Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Qadrli ser /madam!
Sizga Amsterdamdan salom yo'llayman. Men Sizga yuborayotgan tarixiy voqea Kichik Osiyodagi Konya shahrida sodir bo'lgan. Lekin shaxsan men uning hozir uchun ham, barcha mamlakatlar, madaniyatlar va asrlar uchun ham dolzarb ekaniga ishonaman. Umid qilamanki, o’z davrining juda buyuk shoiri va islom ruhiyatining yo'lboshchisi sifatida hurmatga sazovor bo'lgan Rumiyni butun hayoti turli janjallar va mojarolar bilan to'la tabrizlik darvish Shams bilan bog'lagan hayratlanarli rishtalar haqidagi bu tarixiy va mistik roman, «Shirin shakkoklik»ni o'qib chiqishga vaqtingiz topiladi. Hamisha muhabbat Sizga yor bo'lsin va Sizni hamisha muhabbat qurshab tursin. A.Z. Zaxara Ella aynan mana shu satrlar adabiyot agentligini qiziqtirib qo'yganini angladi. Lekin havaskor yozuvchining qo'lyozmasini o'qishga Stivning vaqti yo'q edi, shuning uchun uni o’z o'rinbosari Mishelga bergan, Mishel esa o'z navbatida uni yangi assistent (Ella)ga bergan edi. «Shirin shakkoklik» shu zaylda Ellaning qo'liga kelib tushgan edi. Ella u vaqtda bu kitob uning nafaqat birinchi ishi bo'lishini, balki o'zining butun hayotini ag'dar-to'ntar qilib yuborishini xayoliga ham keltirmagan edi. Zaxaraning qo'lyozmasi uning taqdirini o'zgartirib yuborishini tasavvur etmagan edi. Ella birinchi betni ochdi. Muallif haqidagi ma'lumotnomani o'qidi: «A.Z. Zaxara olam bo'ylab sayohatga chiqmagan vaqtlarida Amsterdamda o'z kitoblari, mushuklari va toshbaqalari qurshovida yashaydi». «Shirin shakkoklik» - Zaxaraning birinchi romani va bu oxirgisi bo'lishi ham mumkin. Zotan uning yozuvchi kasbini egallash niyati yo'q va bu kitob uning buyuk faylasuf, mutasavvif va shoir Rumiy va uning quyoshi (Bunda «Shams» ismining lug'aviy ma'nosi «quyosh» ekaniga ham, Shams Tabriziyning Rumiy hayotida o'ynagan roliga ham ishora jo bo'lgan) Shams Tabriziyga bo'lgan favquloddagi maftunligi va muhabbati hosilasidir. Ellaning ko'zi quyiroqda turgan, unga hayratomuz darajada juda tanish tuyulgan quyidagi satrlarga tushdi: «Ba'zilarning fikrlari aksi o'laroq, sevgi (ishq) faqat kutilmaganda keladigan va tez ketadigan shirin tuyg'ugina emas». O’qigan narsasi shu bugun ertalab nonushta vaqtida o'zining katta qiziga aytgan gapiga shunchalar zid ediki, Ellaning hayratdan og'zi ochilib qoldi. U bir zum qotib qoldi, keyin g'alati mistik tuyg'udan seskanib ketdi: qandaydir bir kuch yoki o'zi bog'lanib qolgan bu muallif, u kim bo'lsa hamki, nazarida uni kuzatayotganday edi. Balki kitobni u birinchi bo'lib kim o'qishini oldindan bilib yozganday edi. Romanni yozganida uni ko'zda tutganday edi. Allaqanday tushunarsiz sababga ko'ra Ellani bezovtalik va hayajon qamrab oldi. «Juda ko'p ko'rsatkichlarga ko'ra, yigirma birinchi asr o'n uchinchi asrdan uncha katta farq qilmaydi. Har ikkisining ham tarixiga dinlararo misli ko'rilmagan nifoqlar, madaniyatlararo tushunmovchiliklar, himoyalanmaganlik va narigi dunyodan qo'rquv hislari birday xosdir. Bunday vaqtlarda ishq tuyg'usi odamlarga har qachongidan ko'proq kerak». Birdan salqin va kuchli shamol turib, eshik oldiga daraxtlarning to'kilgan yaproqlarini sochdi. Quyosh gorizont ortiga o'tgan va tevarak-atrof zerikarli va g'amnok bo'lib qoldi. «Ishq hayotning mohiyati va maqsadidir. Rumiy bizga eslatganiday, u hammani, hatto undan o'zini saqlovchilarni ham, «romantik» so'ziga salbiy ma'no beruv- chilarni ham zabt etadi». Ella bu satrlarni o'qir ekan: «Ertami yoki kechmi ishq hammani, hatto Nortgemptondagi Ella Rubinshteyn nomli o'rta yashar uy bekasini ham zabt etadi» deya o'qiganday bo'ldi. Uning ichki tuyg'usi qo'lyozmani o'qishdan to'xtashga, Mishelga qo'ng'iroq qilib, bu roman haqida yozmasligi- ni aytishga undar edi. Buning o'rniga Ella og'ir xo'rsinib qo'ydi, keyingi sahifani ochdi va o'qiy boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling