Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
2008 yil, 8 may, Nortgempton.
Devid va Janet bilan bo'lib o'tgan janjallaridan keyin Ella o'zini suvi siqib olingan limonday his etdi, bir muddatga «Shirin shakkoklik»ni nari surdi. Nazarida qattiq biqirlab (jo'sh urib) turgan qozonning qopqog'i biroz ochilgan-u, undan bug' bilan birga janjal va ranju alamlar erkinlikka yorib chiqayotganday edi. Baxtga qarshi, qopqoqni uning o'zi surib qo'ygan - Skottga telefon qilib, undan qizini o'z holiga qo'yishini iltimos qilgan edi. Ella keyinroq o'zining telefonda Skottga aytgan gaplari uchun qattiq afsuslandi. Lekin may oyining o'sha kunida Ella to'g'ri ish qilayotganiga shunchalar amin ediki, hatto o'zining bu aralashuvi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bir daqiqa bo'lsa ham xayoliga keltirmagan edi. - Salom, Skott. Men Ellaman, Janetning oyisi. - Ella xuddi qizining do'stiga har kuni telefon qilib yurganday quvnoq ohangda gapirishga harakat qildi. - Sen bir daqiqaga bo'shmisan? - Missis Rubinshteyn, bemalol, nima xizmat? - sustgina ohangda, lekin odob saqlagan holda dedi Skott. Ella yana ham kuchliroq odob saqlagan holda shaxsan unga qarshi hech nima yo'qligini, lekin uylanish uchun u hali juda yoshligini va hayotni juda kam bilishini aytdi; vaqti kelib buni uning o'zi ham tushunishini va hatto o'z vaqtida ogohlantirgani uchun undan minnatdor bo'lishini aytdi. Keyin yana nikohni esdan chiqarishini va bu suhbatni hech kimga aytmasligini iltimos qildi. Oraga sukunat cho'kdi. - Missis Rubinshteyn, - dedi nihoyat Skott tilga kirib. - Biz Janet bilar bir-birimizni sevamiz. Buni tushunsangiz kerak. Yana sevgi haqida gapiradi-ya! Nahotki odamlar sevgi tufayli boshqa hamma narsaga ko'z yumish mumkin, deb o'ylaydigan darajada sodda bo'lishsa?! Ella buni unga aytmadi. - Men sening tuyg'ularingni tushunaman, - dedi u. - Menga ishon, tushunaman. Lekin sen hali yoshsan, oldinda esa uzun hayot turibdi. Kim bilsin, balki ertaga boshqa qizni sevib qolarsan? - Missis Rubinshteyn, men qo'pollik qilmoqchi emasman, lekin sizningcha, bu hammaga ham, jumladan, sizning o'zingizga ham taalluqli emasmi? Kim bilsin? Balki ertaga siz ham boshqa bir erkakni sevib qolishingiz mumkindir. Ella kinoyali kulib yubordi va bu kulgu kutganidan balandroq chiqdi. - Men turmushga chiqqan katta yoshli ayolman. Men allaqachon o'z tanlovimni qilib bo'lganman. Va erim ham shunday. Men ayni shu haqida gapirayapman. Nikoh - jiddiy ish va unga katta ehtiyotkorlik bilan qadam qo'yiladi. - Sizningcha, men bir kun kelib boshqa qizni sevib qolishim mumkin bo'lgani uchun, qizingizni sevsam ham, unga uylanmasligim kerakmi? - so'radi Skott. Suhbat hech qanday natija bermadi, ikkisining ham ta'bi tirriq, hafsalasi pir bo'ldi. Gap nihoyat tugagach, Ella oshxonaga kirdi va o'z yumushlariga urindi, kayfiyati yomon bo'lganda u hamisha shunday qilardi. Ovqat pishirishga kirishar edi. Yarim soatlardan keyin Ellaga eri telefon qildi: - Sen Skottga telefon qilib, qizimizga uylanma, debsanmi, men bunga sira ishona olmayapman. Unday qilmadim, deb ayt. Ella og'ir xo'rsindi: - Gap-so'zlar buncha tez tarqalmasa! Azizim, men sizga tushuntirib beraman. - Tushuntirishga hojat yo'q. Sen noto'g'ri qilgansan. Skott hammasini Janetga aytgan va qizing qattiq xafa. U bir necha kun dugonalarinikida yashamoqchi. Hozir esa seni ko'rishni istamayapti, - Devid birpas jim qoldi. - Va men buning uchun uni ayblay olmayman ham. Kechki ovqatga nafaqat Janet kelmadi. Devid xam Ellaga xabar yuborib, shoshilinch ishi chiqib qolganini aytdi. Qanaqa shoshilinch ishligini esa aytmadi. Tushuntirish uning odatida yo'q edi. U boshqa ayollar bilan o'ynashishi, birga bo'lishi ham mumkin edi va lekin kechqurun, albatta, qaytar va uyda ovqatlanardi. Oralaridagi janjal qancha chuqur bo'lmasin, Ella hamisha kechki ovqatni tayyorlar va Devid uni xursandchilik va minnatdorlik bilan er, likopchasiga nima solib bersa, hammasini eb qo'yardi. U hech qachon rahmat deyishni esidan chiqarmas edi va bu chin yurakdan aytilgan minnatdorlikni Ella xiyonat uchun uzr sifatida qabul qilar edi. Va uni kechirardi. Hamisha kechirardi. Bu safar eri chegaradan chiqdi, lekin buning uchun Ella o'zini koyidi. Har doimgidek, «aybdor» Ella Ru-binshteynning ikkinchi ismi edi. Egizaklari bilan stolga o'tirgach, undagi aybdorlik hissining o'rnini g'amginlik egalladi. Tashqaridan qaraganda Ella doimgiday g'amxo'r ona bo'lib ko'rinayotgan esa-da, lekin ichida tug'yon urayotgan tanglik to'lqinini his etayotgan, og'ziga esa birdan safroning achchiq ta'mi kelgan edi. Kechki ovqatdan keyin u oshxonadagi stol yonida boshlangan jimjitlik ichidagi qandaydir og'irlikni his etgan holda yana uzoq o'tirdi. Shunda unga birdan hamisha o'zi tayyorlaydigan ovqatlar va umuman butun bajaradigan uy yumushlari miyani o'tmaslashtiradigan darajada zerikarli bo'lib ko'rindi. Ella o'ziga achinib ketdi. U o'z umrini to'g'ri sarflay olmaganidan o'ziga achinib ketdi, axir u allaqachon qirq yoshga kirgan edi. Yuragi mehr-muhabbatga to'la edi, lekin bu kimga kerak? Ella fikran «Shirin shakkoklik»ka qaytdi, Shame Tabriziyning xarakteri uni hayratga solgan edi. «Shunday bir insonga ro'para kelsam yaxshi bo'larmidi, - fikran hazil qildi u. - Bunday inson bilan bir kun ham zerikish bo'lmas edi!» Shu dam Ella xayolan o'z ro'parasida baland bo'yli, charm shim kiygan, motosiklistlar kurtkasida, qora sochlari elkasigacha tushgan, yuz ifodalari jiddiy sirli erkakni ko'rdi; u rulida qizil shokila osilgan qizil rangli «xarli- devidson» (markali) motosiklda edi. Ella unga tabassum qildi. Kelishgan norg'ul so'fiy cho'l yo'li bo'ylab motosiklida tez yurardi. Shunday yigit bilan avtostopda sayohat qilish yomon bo'lmas edi! Qiziq, Shams uning kaftini o'qiy olgan bo'larmidi? Balki u Ellaning xayollari nima uchun vaqti-vaqti bilan bunchalar qorong'ulashib ketishini tushuntirib bera olarmidi? Yoki shunday katta va mehr- muhabbatli oilasi bo'la turib ham, u nima uchun o'zini bunchalar yolg'iz his etishini tushuntira olar? Va mening auramning rangi qandayligini aytar? Bu ranglar qanchalar yorqin? Va umuman keyingi paytlar hayotimda biron yaraqlagan (nurli) narsa bo'ldimi o'zi? Yoki keyingidan boshqa davrdachi?Ayni o'shanda, oshxonadagi stol yonida o'tirganida, Ella o'zi aytgan balandparvoz gaplariga, o'zini ruhan tetik tutishga urinishlariga qaramasdan, qalbining eng teran erida hamon sevgi orzusi borligini anglagan edi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling