Richakli – mexanik asboblar (indikatorlar)
Rыchakli – mexanik asboblar o‘lchov bilan solishtirish usuli bo‘yicha mashinasozlikdagi aniq o‘lchashlarni bajarish uchun ishlatiladi. Agar o‘lchanayotgan o‘lcham asbobning o‘lchash chegarasidan kichik bo‘lsa, ba’zan bevosita baxolash usulidan ham foydalaniladi.
Tishli uzatishli asbobga soatsimon xildagi indikatorni misol qilish mumkin. Korpus 1 da gilza 2 mavjud bo‘lib u o‘lchovchi qurilmani biriktirish uchun xizmat qiladi. SHu gilzani aniq yo‘naltirib beruvchi vtulkasi ichida o‘lchovchi sterjen 3 harakatlanadi, uni uchiga esa uchlik 4 o‘rnatilgan. Mil 5
boshlang‘ich xolatda bo‘lganida shkala 6 gardish 7 yordamida nolga o‘rnatiladi. Fiksator 8 indikator ko‘rsatishini saqlab qolish uchun xizmat qiladi.
Indikatordagi mexanik kuchlanishi sterjen boshlang‘ich vaziyatida 0.84 ga teng qiymatdan va yakuniy xolatda 24 ga teng qiymatgacha o‘zgarib boradi. Normal indikatorlarda sterjen siljishi 0 – 5 va 0 – 10 mm ni, kichik o‘lchamli indikatorlarda esa 0 – 2 va 0 – 3 mm ni tashkil etadi.
Indikatorlar universal mo‘ljallanishdagi o‘lchash qurilmalariga ham, maxsuslari (skoba, glubinomer, nutromerli indikatorlar) ga ham o‘rnatilishi mumkin. Indikatorlar alohida asbob sifatida ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |