Epidemiologiyadan


Xo’jayin organizmining epidemik jarayondagi xususiyatlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Xo’jayin organizmining epidemik jarayondagi xususiyatlari 
Kasallanishga moyillik xo’jayin organizmning parazitlar uchun yashash 
muhiti bo’la olish va ularning parazitlik qilib yashashiga javoban patologik va 
immunologik reaksiyalar bilan javob qila olish xususiyatidir. Ma’lum turdagi 
kasallik qo’zg’atuvchilariga nisbatan aholi orasidagi moyillik har xildir. Bundan 
tashqari kasallikning kechishi va og’ir-engilligi ham turlicha bo’ladi (engil, 
o’rtacha, og’ir). Kasallik qo’zg’atuvchisini tashuvchilik ham, kasallikning yashirin 
davri ham turlicha bo’ladi. Odamlar populyatsiyasi kasallikka moyilliklari 
bo’yicha geterogendirlar (turlichadir). Ular kasallikka nisbatan chidamliligi 
jihatdan genotipik xarakterga ega bo’ladi. Bir turdagi kasallikka juda moyil 
bo’lgan odam boshqa turdagi kasallikni yuqtirmasligi mumkin. 
Har bir ma’lum turdagi kasallik qo’zg’atuvchilari organizmning ma’lum a’zo 
va to’qimalarida yashashlaridan tashqari bir populyatsiyadagi odamlardan ma’lum 
kishilargagina yuqadi. Bu xususiyat odamlarda interferon hosil bo’lishiga, qon 
zardobi tarkibidagi immunoglobulinlarga, qon guruhiga va boshqa omillarga 
bog’liqdir. 
Immunitet - organizmning hayoti davomida hosil qiladigan kasallik 
yuqtirmaslik xususiyatidir. Bu xususiyat irsiyat qonunlari bilan bog’liq bo’ladi. 
Ba’zi organizmlarda immunitet kuchli va uzoq davom etadigan bo’lsa, ba’zilarida 
kuchsiz va qisqa muddatli bo’ladi. Xo’jayin organizmi populyatsiyasining moyillik 
darajasi bo’yicha genotipik va fenotipik geterogenligi, shu populyatsiyalarda 
parazitlik qiluvchi kasallik qo’zg’atuvchilarning turli sharoitlarda yashashiga va 
turli xususiyatlar kasb etishiga olib keladi. Ishlab chiqarish usuliga bog’liq bo’lgan 
ijtimoiy munosabatlar yig’indisi va bundan kelib chiqadigan ma’lum ijtimoiy 
elementlar epidemik jarayon rivojlanishida ishtirok etuvchi va sharoitga qarab bu 
jarayonni tezlashtirishga yoki pasaytirishga ta’sir qiluvchi omil ijtimoiy omil deb 
ataladi. 
Ijtimoiy omilning epidemik jarayonga ta’siri to’g’risidagi ta’limotga birinchi 
bo’lib L. V. Gromashevskiy asos soldi. 
Bu ta’limotga asosan, epidemik jarayonning rivojlanishdagi sifat va miqdor 


14 
o’zgarishlari bu jarayonni harakatga keltiruvchi ijtimoiy, iqtisodiy va tabiiy 
omillarning ko’p yoki kamligiga bog’liq bo’ladi. Ya’ni epidemiya xususiyatlari 
bo’yicha o’zgarmas bo’lgan kasallik qo’zgatuvchilarining zararlangan 
organizmdan zararlanmagan organizmga o’tishini kuchaytiruvchi ijtimoiy va tabiiy 
omillar ta’siri ostida rivojlanadi. 
Ijtimoiy va tabiiy omillar epidemik jarayonga faqatgina tezlashtiruvchi yoki 
susaytiruvchi ta’sir qilib qolmay, balki bu jarayonning ichidan o’z-o’zini 
boshqarishini ham ta’minlaydi. 
Tabiiy omil - tashqi muhitdagi abiotik va biotik elementlarning uzluksiz yoki 
biron-bir ijtimoiy muhit orqali epidemik jarayonga tezlashtiruvchi yoki 
susaytiruvchi sifatidagi ta’siridir. 
Shunday qilib, biologik, ijtimoiy va tabiiy omillar epidemik jarayonni 
harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. 
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning ikkinchi qismi uning rivojlanish 
mexanizmidir. Ya’ni epidemik jarayon qanday rivojlanadi? 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling