Epidemiologiyadan


QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI 
DSENM 
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi 
YUKK 
Yuqumli kasalliklar kabineti 
RET
Retrospektiv epidemiologik tahlil 
SSV
Sog’liqni saqlash vazirligi 
FEKK 
Favqulodda epidemiyaga qarshi komissiya 
SHIYUK 
Shifoxona ichi yuqumli kasalliklari 
QVP
Qishloq vrachlik punkti 
SNP
Sanitariya nazorat punkti 
O’XYUK
O’ta-xavfli yuqumli kasalliklar 
JSST
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 
MSB
Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi 
FAP
Feldsher-akusherlik punkti 



UMUMIY EPIDEMIOLOGIYA 
MAVZU 1. EPIDEMIK JARAYON TO’G’RISIDAGI TA’LIMOT.
EPIDEMIK JARAYONNING OMILLARI VA RIVOJLANISH 
MEXANIZMI 
 
1. Maqsad: 
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning asosiy mazmunini o’rganish, 
shu bilimlar yordamida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarniig alohida guruhlarini 
asoslab berish. 
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat. 
3.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1.Kirish. 
3.2.Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar: 
a) Epidemik jarayon omillari. 
b) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi. 
v) Epidemik jarayonning ko’rinishlari. 
4. Xulosa. 
5.O’quv savollari: 
Epidemik jarayonning omillari. 
a) Biologik omil epidemik jarayonning sababchisi sifatida. Kasallik
manbai (rezervuar) kasallik qo’zg’atuvchilarining tur sifatida tabiatda 
saqlanishi uchun zarur yashash muhiti; 
- obligat-patogen va shartli patogen kasallik qo’zg’atuvchilar qo’zg’atgan 
antroponoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi; 
- kasallik qo’zgatuvchilar populyatsiyasining virulentlik bo’yicha 
geterogenligi (xilma-xilligi) va xo’jayin organizmining kasallikka moyilligining 
turli darajada bo’lishi kasallikning har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishini 
ta’minlovchi omil sifatida (kasallikning o’tkir, surunkali, tipik va atipik 
ko’rinishlarining epidemiologik ahamiyati); 
- kasallikning turli davrlarida bemorlarning epidemiologik jihatdan 
xavfliligi; 
- yuqumli kasallik belgisiz kechadigan turlarining epidemiologik 
ahamiyati; 
- hayvonlarning odamlar uchun patogen bo’lgan obligat-parazitlari 
qo’zg’atgan zoonoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi; 
- zoonoz kasalliklarda kasallik manbaining tavsifi; 
- odamlar va hayvonlar uchun fakultativ parazitlar keltirib chiqargan 
kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi. 
b) Ijtimoiy omillar - epidemik jarayonni rivojlantiruvchi omil sifatida: 
- turli guruhlarga taalluqli odamlar hayoti, mehnat faoliyatining 
ahamiyati; 
- aholi zichligi, turli yoshlardagi aholi guruhlari; 



- migratsiya jarayonining ahamiyati; 
- tibbiy xizmat darajasining ahamiyati; 
- uyushgan jamoalarning tuzilishi va ularning ta’siri. 
v) Tabiiy omillar: 
- tabiiy omillarning (quyosh nuri, namlik, muhit) odamlar organizmi 
chidamliligiga va kasallik qo’zg’atuvchilarning ko’payishi tezligiga bevosita 
ta’siri; 
- tabiiy omillarning (ob-havo, landshaft, muhit) epidemik jarayon 
rivojlanishiga bevosita ta’siri. 
6. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini ochib beruvchi nazariy 
bilimlarning umumlashuvi. 
a) L. V. Gromashevskiyning yuqish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi. 

kasallik qo’zg’atuvchilarning "xo’jayin" organizmida asosiy 
joylashishiga mos ravishda tuzilgan yuqish mexanizmi turlari; 
- yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va unda qatnashadigan omillar; 
- zoonoz kasalliklar bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tish 
mexanizmining o’ziga xosligi; 
- zoonoz kasalliklarning yuqish mexanizmi. 
b) E. N. Pavlovskiyning tabiiy-o’choqli kasalliklar to’g’risidagi ta’limoti. 
- tabiiy "antropurgik" o’choqlar degan tushunchalarni populyatsiya 
nuqtai-nazardan tuShuntirish. 
v) V. D. Belyakovning epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi 
to’g’risidagi ta’limoti. 
- epidemik jarayonda o’z-o’zini ichdan boshqarish mexanizmi; 
- epidemik jarayonning rivojlanish davrlari (fazalari).
8. Epidemik jarayonning ko’rinishlari. 
a) Epidemik jarayon kuchini (epizodik va epidemik kasallanish, onda-
sonda uchraydigan kasallanish, epidemiya, pandemiya) ifodalovchi kategoriyalar; 
b) epidemik jarayonning xududlar bo’yicha ko’rinishlari. 
- antroponozlar va zoonozlar nozoareallarining o’ziga xosligi, global, 
regional nozoareallar; 
- yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni hududlar bo’yicha ifodalash 
yo’llari; 
- nozoareallarni ifodalovchi omillar. 
v) Epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishi. 
- epidemik jarayonning ko’p yillik o’zgarish bo’yicha namoyon bo’lishi; 
- kasallanishning ko’p yillik epidemik tendensiyasini, epizodik
tebranishlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar; 
- kasallanishning yil davomida o’zgarishida epidemik jarayoning 
namoyon bo’lishi; 
- yillik, mavsumiy va birdaniga ro’y beradigan kasallanish darajalarini 
yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar; 
- epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishini ifodalash 
usullari. 



g) Epidemik jarayonning aholi har xil guruhlari orasida namoyon 
bo’lishi. 
- kasallanishning aholi guruhlari bo’yicha taqsimlanishida yosh, kasb-
kor, genetik, ijtimoiy va boshqa omillarning ahamiyati
- kasallanishning aholi guruhlari orasida taqsimlanishini ifodalash 
usullari. 
9. Talaba quyidagilarni bilishi kerak: 
9.1. Epidemiologiya fani to’g’risidagi tushuncha. 
9.2. Epidemik jarayon va uning o’zaro bog’liq bo’lgan uchta bo’limi, 
yuqish mexanizmi, kasallikning tabiiy o’chog’i, epidemik jarayonning o’z-o’zini 
boshqarish mexanizmi to’g’risidagi tushuncha. 
10. Amaliy ko’nikmalar. 
10.1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotni epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlarni asoslash uchun qo’llash. 
11. Mustaqil ish. 
Mustaqil ravishda ishlash uchun qo’llanmada keltirilgan axborotlarni 
o’rganish tavsiya qilinadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling