Energetika


Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlarining konstruksiyalari


Download 47.16 Kb.
bet9/10
Sana08.01.2022
Hajmi47.16 Kb.
#249586
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chiziqli

Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlarining konstruksiyalari.

Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlari toblangan po‘lat yoki qattiq qotishmadan tayyorlangan to‘g‘ri burchakli parallepiped shaklida bo‘ladi. Har bir uchlari bilan o‘lchovchi o‘lchovning qarama – qarshi o‘lchovchi yuzalariga silliqlash va o‘lchamiga keltirish bilan ancha aniq ishlov berilgan.



O‘lchov o‘lchami sifatida uning bir o‘lchovchi yuzasidan ikkinchisigacha davom etuvchi perpendikulyar uzunligi qabul qilinadi.

Uchlari bilan o‘lchovchi o‘lchovlar bir biriga yaqinlashtirilganda o‘zaro uncha katta bo‘lmagan kuch bilan tortishadi (bir biriga yopishadi), bu holat yuzalarni molekulyar tortishishi sababidan deb tushuntiriladi, har bir yuza juda yupqa (taxminan 0.02 mkm) suyuqlikli plyonka bilan qoplangan bo‘ladi. YAngi uchlari bilan o‘lchovchi o‘lchovlar uchun yuza artilganidan keyin siljitish kuchi 30 – 80 N (3 – 8 kgk) oralig‘ida bo‘lishi va o‘lchovchi yuzalarga perpendikulyar yo‘nalishda uzilishga qarshilik kuchi esa 10 – 20 marta kattaroq bo‘lishi kerak.

Ta’mirlangan yoki ekspluatatsiyada bo‘lgan o‘lchovlar uchun 4 – chi va 5 – chi aniqlik sinfi o‘rnatilgan. Attestatsiyadagi aniqligiga qarab o‘lchovlar 1, 2, 3, 4, 5 – razryadlarga bo‘linadi. Uchlari bilan o‘lchovchi o‘lchovlarning haqiqiy o‘lchamlari maxsus xujjat – attestatga yoziladi.



Turli standart yordamchi qurilmalar – yon devorlar (bokovik), ushlab turgich (derjavok) va hokazolar yordamida o‘lchovlar qo‘llanish sohasini ancha kengaytirish mumkin. Bunday qurilmalar ichki va tashqi o‘lchamlarni yuqori aniqlikda o‘lchash va belgi qo‘yib olish kabi ishlarda qo‘llaniladi.

Download 47.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling