Epidemiologiyadan


MAVZU 2. EPIDEMIOLOGIYA FANINING TEKSHIRUV USULLARI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

MAVZU 2. EPIDEMIOLOGIYA FANINING TEKSHIRUV USULLARI
EPIDEMIOLOGIK USUL HAQIDA TUSHUNCHA VA BU USULNING 
MOHIYATI, EPIDEMIOLOGIK DIAGNOZ HAQIDA UMUMIY 
TUSHUNCHALAR 
1. Mashg’ulotning mohiyati. Aholi orasida tarqaladigan yuqumli 
kasalliklarning oldini olish uchun, epidemiyaga qarshi kurashish choralarini tashkil 
etishda asosiy qonun-qoidalaridan biri, profilaktik va epidemiyaga qarshi kurashish 
chora-tadbirlarning boshlang’ich, ya’ni asosiy yo’nalishini aniqlashdir, yuqumli 
kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini rejalashtirish va epidemiyaga 
qarshi kurashni tashkil etishning asosiy va boshlang’ich yo’nalishini aniqlash 
epidemiologik tekshiruv usullarini qo’llash tufayli amalga oshiriladi. 
Epidemiologiya sohasida ishlaydigan bo’lajak mutaxassislar, epidemiologiya 
fanining tekshiruv usullarini, bu usullarning mohiyatini yaxshi bilishlari kerak. 
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarining maqsadga 
muvofiq bo’ladigan rejalarini ishlab chiqishda epidemiologik diagnoz 
xulosalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. 
2. Maqsad: Talabalarni kasalliklarning epidemiologiyasini o’rganishda 
qo’llaniladigan epidemiologik tekshiruv usullari bilan tanishtirish. Talabalarni 
epidemiologik hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlash usullari bilan 
tanishtirish, ularga epidemiologik tekshiruv usullarining mohiyatini tushuntirish, 
jumladan tasviriy baholash usuli, analitik (tahliliy) epidemiologiya usuli
eksperimental 
(ilmiy 
tajribaga 
asoslangan) 
epidemiologiya 
usullari 
va 
epidemiologik prognoz (kasalliklarning tarqalish darajasini oldindan aniqlab 
berish) usullari bilan tanishtirish. 
O’quvchilarni kasallik o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik 
tekshiruvning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, ularga kasallik o’chog’ida 
epidemiologik tekshiruv olib borish usulini o’rgatish. 
O’quvchilarga yuqumli kasalliklarning epidemiologik diagnozi, shu 
diagnozning mohiyati, asosiy bo’limlari va bosqichlari, epidemiologik diagnoz 
uchun qo’llaniladigan hujjatlar to’g’risida tuShuncha berish. Epidemiologik va 
klinik diagnozlarning o’xshashligi va ular o’rtasidagi tafovutlarni o’rgatish. 
Nihoyat o’quvchilarga, retrospektiv (o’tmishga asoslanib qilinadigan) va 
operativ (tezkorlik bilan qilinadigan) tahlil to’g’risida umumiy tushuncha 
berishdir. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish uchun dasturga binoan 5 soat vaqt ajratilgan, 
Shundan 3 soati amaliy mashg’ulotga, 2 soati mustaqil ishga mo’ljallangan. 
4. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. 
4.1. Kirish so’zi, mashg’ulotni mavzusini, mohiyatini, maqsadini va uning 
mazmunini talabalarga tuShuntirish. 
4.2. Talabalardagi ushbu mavzu to’g’risidagi boshlang’ich bilim saviyalarini 
aniqlab olish. 
4.3. Epidemiologik usul, bu usulning mazmuni, mohiyati va qo’llanilishi 
haqidagi savollarni muhokama qilish. 


20 
4.4. Yuqumli kasalliklar o’choqlarida o’tkaziladigan epidemiologik tekshirish 
usullarini muhokama qilish. 
4.5. Epidemiologik diagnoz, epidemiologik diagnoz qo’yish usullari, bu 
diagnozning turlari, o’tkazilish bosqichlari va epidemiologik diagnoz uchun 
qo’llaniladigan hujjatlarni muhokama qilish. 
4.6. Talabalarning muhokama qilingan materiallarni o’zlashtirganliklarini 
tekshirish. 
4.7. O’tilgan mashg’ulotga yakun yasash va keyingi mashg’ulot uchun 
topshiriq berish. 
5. Mashg’ulotni o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida beriladigan savollar. 
5.1. Epidemiologik tekshirish usullari haqida tushuncha. 
5.2. Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidagi sababiy bog’lanishlarni, 
shu sabablar tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash uchun ishlatiladigan 
usullar. 
5.3. Diskriptiv (tasviriy-baholash), analitik va eksperimental (ilmiy tajribaga 
asoslangan) epidemiologiyada hamda kasallik tarqalish jarayonini oldindan aniqlab 
berish (prognoz qilish) uchun qo’llaniladigan usullar va ularning ta’rifi. 
5.4. Kasallik o’choqlarida qo’llaniladigan epidemiologik tekshiruv usullari 
yagona kasal uchraydigan va bir talay kasallar uchraydigan kasallik o’choqlarida 
epidemiologik tekshiruv o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari. 
5.5. Epidemiologik diagnoz haqida tushuncha. 
5.6. Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun ishlatiladigan usullar. 
5.7. Epidemiologik tahlilning turlari (retrospektiv, operativ, prognostik). 
5.8. Epidemiologik diagnozning yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi 
ahamiyati. 
5.9. Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun qo’llaniladigan hujjatlar. 
6. Talabalar bilishi lozim bo’lgan savollar. 
6.1. Epidemiologik usulning o’ziga xos xususiyatlari. 
6.2. Yuqumli kasallik o’choqlarida olib boriladigan epidemiologik tekshiruv 
usulining, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishdagi ahamiyati. 
6.3. Epidemiologik diagnoz haqida tuShuncha (epidemiologik diagnozning 
asosiy turlari va o’tkazish bosqichlari). 
6.4. Tezkorlik bilan qilinadigan (operativ) va o’tmishga asoslanib qilinadigan 
(retrospektiv) epidemiologik tahlil. 
7. Talabalar o’rganishi lozim bo’lgan amaliy malaka. 
7.1. Yuqumli kasallik o’choqlarida epidemiologik tekshiruv o’tkazishni 
bilish. 
7.2. Guruhli kasallanish hollarida uning sabablarini aniqlay bilish. 
7.3. Kasalliklarning qaysi darajada tarqalganligini aniqlashda qo’llaniladigan 
ko’rsatkichlarni (mutloq son, nisbiy, intensiv, ekstensiv) amalda qo’llash. 
7.4. Yuqumli kasalliklar strukturasini, tarqalish darajasini va dinamikasini 
tahlil qilishni o’rganish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling