Epidemiologiyadan


Epidemik jarayoning omillari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Epidemik jarayoning omillari 
Epidemik jarayonning biologik omili - bu evolyutsion taraqqiyot natijasida 
yuzaga kelgan parazit-qo’zg’atuvchi bilan xo’jayin-odam o’rtasidagi o’zaro 
munosabatlardir, ya’ni biologik omil deganda parazitar sistema tushuniladi (bu 
sistema asosida parazit va xo’jayin organizmi o’rtasidagi evolyutsion taraqqiyot 
natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining yashashi va tur sifatida saqlanib qolishini 
ta’minlovchi o’zaro munosabat yotadi). Odam organizmi antroponoz 
kasalliklarning qo’zg’atuvchilar uchun asosiy yashash muhiti, zoonoz kasalliklarni 
qo’zg’atuvchilari uchun esa hayvon organizmi, sapronoz kasalliklari 
qo’zg’atuvchilari uchun tashqi muhit ob’ektlari asosiy yashash muhitidir. 
Kasallik 
manbai 
evolyutsiya 
jarayonida 
tarkib 
topgan 
kasallik 
qo’zg’atuvchilari uchun tabiiy yashash muhitidir. Kasallik qo’zg’atuvchilari 
o’zlarining yashash faoliyati davomida odam organizmida va undan tashqarida o’z 
yashash muhitlarini o’zgartirib turishadi. 
Bosh (asosiy) yashash muhitini ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi 
zamon bilim darajasida odamlarda kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarning 3-ta asosiy 
yashash muhitlari tafovut qilinadi. 
1) Odam - antroponozlar uchun
2) hayvonlar - zoonozlar uchun; 
3) tashqi muhit - sapronozlar uchun. 
Parazitlar populyatsiyalari yashaydigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari: 1) 
maxsus xo’jayinlar va tashuvchilar populyatsiyasi. 2) kasallik yuqishining maxsus 
abiotik omillari. Parazit o’z hayoti davomida ikki davrni o’tadi: odam organizmida 
yashash (oziqlanish, ko’payish) davri, o’z xo’jayinini almashtirish davri. Bu 
davrlarsiz parazitlar yashay olmaydilar, chunki har qanday organizmning hayoti 
chegaralangandir. 
Antroponoz kasalliklarining qo’zg’atuvchilar bir xo’jayinli parazitlardir. 
Odam organizmidan tashqarida kasallik qo’zg’atuvchilarning 2 kichik 
guruhlari yashaydi: 1) hayvonlar parazitlari va saprofit tipida oziqlanuvchi 
mikroorganizmlar, bular ba’zi hollarda boshqa hayvonlar va odam organizmiga 
o’tib qolishlari ham mumkin. Bu guruhdagi kasalliklar zooantroponozlar deb 
ataladi. 


12 
Ammo biologik tur sifatida yashash belgilariga qarab ular haqiqiy parazitlar 
hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagilar sapronozlar deb ataladi. 
Epidemik jarayonda kasallik qo’zg’atuvchilarining asosiy xususiyatlari 
ularning fenotipik va genotipik geterogenliklaridir. Ular virulentliklari bo’yicha, 
antigenlik belgilari bo’yicha, ferment ajratishlari bo’yicha, antibiotiklarga 
sezuvchanliklari bo’yicha xilma-xildirlar. Ekologiya nuqtai-nazaridan qaraganda 
har xil guruhlar sistemasiga kiruvchi kasallik qo’zg’atuvchilarni (viruslar, 
rikketsiyalar, bakteriyalar, spiroxetalar, zamburug’lar, gelmintlar) 4 guruhga 
birlashtirish mumkin. 
Obligat parazitlar, odamlar uchun shartli-patogen bo’lgan obligat parazitlar, 
bular antroponoz kasalliklarini qo’zg’atuvchilar. 
Odamlar uchun patogen bo’lgan, hayvonlarning obligat parazitlari. 
Odamlar va hayvonlar uchun shartli-patogen bo’lgan fakultativ parazitlar, 
bular zoonoz kasalliklarni qo’zg’atuvchilar. Odamlar uchun obligat patogen 
bo’lgan parazitlar chaqirgan antroponozlarda kasallik manbai, ya’ni kasallik 
qo’zg’atuvchilarning tabiiy yashash muhiti odam organizmi hisoblanadi. Bu holda 
epidemik jarayon infeksiya bilan zararlangan odamlar zanjiridan iborat bo’ladi. 
Infeksion jarayonning bu xil ko’rinishida kasallik manbaining epidemiologik 
xavflilik darajasi organizmga tushgan qo’zg’atuvchilar soniga, virulentligiga va 
odam organizmining chidamliligiga bog’liq bo’ladi. 
Odamlar uchun obligat shartli patogen parazitlarga tegishli mikroorganizmlar 
(esherixiyalar, klebsiellalar, stafilokokklar, difteriya tayoqchalari va boshqalar) 
odamlarning doimiy yo’ldoshlari hisoblanadi va organizmning og’ir jarohatlar, 
jiddiy jarrohlik muolajalari, leykemiya, nur bilan davolashlari oqibatida 
chidamliligining pasayganligida kasallik chaqirishi mumkin. Sog’lom odamlar 
o’rtasida ''normal" mikrofloralar almashilganda shartli patogen mikroorganizmlar 
ham boshqa organizmga tushib ekzogen infeksiya chaqirishi mumkin. 
Infeksiyalar, shartli patogen parazitlar, chidamliligi kamaygan organizmda 
odatdagi joylashgan joyida patologik jarayon vujudga kelsa, endogen turdagi 
infeksiya rivojlanadi yoki organizmning o’z mikroflorasi joylashgan odamdagi 
joydan boshqa patologik jarayon yuzaga kelsa, autoinfeksiya turida bo’ladi. 
Zoonoz kasallik qo’zg’atuvchilar, hayvonlarning obligat parazitlari ko’p 
xo’jayinli parazitlar hisoblanadi. Bunda bir turdagi hayvonlar kasallik 
qo’zg’atuvchilarning asosiy manbai hisoblanadi. Boshqa turdagi hayvonlar esa 
oraliq xo’jayin hisoblanadi, chunki bu hayvonlar organizmda parazitlar biologik 
tur sifatida tabiatda saqlanib qololmaydi. 
Epizootik jarayon hayvonlar orasida yuqumli kasallik tarqalishi uchun o’zaro 
uzluksiz bog’langan zanjir bo’lib xizmat qiladi. Bunday hollarda asosiy manbadan 
tashqari qo’shimcha manba ham bo’lishi mumkin. Qo’zg’atuvchilarning bunday 
aylanish jarayonida ular odam organizmiga ham tushishi mumkin. 
Bunday hollarda epidemik jarayon vujudga keladi. Shunday bo’lishiga 
qaramay, ba’zan inson organizmi qo’zg’atuvchi uchun "biologik boshi berk 
ko’cha" (tupik) sifatida, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchisi kasal kishidan sog’ odamga 
o’ta olmaydi. Shuning uchun zoonozlarda epidemik jarayon bir-biri bilan 


13 
bog’lanmagan holda bo’lib, kasallik onda-sonda hayvonlardan odamga yuqishi 
mumkin. 
Ba’zi zoonoz kasalliklarda (o’pka touni, sariqlik isitmada), odam qo’shimcha 
kasallik qo’zg’atuvchilar manbai hisoblanishi mumkin, chunki bunday hollarda 
kasallik bemor odamdan sog’lom odamga o’tishi mumkin. Lekin bu holat o’tkinchi 
bo’ladi, chunki qo’zg’atuvchilar tabiatda biologik tur sifatida uzoq vaqt yashay 
olmaydilar. Bunday mikroorganizmlarga klostridiyalar, ko’pgina zamburug’lar, 
meliodozlar, soxta tuberkulyoz qo’zg’atuvchilari va boshqalar kiradi. Bu 
mikroorganizmlar ma’lum hollardagina kasallik chaqira oladi. Masalan, qoqshol 
og’iz orqali yuqqanda kasallik chaqirmaydi, agarda qo’zg’atuvchi jarohatlangan 
teriga tushsa kasallik keltirib chiqarishi mumkin. 
Shunday qilib, fakultativ ko’zgatuvchilarning manbai bo’lib, tabiatda jonsiz 
muhit (tuproq va boshqa), hayvon yoki odam organizmlari hisoblanadi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling