Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana28.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1731290
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH

muddatli strategiyasiga ko‘proq e’tibor berishlariga majbur 
qilmoqda. 
Ushbu vazifani hal etishda personalni rejalashtirish jarayonida har 


87 
bir xodim, eng avvalo uning kasb-malaka imkoniyatlari to‘g‘risida 
to‘planadigan ma’lumotlar juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu 
maqsadda maxsus so‘rovnoma asosida quyidagi ma’lumotlarni to‘plash 
talab etiladi: 
– personalning doimiy tarkibi (xodimning ismi-sharifi, turar joyi
yoshi, ishga qabul qilingan vaqti va hokazolar); 
– personalning umumiy tarkibi (malakasi, jinsi, yoshi, millati, 
nogironlar salmog‘i, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va 
hokazolar salmog‘i); 
– kadrlar qo‘nimsizligi; 
– bekor turib qolish, kasallik sababli ish vaqti yo‘qotilishi; 
– ish vaqti davomiyligi (to‘la va qisman ish bilan bandlar, bir yoki bir 
necha 
tungi 
smenada 
ishlovchilar, 
mehnat 
ta’tillarining 
davomiyligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
– ishchilar, xizmatchilarning ish haqi (ish haqi tarkibi, qo‘shimcha ish 
haqi, ustama to‘lovlar, tarif bo‘yicha ish haqi, tarifga qo‘shimcha 
to‘lovlar); 
– davlat va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy 
xizmatlar (qoidalar, tarif shartnomalari va boshqa me’yoriy 
hujjatlar bo‘yicha ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar). 
Mazkur ma’lumotlar personalni boshqarish xizmatida muntazam 
ravishda to‘planib, umumlashtirib va tahlil etib borilsa, personalni 
rejalashtirish masalalarini hal etishda juda qo‘l keladi. 
Korxona ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ish o‘rinlarini 
tahlil etish asosida to‘planib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda 
ushbu jihatlarga e’tibor qaratilishi kerak: 
– ish o‘rnining tasnifi va nomlanishi; 
– ish o‘rnining texnik jihatlari (mazmuni, vositasi, mehnatni tashkil 
etish); 
– talab etiladigan malaka (umumiy ta’lim, kasb ta’limi, kasb 
tajribasi); 
– jismoniy jihatdan talablar (baquvvatlilik, ko‘rish, eshitish 
qobiliyati, atrof-muhit ta’siri); 
– psixologik talablar (ishning bir xilligi, e’tiborlik, jamoada ishlashga 
moslashuv va boshqalar); 
– shtatlar jadvali (personal miqdori); 
– boshqaruv organlari tavsifi; 
– boshqaruv organlarining tashkiliy bo‘ysunishi; 


88 
– lavozimlarni o‘rindoshlik asosida to‘ldirish rejasi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling