Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1243 yil, 26 yanvarь, Bag'dod.
Shams Tabriziy darvishlar jamoasi a'zosi sifatida, o'zi kutganidan ortiqroq vaqt mobaynida sabr bilan kutishiga to'g'ri kelmoqda edi. Mana to'qqiz oy o'tdi hamki, u hamon Bag'dodda edi. Men avvaliga uning istalgan vaqt narsalarini yig'ishtirib ketvorishi mumkinligini kutdim, zero, uning hamishalikka o'rnatiladigan tartibotni qabul qilmasligi ochiq-oydin edi. Jamoadagilarning qolgan barchasi bo'ysunadigan kundalik hayot tarzi: bir vaqtda uxlashga yotib, bir vaqtda turish, muayyan aniq vaqtda ovqatlanish va shu kabilar uni qanchalar zeriktirayotganini men ko'rib turardim. Uning fe'l-atvori yolg'izlikda yashaydigan yovvoyi erkin qushniki kabi edi. Hatto ikki martta ketib qolishiga oz qolganini ham taxmin qilardim. Shunga qaramay, uning yolg'izlik va erkinlikka bo'lgan mayli qancha kuchli bo'lsa, ko'nglidagi hamsuhbatni topish ishtiyoqi ham shunchalar kuchli edi. Ana shu ishonch uni kutishga va sabr-toqat qilishiga yordam berardi. To'qqiz oy mobaynida men Shamsni diqqat bilan kuzatdim va ko'rdimki, boshqa darvishlar oylar, yillar mobaynida o'rganadigan narsalarni u bir hafta, hatto uch-to'rt kundayoq o'zlashtirardi. Uning har qanday yangi va g'ayrioddiy narsalarga qiziqishi juda katta edi, u tabiat hodisalarini kuzatishni yaxshi ko'rardi. Bir necha marta bog'da men uning yo o'rgimchak ini simmetriyasini, yoki daraxtlarda yaltirab turgan shabnam tomchilarini zavq bilan kuzatayotganini ko'rdim. Go'yo hasharotlar, o'simliklar, hayvonlar unga kitob va qo'l- yozmalardan qiziqarliroqday edi. Lekin uni o'qishga qiziqishi yo'q ekan, deb o'ylagan zahotim, qo'lida qalin kitob ushlab turganini ham ko'rib qolardim. Keyin esa haftalab hech nima o'qimay yuraveradi. Men undan bu holatning sababini so'raganimda u aqlni hamisha mamnunlik holatida saqlab turish kerakligini va lekin uni buzib qo'ymaslik uchun hamisha ehtiyot bo'lish kerakligini aytdi. Bu uning qoidalaridan biri edi. «Tafakkur bilan ishq turli matolardan to'qiladi, - der edi u. - Tafakkur odamlardan chigallik to'qiydi va hech nimasini boy bermaydi, ishq esa barcha chigallarni yozadi va boru yo'g'ini boy beradi. Tafakkur hamisha ehtiyotkor va har doim: «Me'yorsiz zavqu shavqdan saqlanish»ni maslahat beradi. Ishq esa «Oh, bu gaplar behuda! Zahmatlar tubiga tushib boraver!» deydi. Aqlni aldab bo'lmaydi, ishqni esa loyga belash mumkin. Lekin ana shu loy ichiga xazina jo bo'lishi mumkin. Pora bo'lgan yurak xazinani o'zida saqlaydi. Uni yaxshiroq bilib borar ekanman, undagi jasurlik va aqlning o'tkirligi menga tobora ko'proq yoqib borardi. Lekin men Shamsdagi o'ziga xoslikning boshqa tomoni ham borligini ko'rardim. Masalan, u qo'pollikka o'tib ketar darajada dangalchi edi. Men o'z darvishlarimga boshqalarning kamchiliklariga e'tibor qaratishlarini va lekin shuning bilan birga xotirjamlikni yo'qotmasdan, kechirimli bo'lishlarini o'rgatardim. Shams esa xato qilgan kishi kim bo'lmasin, buni o'tkazib yubormas edi. Kishi xato qilganini ko’rgan zahoti darhol va ochiqchasiga aytardi. Uning shartakiligi ko'pchilikni xafa qilardi, shunga qaramay odamlarning qitiq patiga tegish, keyin esa jahllari chiqqanda ular o'zlarini qanday tutishlarini kuzatish unga yoqardi. Shamsni xo'jalik ishlariga jalb qilish qiyin masala edi. Buning uchun unda toqat yetishmas edi, ishga kirishgan zahoti qiziqishi so'nardi. Mutaassiblik uni xunibiyron qilar, shunday paytlarda xuddi qafasga tushib qolgan sherni eslatardi. Agar suhbat ze-riktirsa yoki suhbatdoshi unga o'rinsiz tanbeh beradigan bo'lsa, bexuda vaqt o'tkazishdan qochib, o'rnidan turardi va ketib qolardi. Oddiy odamlar qadrlaydigan xavfsizlik, qulaylik degan narsalar uning uchun ahamiyatsiz edi. So'zlarning qimmatiga ishonchsizligi shunchalik kuchli ediki, hatto bir necha kun gaplashmay ham yuraverardi. Bu ham uning qoidalaridan biri edi: «Insoniyat muammolarining juda ko'pi o'zaro bir-birlarini tushunmasliklaridan kelib chiqadi. So'zlarni to'g'ridan-to'g'ri qabullab bo'lmaydi. Ishq mintaqasiga kirilganida, tilni qo'llab bo'lmaydi. Ishq tuyg'usini so'zlar bilan qamrab olib bo'lmaydi, uni so'zsizlikda ifodalash mumkin, xolos». Keyinchalik men uning sog'lig'idan xavotirga tusha boshladim. Dilimda o'zini bu qadar o'tga ham, cho'g'ga ham qattiq uraveradigan odam ertami-kechmi xatarli axvolga tushib qoladi, degan gumon paydo bo'ldi. Umrimiz nihoyasida biz o'zimizni Xudoga topshiramiz, bizning qachon va qay tariqa bu dunyodan ketishimiz faqat Uning O'zigagina ayon. Men Shamsdagi jo'shqinlikni bir qadar pasaytirishga va uni iloji boricha tinchroq yashashga o'rgatishga qaror qildim. Muayyan ma'noda bunga erishganday edim ham. Keyin qish kirdi va bir kuni bizga uzoqdan xat olib kelgan chopar keldi. Bu xat hayotimizdagi barcha narsalarni ag'dar- to'ntar qilib yubordi. Maktub Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling