Energetika
Download 47.16 Kb.
|
chiziqli
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU:Chiziqli va burchakli o’lchashlarda foydalanuvchi o’lchash vositalari Bajardi:Karimov Abdullatif Qabul qildi: Erkaboyev A.X.
- CHBO‘ asboblari tuzilishining fizik prinsiplari.
- CHiziqli va burchakli o‘lchashlar asboblarining asosiy tavsiflari.
- . CHBO‘ asboblarining dinamik xarakteristikasi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ENERGETIKA” FAKULTETI METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA MAHSULOT SIFATI MENEJMENTI KAFEDRASI “O`LCHASHLARNING FIZIKAVIY ASOSLARI” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU:Chiziqli va burchakli o’lchashlarda foydalanuvchi o’lchash vositalari Bajardi:Karimov Abdullatif Qabul qildi: Erkaboyev A.X. Farg`ona-2020 REJA: 1. chbo‘ ASBOBLARI TUZILISHINING FIZIK PRINSIPLARI VA ASOSIY tavsiflari. 2. chIZIQLI VA BURCHAKLI KATTALIKLARNI O‘LCHASH UCHUN MEXANIK ASBOBLAR 3. YUqori aniqlikdagi mexanik asboblar CHBO‘ asboblari tuzilishining fizik prinsiplari. CHBO‘ o‘zgartkichlari tuzilishining eng keng tarqalgan va eng mashxur fizik prinsiplari quyidagilar: elektr qarshiligi, sig‘im va induktivlik quyidagi sabablar bilan o‘zgarishi mumkin, ular esa chiziqli va burchakli o‘lchashlarga o‘zgaruvchi x orqali bog‘langan bo‘ladi: r = f(x) – reostat surgichini siljishi s = f(x) –kondensator plastinasini harakatlanishi l = f(x) –g‘altak ichida ferromagnit o‘zakni harakatlanishi
yoritilganlik E ni nurlanish manbai yoki qabul qilgichi siljishi oqibatida harakatlagishi; magnit induksiyasi o‘zak harakatlanganligi sababli o‘zgaradi; magnit oqimi o‘zak yoki magnit ekrani harakatlanganligi sababli o‘zgaradi; optik o‘lchashda intensivlik nurlanish manbai harakatlanganligi sababli o‘zgaradii; magnit maydon kuchlanganligi magnit o‘tkazgich va uni elementlari harakatlanganligi sababli o‘zgaradi. SHunday qilib siljish quyidagi parametrlar va kattaliklar o‘zgarishiga aylantirilishi mumkin: r, c, L. Ft , Ng , E0 , E va boshqalar. U yoki bu fizik effekt, xodisa, qonunga qarab birlamchi o‘zgartkichlar: reostatli, sig‘imli, induktivlikli, elektromagnit, optoelektron, issiqlikli, ultratovushli, gidravlik va boshqalar. CHiziqli va burchakli o‘lchashlar asboblarining asosiy tavsiflari. CHBO‘ asboblarining asosiy xarakteristikalariga quyidagilar kiradi: statik va dinamik xarakteristika, sezgirlik, ishonchlilik, o‘lchash diapazoni. . CHiziqli va burchakli o‘lchashlar asboblarini statik tavsiflari – bu chiqish signalini kirishdagi siljish qiymati x ga bog‘liqligi. Aksariyat hollarda chiqish signalini elektr kuchlanishi ko‘rinishida olishga harakat qilinadi. SHuning uchun reostatli o‘zgartkich uchun bu Uchiq = fr(x); sig‘imli o‘zgartkich uchun Uchiq = fc(x); induktiv o‘zgartkich uchun esa Uchiq = fL(x). Formulani aynan qanday bo‘lishi o‘zgartkich o‘lchash sxemasiga bog‘liq. . CHBO‘ asboblarining dinamik xarakteristikasi CHBO‘ asboblarining dinamik tavsifi – bu siljish qiymati vaqt bo‘yicha o‘zgargan holatda chiqish signalining vaqt (t) ga bog‘liqligi. Qirishdagi siljish x va (burchak siljishi) 1 – rasm 1 – chiziq kabi sakrab o‘zgarishi yoki (1 – rasm 2 – chiziq kabi) to‘g‘ri chiziqli oshib borishi yoki (1 – rasm 3 – chiziq kabi) sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Bunda chiqish signali Xchiq ni qanday o‘zgarishini aniqlash kerak bo‘ladi. Sezgirlik Ishonchlilik – T vaqt davomida buzilmasdan ishlash extimolligi. O‘lchash diapazoni Xmin / Xmax. Download 47.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling