Energetika


SHtangensirkulli asboblar


Download 47.16 Kb.
bet4/10
Sana08.01.2022
Hajmi47.16 Kb.
#249586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chiziqli

SHtangensirkulli asboblar


SHtangenli asboblar (1 – rasm )– umumiy mo‘ljallanishli eng keng tarqalgan o‘lchash vositalaridir. U ikkita shkalaga ega bo‘lib, asosiy shkala bo‘lim qiymati 1 mmga teng, qo‘shimcha shkalaning, ya’ni noniusning bo‘lim qiymati u shtanga bo‘ylab harakatlanganda millimetrni o‘ndan bir yoki yuzdan bir ulushlariga teng qiymatlarda bo‘ladi. Nonius 10 – 20 bo‘lim qiymatiga ega bo‘ladi. Bo‘lim qiymati miqdori asosiy shkalaga nisbatan ancha kichik bo‘ladi.

Nonius shkalasining boshlang‘ich joyi, ya’ni uning nol belgisi asosiy shkalaning ko‘rsatkichi vazifasini bajaradi. O‘lchash vaqtida bu belgi asosiy shkalaning biror bir shtrixi bilan aniq to‘g‘ri kelsa, unda o‘lchangan qiymat millimetrning butun soniga va qo‘shimcha ravishda bu shkaladan ko‘rsatkichgacha miqdor yig‘indisiga teng bo‘ladi. Agar nol belgi asosiy shkala shtrixlari orasida joylashgan bo‘lsa, demak millimetrning butun sonida bo‘linmalari butun miqdoriga va qo‘shimcha aniqroq qiymati shkalaning nolli belgisi va noniusning ko‘rsatkichi orasidagicha miqdorga tengdir.

SHtangen asboblar orasida keng tarqalganlari quyidagilar: shtangensirkullar, shtangenglubinomerlar (chuqurlik o‘lchagich) va shtangenreysmassalar.

SHtangensirkul SHS da gubkalar ichki va tashqi o‘lchovlar uchun 2 tomonlama joylashgan va qiskichlari shunday qurilma bilan ta’minlanganki, u mikrometrik juft yordamida ramka shtanga bo‘ylab aniq siljishini ta’minlaydi.




6

1 – Rasm.



  1. asosiy chizg‘ich – shtanga;

  2. gaykali vint;

  3. ramka;

4,5,6,7- gubkalar;

8- konussimon shkala;

9- qisuvchi vint.

Tashqi o‘lchamlar tashqi gubkalar bilan ham, ichki gubkalar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Hisoblash aniqligi – 0,1 va 0,05 mm. SHtangensirkullar kvalitet bo‘yicha 15 – 17 mu ga teng uncha yuqori aniqlik bilan ishlangan o‘lchamlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan.

SHtangenglubomerlar bilan detaldagi ariqchalar va kichik teshikchalar o‘lchanadi.




Download 47.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling