Jizzax viloyati Forish tumanidagi 78, 79 va 80 umumiy o’rta ta’lim maktablari, Samarqand viloyati Poyariq tumani 38 umumiy o’rta ta’lim maktabi, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 45 umumiy o’rta ta’lim maktabi, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi 19 va 36 umumiy o’rta ta’lim maktablari, Toshkent shahar Yunusobod tumani 97 umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Pedagogik tajriba – sinov ishlari davomida hamkorlik: ochiq darslar, master klass, seminarlar, konferensiyalar tashkil etildi.
PEDAGOGIK TAJRIBA
4 – rasm. Tajriba – sinov mobaynida tanlangan sinflarning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Pedagogik tajriba – sinov asosida tadqiqotning ishonarli ekanligini tasdiqlash va ilmiy xulosa qilish uchun yuqoridagi natijalar yetarli bo‘ladi (Tkr. < Tkuz). Bu o‘z navbatida tadqiqotlarimizning samaradorligini va tavsiyalarimizning pedagogik nuqtai nazardan ishonchliligini tasdiqlaydi.
Ushbu hisob – kitob natijalariga ko‘ra, olib borilgan tadqiqot ishlari samaradorligi 14% ga yuqori ekanligi statistik metodlar yordamida tahlil qilindi va olib borilgan tadqiqot ishi natijalari samarali ekanligi isbotlandi.
XULOSALAR
Elektron ta’lim muhitida 8 – sinf metallmaslar mavzusini o‘qitish o‘quvchilar bilan ishlash metodikasiga oid tarkibiy – mazmunli tuzilishini umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda foydalanish mezonlari aniqlangan.
Elektron ta’lim muhitida 8 – sinf metallmaslar mavzusini o‘qitish kimyo o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishning besh omilli modeli hamda talabalarni kasbiy – metodik tayyorlashning didaktik ta’minoti pedagogning individual rivojlanish, integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
Elektron ta’lim muhitida 8 – sinf metallmaslar mavzusini o‘qitish o‘quvchilar bilan ishlash mexanizmining rivojlanish bosqichlari aniqlangan.
01
02
03
04
Elektron ta’lim muhitida 8 – sinf metallmaslar mavzusini o‘qitish uchun kimyoviy bilimlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida rivojlantirish metodikasi ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |