlar bilan, ularning mahsulotlarini muhokama qilish va ta'mini totish va tajribasi kam yosh bekalarga maslahatlar berish bilan o'tkazardi. Qolgan narsalarni u uyga qaytishda magazindan olar edi. Shanba kunlari kechqurun Devid Ellani restoranga (odatda yapon restoraniga) olib borardi - shunda agar uncha charchamagan bo'lishsa va unchalik mast bo'lishmasa uyga qaytishgach, birga bo'lishardi. Qisqagina o'pichlar va erkalashlar ehtirosning emas, balki shunchaki bog'lanishning ifodasi edi. Nikohlari barqaror va odatiy tusga kirganidan keyin birgalik o'z jozibasini yo'qotgan edi. Ular ba'zan haftalab bir-biriga yaqinlashmas edilar. Ella hatto bir vaqtlar er-xotinlik munosabati uning hayotining muhim qismini tashkil etganiga hayron bo'lardi, endi esa yengil tortgan, o'zini deyarli erkin his etardi. Unga ko'p yillar nikohda yashagan va keyinchalik boshqa ishonchliroq va muhimroq munosabatlar uchun yashashga o'tib, jismoniy quvonchlardan uzoqlashadigan juftlar haqidagi fikrlar yoqar edi. Bunda birdan-bir muammo Devidning umuman shahvatdan emas, faqatgina o'z xotini bilan bo'ladigan munosabatdan voz kechayotganida edi. U bu sarguzashtlari uchun erini hech qachon ochiqchasiga ayblamas, hatto o'z taxminlarini unga aytmas edi ham. Yaqin do'stlari bunday taxminlardan uzoq ekanliklari uchun, o'zini bilmaganga solish uning uchun osonroq kechar edi. Hammasi yashirin edi, hech qanday janjalsiz, g'iybatlarsiz. Ella bu ishlarni Devid qanday yo'lga qo'yishini xayoliga ham keltira olmas edi. Uning ayollar bilan, ayniqsa, yoshgina assistent ayollar bilan tez-tez muloqotda bo'lishi hisobga olinsa, bu ish uncha murakkab emasday ko'rinadi. Lekin eri hamisha hushyorlik va vazminlikni boy bermas edi. Shunga qaramay Ella buni bilardi. Zero, xiyonatning o'z isi bo'lar ekan. Ella bunda gap nimada ekanini aniq ayta olmas edi. Xiyonatning sababi Ellaning befarqligidami yoki boshqa bir sabab bormi? Nahotki avval Devid yo'ldan ozdi-yu, keyin Ella o'z vujudini va xohishlarini yoqtirmay qoldimi? Nima bo'lganda ham, natijasi bitta. Uch farzand tug'ilgan yigirma yillik nikoh mobaynida avvalgi ehtiroslardan asar ham qolmagan edi. Uch soat mobaynida Ellani shunday fikrlar o'rtar ekan, qo'llari o’z ishini bilib qilardi. U pomidor to'g'rar, sarimsoqpiyozni maydalar, piyoz to'g'rar, sous qaynatar, apelsin po'chog'ini archar, bug'doy noni uchun xamir qorardi. Devidning onasi bergan oltin nasihatga binoan, nonni u hamisha o'zi yopardi. - Hech nima erning esiga uyi borligini yangi yopilgan nonchalik solib tura olmaydi, - degan edi Devidning onasi ular unashtirilgan kunda. - Hech qachon nonni magazindan sotib olma. Hamisha nonni o'zing yop, azizam, bu uyingda mo'jizalar yaratadi. Kun bo'yi shu tariqa ishlarni qilgach, Ella stol ustini chiroyli bezashga tushdi. Salfetkalarni, xushbo'y shamlarni, sariq va qovoqrang guldastalari bor guldonlarni stolga qo'ydi. Salfetkalar o'tkazil- gan yaltiroq uzukchalar, ayniqsa, zo'r chiqdi. Charchagan, lekin mamnuniyat his etgan holda Ella mahalliy yangiliklarni eshitish uchun televizorni yoqdi. Yosh ruhshunosni o'z uyida pichoqlab ketishipti; qisqa tutashuv tufayli kasalxonada o't chiqipti; maktabning katta sinf o'quvchilaridan to'rttasi maktab mulkini talon- toroj qilishda ayblanib qamalishipti. Bularni tinglarkan, uydan tashqarida odamni qanday xatarlar kutib turishini o'ylab, bosh chayqadi. Amerikaday mamlakatning shahar yaqinidagi joylarda yashash shunchalik xatarli bo'lib qolgan vaqtda, Aziz Z. Zaxaraga o'xshagan odamlarda shunday yovvoyi mamlakatlarda sayohat qilish istagi qanday paydo bo'lar ekan- a? Uni va u kabi boshqa ko'pchilikni ham to'rt devor orasiga qamab qo'ygan bu noma'lum, xatarli va tushunarsiz shu hayot, Aziz kabi kimsalarni sarguzasht istagida dunyo kezdirishi g'alati edi. Rubinshteynlar (oila a'zolari) chiroyli bezatilgan stol atrofiga to'planganlarida soat roppa-rosa yetti yarim bo'lgan edi. Xushbo'y shamlar yemakxonaga qandaydir mo'tabarlik baxsh etib turardi. Begona odamga bu oila namunaviy bo'lib ko'rinishi mumkin edi. Hatto Janetning yo'qligi ham manzarani buzmadi. Ovqat vaqtida Orli bilan Avi o'zlarining maktabdagi ishlari haqida tinimsiz valaqlashardilar va Ella ularning bu bir daqiqa ham tinib-tinchimasliklari va sho'xliklari uchun ulardan minnatdor edi, aks holda eri bilan u azobli sukunat qa'riga cho'kib ketishlari mumkin edi. Ella ko'z qiri bilan Devid sanchqini gulkaramga qanday sanchganini, uni og'ziga olib borganini va sekin chaynay boshlaganini kuzatardi. Ko'zi uning yupqa rangpar lablariga, oppoq yaltiroq tishlariga tushdi. Bir vaqtlar u bu og'iz bilan o'pishishni yaxshi ko'rar- di... U erini boshqa ayol bilan o'pishayotganini tasavvur etdi. Uning xayolidan yosh va ko'kraklari durkun, tor ko'ylak kiygan, tizzasigacha chiqadigan baland poshnali etik kiygan, kosmetik krem qalinligidan yuzlari yaltiragan assistentka o'tdi. Ella Devidni hozirgiday oilaviy stol oldida o'tirib, shoshmasdan gulkaram eyayotganiday emas, shosha-pisha ochko'zlik bilan uni o'payotganini tasavvur etdi. Aynan o'sha payt, eri o'z sarguzashtini boshlagan o'sha ayolni ko'z oldiga keltirganida, Ellaning ichida nimadir uzilib ketdi. O'zining tajribasizligi va jur'atsizligiga qaramay, u birdan ertami-kechmi bularning hammasini: o'z oshxonasini, itini, bolalarini, qo'ni- qo'shnilarini, erini, o'zining pazandachilik kitoblarini va uyda yopadigan nonlarini tashlab ketishini qo'rqinchli bir aniqlik bilan tushundi... U hamisha qo'rqinchli narsalar sodir bo'ladigan o'sha dunyoga shunchaki ketvoradi, vassalom. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling