Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Epidemiologiya bu epidemik jarayon to’g’risidagi, uning rivojlanish 
qonuniyatlari va namoyon bo’lish shakllari haqidagi fandir. Epidemiologiya 
tibbiyotning eng dastlabki rivojlanish davridayoq epidemiyalar to’g’risidagi fan 
sifatida vujudga keldi. Epidemiologiya fan sifatida yuzaga kelishining 
boshlang’ich davrida uning o’rganish sohasi epidemiya paytida kasallanishni 
o’rganish edi. Tibbiyotning rivojlanishi bilan epidemiologik usulning imkoniyatlari 
ham oshib bordi. "Epidemiya" tushunchasi bu omma orasida ko’plab uchraydigan 
hodisani anglatadi. O’sha davrlarda eng ko’p tarqalgan hodisa - bu yuqumli 
kasalliklar edi. 
Bakteriologik kashfiyotlar tufayli ommaviy kasallanishlarning sababi 
mikroorganizmlar ekanligi isbotlandi. Shu paytga kelib, "epidemiya" so’zining 
ma’nosi har qanday kasallikning o’sishi bilan emas faqat yuqumli kasalliklarning 
ko’payishi bilangina bog’liq bo’lib qoldi. 
Epidemiologiyaning yangi nazariy bilimlarga asoslanib rivojlanishi 
o’tgan asrning 1-2 choraklariga to’g’ri keladi va L. V. Gromashevskiy., V. A. 
Bashenin, E. N. Pavlovskiylar nomi bilan bog’liq. Epidemiologiya fan va amaliyot 
ma’lumotlariga suyangan holda epidemiyalarning kelib chiqishi va rivojlanishini
ularning qanday sharoitlarda tarqalishini, ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarni 
o’rganuvchi epidemiyalar to’g’risidagi fan bo’lib qoldi (D. K. Zabolotniy, 1927).
Mikrobiologiya, immunologiya, yuqumli kasalliklar klinikasi sohalari 
bo’yicha olingan bilimlarni tahlil qilish L. V. Gromashevskiyga epidemiologiya 
faniga yangicha ta’rif berish - yuqumli kasalliklarning odamlar jamoasi orasida 
paydo bo’lishi, tarqalishi va tugashi asosida yotadigan ob’ektiv qonuniyatlarni 
o’rgatuvchi, ularning oldini olish va yo’qotish chora-tadbirlari to’g’risidagi fan 



sifatida ifodalash imkonini berdi (L. V. Gromashevskiy, 1941). 
L. V. Gromashevskiy epidemiya tuShunchasini: "epidemiya" so’zining 
ilgarigi tor ma’nosiga to’g’ri keluvchi "tor ma’nodagi epidemiya" va epidemik 
jarayon to’g’risidagi tuShunchalarga ajratdi. 
Epidemiologiya faqatgina epidemiyalar to’g’risidagi fan emas, balki 
kasallikning bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan yakkam-dukkam hollaridan tortib, 
epidemiyaning yaqqol namoyon bo’lishi bilan kechuvchi epidemik jarayon 
tug’risidagi fan hisoblanadi. 
Bu davrga kelib ilmiy konsepsiyalarga asoslangan epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlar sezilarli natijalar berdi (chin chechak, toshmali terlama, vabo, o’lat, 
bezgak kabi kasalliklarning yo’qotilishi, difteriya, tulyaremiya, qizamiq 
kabilarning keskin kamayishi). Ammo bu natijalarga 1970 yillargacha erishildi. 
So’nggi davrlarda va hozirgi paytga kelib, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 
tizimi ijtimoiy talablarning hozirgi darajasiga javob berolmaydi. 
Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining soni va samarasi mamlakatda 
kutilgan natijalarni bermadi va o’z-o’zidan bu tizimning nazariy asosidagi 
kamchiliklar ochilib qoldi. 1970 yillardan keyin kasallanishning pasayishi, 
epidemiyaga qarshi kurashish tizimining imkoniyatlari tugaganini ko’rsatdi. 
Birinchi o’rinda epidemiyalarga qarshi kurashish emas (epidemiyaning o’zi 
umuman qolmadi) balki hozirgi paytda muhim ahamiyat kasb etgan onda-sonda 
uchraydigan kasalliklar bilan kurashish lozim bo’lib qoldi. 
Epidemiyaga qarshi kurashishda o’zini oqlagan yo’nalish va uslublar 
guruh-guruh bo’lib, yoki onda-sonda kasallanishlar, bakteriya tashuvchilarni faol 
ravishda aniqlash hollarida yaxshi natija bermay qoldi. Aynan shu mulohazalar va 
kasallanish holatining o’zgarishi yuqumli kasalliklardan o’lish hollari, yurak-qon 
tomir, onkologik kasalliklardan, baxtsizlik oqibatidan, nafas olish organlari 
kasalliklari kabilardan keyingi o’ringa tushib qoldi. 
Hozirgi paytda "epidemiya" tushunchasini yuqumli bo’lmagan 
kasalliklarga nisbatan qo’llash to’g’ri bo’lar edi. Epidemiologiyaning yanada 
rivojlanishi uning tibbiyot muammolarini populyatsiya darajasida yecha oladigan 
umum tibbiy fan sifatida zamonaviy davrga qadam qo’yishiga yordam berdi. 
Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda hozirgi paytda epidemiologiya umum 
tibbiy fan sifatida barcha kasalliklarning oldini olish uchun ularning aholi orasida 
vaqt mobaynida taqsimlanishini, kasallikning kelib chiqishi, rivojlanishi va 
tarqalish mexanizmini o’rganadi. 
Epidemiologiya umumtibbiy fan sifatida V. A. Bashenin tomonidan 
e’tirof etib kelingan edi. Keyingi paytda V. D. Belyakov tomonidan e’tirof etildi. 
Epidemiologiya fanining bu ma’nodagi ifodasi kuyidagicha: epidemiologiya - 
populyatsiya darajasida aholi o’rtasida kasallanish sababi va ularni keltirib 
chiqaradigan sharoitlarni o’rganib, Shu asosda kasallanishning oldini olish chora
tadbirlarini ishlab chiquvchi fandir. 
Umumtibbiy epidemiologiyaning o’rganish sohasi xilma-xil tashqi muhit 
omillarining, genotip va fenotiplari geterogen, moyillik darajasi turlicha va 
o’zgaruvchan bo’lgan kishilar populyatsiyasiga ta’siri natijasida aholi o’rtasida 


10 
sodir bo’ladigan kasallanishlardan iboratdir. 
Shu bilan birgalikda epidemiologiya epidemik jarayon haqidagi fan 
sifatida ham o’zining ahamiyatini saqlab qoldi. An’anaviy epidemiologiyaning 
o’rganish sohasi yuqumli kasalliklardir. Shunday qilib an’anaviy epidemiologiya 
epidemik jarayon to’g’risidagi fan sifatida o’rganiladi. 
Zamonaviy epidemiologiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan 5 
bo’limdan tashkil topgan. 
1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot. 
2. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar. 
3. Epidemiologik diagnostika. 
4. Epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatish tizimi. 
5. Xususiy epidemiologiya. 
1941 yilda L. V. Gromashevskiy tomonidan epidemik jarayonga berilgan 
ta’rif: - bu jamoa orasida aylanib yurgan kasallik qo’zg’atuvchilari chaqirgan 
infeksion holatning oldinma-keyin keluvchi va epidemik o’choqlar sifatida 
namoyon bo’luvchi belgisiz bakteriya tashuvchilikdan tortib, to yaqqol klinik 
ko’rinishlaridagi bemorlardir degan ifodasida asosiy urg’u epidemik jarayonning 
yuqumli kasalliklar ko’rinishidagi tashqi namoyon bo’lishiga qaratilgan. Bu ifoda 
epidemik jarayonning yuzaga kelishi va rivojlanish sabablarini ochib bera olmaydi. 
Chunki, infeksion jarayon kasallik qo’zg’atuvchi parazitning makroorganizmi 
bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Shundan ko’rinib turibdiki, epidemik va 
infeksion jarayonning ifodalanishiga turlicha yondoshilgan.
Infeksion jarayonning ifodasida uning ma’nosi ochib berilgan, lekin 
qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi ochib berilmagan. Epidemik jarayon 
ifodasida esa jarayonning qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi ko’rsatilgan, 
lekin bu jarayonning kelib chiqishi va rivojlanish sabablari ochib berilmagan. Agar 
infeksion jarayonning ko’rinishlari kasallik (manifest ko’rinishi) va bakteriya 
tashuvchilik (belgisiz ko’rinishi) ekanligini hisobga olsak, infeksion jarayonning 
ma’nosi va ko’rinishlarini quyidagicha ifodalash mumkin: infeksion jarayon bu 
kasallik qo’zg’atuvchi parazit va odam organizmining o’zaro munosabati 
jarayonida, sharoitga qarab manifest yoki belgisiz, ya’ni kasallik va tashuvchilik 
ko’rinishlarida ifodalanishidir. Epidemik jarayonning ma’nosi ham kasallik 
qo’zg’atuvchi parazit bilan makroorganizmning o’zaro munosabati natijasidir. 
Lekin bu jarayon organizm darajasida emas, populyatsiya darajasida kechadi. 
Shunday qilib epidemik jarayon bu kasallik qo’zg’atuvchi parazit bilan 
makroorganizmning populyatsiya darajasidagi o’zaro ta’siri natijasida, ma’lum 
ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga bog’liq bo’lgan holda, aholi o’rtasida 
kasallanishning har xildagi jadalligi ko’rinishida ifodalanishidir. 
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot epidemiologiyaning boshqa 
bo’limlari uchun nazariy asos hisoblanadi. 
Har qanday jarayonni o’rganish shu jarayon qanday paydo bo’ladi va 
nima uchun rivojlanadi, ya’ni unig rivojlanish sabablari va bu jarayon qanday 
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi kabi uch yo’nalishda olib boriladi. 
Shunga binoan epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotda ham uchta qism 


11 
farq qilinadi. 
1) Epidemik jarayonning omillari: biologik, ijtimoiy va tabiiy (uning 
rivojlanish sabablari va sharoitlari). 
2) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi (shu jarayon qanday 
qilib rivojlanadi). Bu mexanizm hozirgi zamon epidemiologiyasining uchta asosiy 
nazariyasini umumlashtirish bilan idrok etiladi. "Yuqish mexanizmi" to’g’risidagi 
ta’limot (L. V. Gromashevskiy, 1941). "Yuqumli kasalliklarning tabiiy o’chog’i" 
to’g’risidagi ta’limot (E. N. Pavlovskiy, 1939) va "Epidemik jarayonning o’z-
o’zini boshqarishi" to’g’risidagi ta’limoti (V. D. Belyakov, 1975). 
3) Epidemik jarayonning ko’rinishi (jarayon qanday namoyon bo’ladi). 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling