Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

2008 yil,19may, Nortgempton. 
Ella uy yumushlari kutayotganini eslab, 
«Shirin shakkoklik» qo'lyozmasining kelgan 
betini belgiladida, yopdi va stoldan boshqa 
yoqqa olib qo'ydi. Lekin roman muallifi uni 
qiziqtirib qo'ygan edi va Internetga kirib A.Z. 
Zaxarani izladi. Bu shunchaki oddiy qiziqish 
edi. Qizig'i shundaki, u yerda yozuvchining o'z 
blogi bor ekan. Uning varaqlari safsarrang va 
feruzaranglar bilan qoplangan bo'lib, tepasida 
uzun oq libos kiygan erkak ohista aylanar edi. 
Ilgari aylanuvchi darvishlarni sira ko'rmagan 
Ella tasvirga uzoq qarab qoldi. Blog «Hayot» 
deb atalmish tuxum po'chog'i» deb nomlangan 
edi. Pastda xuddi shunday sarlavhali she'r ham 
bor edi: 
Biz bir kun sen bilan suhbat qururmiz! 
Va bir kun sen bilan bo'lurmiz birga! 
Axir dilimizda juda yaqinmiz, 


Garchi ko’rinishda bo'lsak-da boshqa. 
 
Blogda dunyoning turli mamlakatlaridan 
yuborilgan xabarlar ko'p edi. Har bir xabar 
ostiga uning qayerdan yuborilgani haqida bir 
necha so'z yozilgan. Bunda uch narsa uning 
diqqatini o'ziga tortdi. Birinchisi: A.Z. 
Zaxaraning birinchi «A» harfi Azizni bildirishi. 
Ikkinchisi: Aziz o'zini so'fiy hisoblashi. 
Uchinchisi- u hozir Gvatemalaning qayeridadir 
sayohatda ekani edi, Boshqa bo'limga borilgan 
joylardan olingan fotosuratlar qo'yilgan edi. 
Bulardan ko'pi turli til va millat kishilarining 
portretlari edi. Odamlar bir-birlaridan 
qanchalik farq qilmasinlar, ularni 
birlashtiruvchi bir umumiyat bor edi: har birida 
nimadir yetishmas edi. Ba'zilarining kiyimida 
biron detal, masalan, zirak, tufli, tugmacha 
etishmas edi; boshqalarida tish, barmoq, oyoq 
kabi muhimroq narsalar yo'q edi. Ella 
fotografiyalar ostidagi yozuvni o'qi- di: 
«Bizning qaerda yashayotganimizning 


ahamiyati yo'q, hammamiz ham ich-ichimizdan 
o'z noqisligimizni, bizga nimadir etishmasligini 
his etamiz, go'yo nimamiznidir 
yo'qotgandaymiz va uni topishimiz kerak. Bu 
nima ekanini ko’pchiligimiz hech qachon bila 
olmaymiz. Bila olgan ozchilik esa uni izlashni 
boshlaydi». 
Ella bu yozuvlarni diqqat bilan o'qidi, har bitta 
rasmni, Azizning biron izohini o'tkazib 
yubormasdan ko'rib chiqdi. Pastda elektron 
manzil berilgan edi - azizZahara@gmail.com. 
U manzilni qog'ozga ko'chirib oldi, keyin 
Rumiyning quyidagi she'riy satrlarini ko'rib 
qoldi: 
Ishq izla odamzot, izlagal ishqni!Ishq totin 
tuymasdan yorug' dunyoda yashashning qadru 
qimmati yo'q tushungil buni. 
Ella she'rni o'qidi-yu, shu zahoti yalt etib 
miyasiga g'alati fikr keldi: Aziz 3. Zaxaraning 
butun blogi - undagi fotografiyalar, izohlar, 
sitatalar va she'rlar - bularning hammasi 
faqatgina unga (Ellaga) mo'ljallanganday 


tuyulib ketdi. 
Keyinroq u qattiq charchoqni va o'zidan 
norizolik hissini tuygan holda deraza yonida 
o'tirardi. Quyosh botmoqda edi, oshxonani 
duxovkada pishayotgan yong'oqli, shokoladli 
pirojniy isi tutib ketgan edi. «Shirin 
shakkoklik» qo'lyozmasi stolda ochilgancha 
yotar, lekin Ella fikrlar ortidan shunchalar 
ergashib ketgan ediki, diqqatini kitobga to'play 
olmay qolgan edi. Dabdurustdan miyasiga men 
ham hayotning asosiy qoidalari to'g'risida biron 
nima yozsam bo'lar ekan, degan fikr kelib 
qoldi. Keyin uni balki «Kundalik ro'zg'or 
tashvishlariga bo'g'zigacha botgan uy 
bekasining qirq qoidasi» deb atasa bo'lar? 
- Birinchi qoida, - to'ng'illadi u. - Sevgi 
orzusiga chek qo'yish kerak! Turmush kurgan 
qirq yashar ayol hayotida bundan ancha muhim 
bo'lgan narsalar bor. 
Va bu hazili unga o'sha ancha muhim 
narsalarni esiga soldi. U boshqa chiday olmay, 
qiziga telefon qildi. Lekin qiziga emas, 


avtojavob beruvchi apparatga gapirishiga to'g'ri 
keldi. 
- Janet, azizam, men Skottga telefon qilganim 
noto'g'ri bo'lganini tushundim. Lekin men buni 
sira yomon xayolda qilmadim, shunchaki aniq 
ishonch hosil qilmoqchi edim, xolos... 
Ella birpas jim qoldi, aytadigan gaplarini 
oldindan tayyorlab qo'ymaganiga afsuslandi. 
Avtojavob beruvchining shovqini uning 
asabiga tegardi. 
- Janet, meni kechir. Men asli shunday ajoyib 
oilam borligi uchun xursand bo'lishim 
kerakligini bilaman. Lekin... agar bilsang... 
men juda baxtsizman... 
Shiq etgan ovoz eshitildi. Avtojavob beruvchi 
o'chgan edi. Beixtiyor og'zidan chiqib ketgan 
oxirgi so'zlaridan yuragi qattiq qisildi. Nima 
bo'ldi, meni jin urdimi? Axir uning miyasiga 
hech qachon men baxtsizman, degan fikr 
kelmagan edi-ku! Nahotki inson o'zining ezilib 
yurganini o'zi bilmasa? Eng ajablanarlisi, shu 
gapni aytganidan zarracha afsuslanmadi ham. 


Ellaning ko'zi Aziz 3. Zaxaraning elektron 
manzili yozilgan qog'ozga tushdi. Manzil juda 
oddiy edi, 
bu uni go'yo nimanidir yozishga 
chorlayotganday edi. Ella uzoq o'ylab 
o'tirmasdan kompyuter oldiga o'tirdi va xat 
yoza boshladi:

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling