Ergashev vahob ergashevich


AKT RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY BOSQICHILARI


Download 27.26 Kb.
bet5/10
Sana20.11.2023
Hajmi27.26 Kb.
#1789443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Taqdimot(V.Ergashev)

AKT RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY BOSQICHILARI
AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat an’anaviy ta’lim texnologiyalari, balki elektron ta’lim zahiralari ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda elektron ta’lim zahiralarining tizimidan Smart (ingl.— aqlli, mushohadali, harakatchan) elektron ta’lim zahiralarining hamda Smart Education (aqlli ta’lim) ga o‘tish jarayoni bormoqda. Bu konsepsiya ta’lim sohasining barcha jarayonlarini, shuningdek, bu jarayonda qo‘llaniluvchi barcha usul va texnolo­giyalarni majmuali modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta’lim kesimida o‘zi bilan birga, “aqlli taxta”, “aqlli ekran”, ixtiyoriy nuqtadan Internetga chiqish kabi texnologiyalarni shakllantiradi. Ushbu texnologiyalarning har biri kontentni ishlab chiqish jarayonini yangidan qurish, yetkazib berish va aktuallashtirish imkonini beradi. Natijada, ta’lim olishni nafaqat sinfda, balki uyda, ish joyida, jamoat joylarida, dam olish joylarida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Smart ta’lim konsepsiyasi mavjud manbalarga tez moslashuvchanlik, multimedianing maksimal xilma – xilligi, tinglovchining saviyasi va talabi darajasiga tezkorlikda moslashuvchanlikdan iborat.
1 – rasm. Axborot texnologiyalaridan foydalanishning elektron vositalari.
O‘QUVCHILARNING MEDIASAVODXONLIGI
Tadqiqot ishi natijasida kimyo fanlarning mazmuni tahlil qilindi va fanni o‘qitishda mediatexnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularni kasbga yo‘naltitirish, mediamadaniyatini shakllantirish orqali kutilgan natijalarga erishish mumkinligi asoslandi. Bugungi globallashuv zamonda kimyo fanini o‘qitishda yangi ilmiy-metodik yondoshuvni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi, mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik mazmuni, ayniqsa, o‘quvchilarning axborotlar olishini keng ta’minlash, o‘zaro munosabatlarni xolis va xaqqoniy aks ettirishda zamonaviy axborot vositalari, ta’lim – tarbiya tizimi, axborot texnologiyalari kabilar o‘quvchilarning mediasavodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirish samaradorligi dissertatsiyada yoritilgan.
Demak, axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish bosqichlarining eng asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni zamonaviy taraqqiyot g‘oyalaridan unumli va maqsadli foydalanish madaniyatini shakllantirishdan iborat.

Download 27.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling