Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
-rasm. Personalga ehtiyojni rejalashtirish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
4.6-rasm. Personalga ehtiyojni rejalashtirish
90 Aksincha, personal soni ortiqcha bo‘lsa, buni ish vaqtidan ortiqcha ishlashni bekor qilish, to‘la ish kunidan to‘la bo‘lmagan ish kuniga o‘tish, ish haqi olmasdan ta’tilga ruxsat berish va shu kabilar orqali bartaraf etiladi. Ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni quyidagi umumiy formula orqali aniqlanadi: S A =M:F bunda: S A – ishchilarning ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha soni; M – ishlab chiqarish dasturining umumiy mehnat hajmi; F – bir ishchining yillik ish vaqti jamg‘armasi. Ishchilar soni ish vaqti jamg‘armasi va me’yorlarni bajarish koeffitsiyentini hisobga olgan holda hisoblab chiqish uslubi ishchi- larning reja sonini aniqlashda amaliyotda keng qo‘llaniladi. Texnologik innovatsiyalarni joriy etish orqali yangi buyumlarni ishlab chiqarish mehnat sarflarining ortishi natijasida qo‘shimcha ishchilarga ehtiyojni keltirib chiqaradi. Bunda ishchilar korxona uchun doimiy talab etilmaydi. Lekin korxona yangi ish o‘rinlari yaratar ekan qo‘shimcha ishchi kuchini doimiy shtatga qo‘shadi. Bu bilan ishchilarning muayyan zaxirasi tashkil etiladi. Ana shu miqdor quyidagi formula orqali aniqlanadi: S q = M A • A/Fn • K a bunda: S – qo‘shimcha ishchi soniga ehtiyoj; M A – tashkilot tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun talab etiladigan o‘rtacha loyihaviy mehnat sarfi; A – mahsulot ishlab chiqarishning loyihaviy hajmi; Fn – bir ishchi ish vaqtining nominal jamg‘armasi; K – yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish davrida ish vaqtidan foydalanishning amaldagi koeffitsiyenti. Korxona shtatlar jadvaliga kiritilgan barcha lavozimlar ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan turli malakali xodimlar sonini anglatadi. Bu ko‘rsatkich korxonaning ishchi kuchiga umumiy ehtiyojini ko‘rsatadi. Ishchi kuchiga amaldagi ehtiyoj qaysi malakadagi qancha ishchini korxonaning o‘zidan yoki tashqi mehnat bozoridan ishga jalb etishni ifoda etadi. Ishchi kuchiga umumiy ehtiyojdan amaldagi ehtiyojga o‘tish bosqichlarini 4.1-jadvalda kuzatish mumkin: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling