Mikrometrik o‘lchash qurilmalari
Umumiy maqsadlarda foydalanishda xuddi shtangen asboblar kabi, mikrometrik asboblar ham keng tarqalgan o‘lchash vositalaridir. Bu gurux asboblar turlicha bo‘lgani bilan ularning hammasida mikrometrik juft deb ataluvchi yuqori aniqlikdagi vint mavjud. Gayka joyidan qo‘zg‘almagan xolda vintni aylanishi, vint va u bilan bog‘langan o‘lchovchi kontaktni o‘q bo‘ylab harakatlanishiga olib keladi. Ushbu siljish kattaligi qiymati asbob shkalasi bilan baxolab boriladi.
Mikrometrlar tashqi o‘lchamlarni o‘lchash uchun kengroq qo‘llaniladi, ichki o‘lchamlar uchun esa mikrometrik nutromerlar, mikrometrik glubinomerlar esa ariqchalar, kichik teshikchalar va hokazolar o‘lchamlarini o‘lchash uchun kengroq qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |