Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Shams 1242 yil, mart, Samarqandga yaqin shaharchadagi karvonsaroy. Karvonsaroyning yuqori qavatida o'ndan ortiq charchagan yo'lovchilar uyquga g'arq bo'lib yotishipti. Men ter va mog'or isi kelib turgan o'rog'liq o'rin-ko'r- palarim turgan joyga etib borishim uchun allakimlarning qo'l yo oyoqlaridan sakrab o'tishimga to'g'ri keldi. Qorong'uda yotar ekanman, xayolimda kun bo'yi sodir bo'lgan hodisalarni baholar, ular orasida ilohiy ishora bo'lishi mumkin bo'lgan hech nimani shoshqaloqlik yoki jaholat tufayli o'tkazib yubormadimmikin, deya birma-bir ko'zdan kechirardim. Menga bolaligimdayoq turli hodisalar namoyon bo'lgan va men ovozlar ham eshitar edim. Men hamisha Xudo bilan gaplashardim va U ham meni javobsiz qoldirmas edi. Goho osongina yuqoriga, yettinchi osmonga ko'tarilardim. Gohida esa bahaybat emanlar va yer hidi kelib turgan joylar orasiga yashiringan qandaydir chuqur chohga qulab tushardim. Shunday vaqtlarda mening ishtaham yo'qolar va ko'p kunlar taom yemay yura olardim. Meni hech nima qo'rqita olmas edi va keyinchalik o'zim kurgan narsalarni boshqalarga xuda- bexudaga aytavermaydigan bo'ldim. Odamlar odatda o'zlari tushunmaydigan narsalarga beparvo munosabatda bo'ladilar. Va men eng oldin ayni shuni esimda saqlab qoldim. Menga namoyon bo'lgan narsalarni noto'g'ri talqin etgan birinchi odam otam edilar. Men o'z himoyachi-farishtamni har kuni ko'ra boshlaganimda o'n bir yoshga to'lgan edim, lekin soddaligimdan hammada shunday bo'ladi, deb o'ylagan edim. Bir kuni otam meni kelgusida duradgor bo'lishimni istab, qarag'aydan sandiq yasashni o'rgatayotganlarida, men unga o'z himoyachi- farishtam haqida aytgandim. - Sen xayolotga ko'p berilasan, o'g'lim, - degan edi u quruqqina qilib. - Bu xayollaringni hammaga aytaverma. Qo'ni-qo'shnilar e'tiborini o'zingga tortishning hech keragi yo'q. Gap shundaki, bir necha kun oldin qo'shnilarimiz mening ota-onamga o'zimni g'alati tutishimni, bu ularning bolalarini qo'rqitayotganini aytib, shikoyat qilishgan edi. - Men seni tushunmayman. Nima uchun o'z ota-onangga o'xshab yurishni istamaysan? - Hamma bolalar o'z ota-onalariga o'xshaydilar- ku. Axar sening bizdan farqing yo'q. O'shanda men garchi ota-onamni yaxshi ko'rsam ham va ular meni yaxshi ko'rsalar ham, biz mutlaqo har xil ekanimizni tushungan edim. - Ota, boshqa bolalaringizdan farqli o'laroq men boshqa tuxumdan chiqqandekman. Men xuddi tovuq tuxum bosayotganda, tovuq tuxumlari orasiga solib qo'yilgan o'rdak tuxumidan chiqqan kabiman. Men bir tovuqxonada butun umrini o'tkazadigan uy qushi emasman. Siz suvdan qo'rqasiz, menga esa suv quvvat beradi. Sizdan farqim shuki, men suzishni bilaman va suzaman ham. Ummon - mening uyim. Agar men bilan bo'la olsangiz, birga suzaylik. Aks holda menga xalal bermang va tovuqxonangizda qolavering. Otamning ko'zlari hayratdan katta-katta ochildi keyin mendan chetlashayotganday ko'zlarini qisdi. - Sen hozir o'z otang bilan shunday gaplashsang, - dedi u g'amgin ohangda, - katta bo'lganingda, dushmanlaring bilan qanday gaplashasan? Katta bo'lgan sarim, turli hodisalar ko'z o'ngimda namoyon bo'lishdan to'xtamas va bu ota-onam dillarini vayron qilar edi. Aksincha, ular ko'payib borar, ta'sir kuchlari ortib borar edi. Men ota-onam qayg'uga botayotganini tushunar, o'zimni aybdor his etar, ammo ko'rayotganlarimni qanday to'xtatishni bilmas edim. Bilgan taqdirimda ham, balki to'xtatmas edim. Shundan keyin uydan butunlay ketdim. Shundan buyon «Shams» so'zi mening tilimdagi eng shirin, eng yoqimli, eng aziz so'zga aylandi. Bolaligimdan xotira bo'lib faqat uchta hid qoldi: kesilgan daraxt hidi, ko'knor urug'i surtib yopilgan nonning hidi va yerdagi yurganda g'irchillaydigan yupqa qor hidi. Shundan buyon men darbadar kezuvchi darvishman, hech erda bir kundan ortiq tunamayman, hech qachon bir idishdan ikki marta ovqat emayman va har kuni atrofimda har xil odamlarning yuzlarini ko'raman. Och qolmaslik uchun, odamlarning tushlari ta'birini aytib, uch-to'rt tanga pul topaman. Shu alfozda men Sharqu G'arbni kezib Xudoni izlab yuraman. Men yashashga arzirli hayotni izlayman va bilishga arzirli ilmni izlayman. Va hech yerda qo'nim topa olmayman, daydiganim-daydigan. Sayohatlarim mobaynida ko'p yo'llarni bosib o'tdim, barchaga ma'lum savdo-sotiq yo'llaridan tortib, to ko'p kunlar odam oyoq bosmaydigan yerlarga qadar- Qora dengiz bo'ylaridan tortib Eronga qadar, Osiyoning bepoyon cho'llaridan tortib Arabiston qum uyumlariga qadar. Men qalin o'rmonlarni, yam- yashil yaylovlarni va bo'z yerlarni kezdim; karvonsaroylarda va mehmonxonalarda bo'ldim; eski kutubxonalarda olimlar bilan suhbatlashdim; maktablarda yosh bolalarni o'qitayotgan ustozlarga quloq soldim; madrasalardagi talabalar bilan tafsir xususida olib borilayotgan bahslarda qatnashdim; ibodatxonalarni, monastirlarni va muqaddas joylarni ziyorat qildim; g'orda yashayotgan tarkidunyochilar bilan birga ularning g'orlarida muroqabalar qildim; darvishlar bilan birga zikr tushdim; donishmandlar bilan birga ro'za tutdim va bid'at ahli bilan tanovul qildim; oy to'lgan kunda shomonlar bilan raqs tushdim. Men barcha din, barcha yosh va barcha kasb kishilari bilan birga bo'ldim; baxtsizliklar va mo'jizalarni kuzatdim. Men qashshoq qishloqlarni, yondirilgan, qop- qora ekinzorlarni, talon-toroj etilgan, qon daryo bo'lib oqqan va bironta tirik erkak yoki o'n yoshdan katta bola qolmagan shaharlarni ko'rdim. Men eng yaxshini ham, eng yomonni ham ko'rdim. Va endi meni hech nima hayron qila olmaydi. Shu sinovlarning barchasidan o'tgach, men hech qaysi kitobda yozilmagan narsa haqida yozishga jazm etdim, zero bu narsa mening qalbimda tug'ildi. Bu men «Darbadar kezgan musulmon- sufiylarning asosiy g'oyalari» deb atagan g'oyalar ro'yxati edi. Men uchun ular xuddi tabiat qonunlari kabi hamma jabhalarga taalluqli, ishonchli va o'zgarmas g'oyalar edi. Bular «Ishqqa oid 40 qoida» bo'lib, ular faqat ishq orqali hayotga qo'llanishi mumkin edi. Qoidalardan birida shunday deyiladi: «Haqqa olib boruvchi yo'lni topish boshning emas, yurakning ishi. Yurak senga yo'lboshchi bo'lishi kerak! Bosh emas. Nafsni yurak yordamidagina yengish mumkin. Shunda o'z Haqiqiy «Men»ingni topasan va natijada Xudoni topasan». Bu qoidalarni aniqlash uchun menga ko'p yillar kerak bo'lgan edi. Shu ishni yakunlagach, o'z hayotimning yakuniy bosqichiga yetganimni angladim. Lekin o’lish meni xafa qilmayotgan edi, chunki o'lim hamma narsaning yakuni emasligini bilar edim - men o'zimdan meros qoldira olmayotganimdan xafa edim. Yuragimda aytilishi kerak bo'lgan juda ko'p narsa to'planib yotar edi. Men o'z ilmim va g'oyalarimni ustoz bilan emas, shogird bilan ham emas, boshqa bir inson bilan bo'lishishni istar edim. O'zimga teng keladigan insonni - suhbatdoshni izlardim. - Yo, Tangrim, - shivirlar edim men qop- qorong'u zax xonada yotar ekanman, - butun umr dunyo kezib Sening yo'lingda yurdim. Men har qanday insonni xuddi ochiq kitob, jonli Qur'on kabi kabi o'qiydigan bo'ldim. Men boshqa ko'plab ilm ahllari kabi fil suyaklari ustiga qurilgan qal'alarda yashamadim, o'z vaqtimni boshqalar bilan - jamiyatdan chetlashtirilgan, qochqindagi va quvg'indagilar bilan o'tkazishni afzal deb bildim. Endi esa bardoshim tugadi. Sening hikmatlaringni to'g'ri yo'ldagi insonga uzatmog'im uchun menga yordam ber. Shundan keyin O'zing meni nima qilsang qil. Shu payt xona xuddi kunduzgiday yorishib ketdi. Havo xuddi xonaning barcha oynalar keng ochib qo'yilganday toza havoga to'ldi, shamol esib uzoqlardagi bog'lardan lola va yasmin gullarining iforini ufurdi. - Bag'dodga bor, - himoyachi-farishtamning ovozi eshitildi menga. - Bag'dodda nima bo'ladi? - so'radim men. - Sen suhbatdosh so'rab iltijo qilding, suhbatdoshni topasan. Bag'dodda ustozni uchratasan va u senga qayoqqa borishing kerakligini aytadi. Mening ko'zlarimdan minnatdorlik yoshlari oqdi. Men endi ayonlikda ko'ringan inson o'z suhbatdoshim, ruhiy birodarim ekanini bilib olgan edim. Biz ertami yo kech uchrashishimiz taqdir qilingan edi. Endi men bu insonning och qo'ng'irrang mehrli ko'zlari nima uchun hamisha g'amga to'liqligi sababini bila olaman va nima uchun meni bahor tunida o'ldirishlari sababini bila olaman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling