Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Personalga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlarni rejalashtirishning
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat unumdorligini rejalashtirish
- Personalni rejalashtirish bosqichlari
Personalga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlarni rejalashtirishning
ahamiyati to‘g‘risida ortiqcha gapirmasa ham bo‘ladi. Korxona rahbariyati tomonidan qaror qabul qilishda markaziy o‘rinni xarajatlar egallaydi. Yuqori samara bilan faoliyat ko‘rsatayotgan barcha kompaniya va firmalarning tajribasi inson resurslari, personal uchun sarf-xarajatlar (o‘qitish, malaka oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va boshqalar) juda muhimligidan yaqqol dalolat beradi. Mehnat unumdorligini rejalashtirish quyidagilarni ko‘zlaydi: 1. Mehnat unumdorligini oshirish yoki personal xarajatlarini kamaytirishga: – tarkibiy omillar; – boshqaruvni va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish; – ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish: mexanizatsi- yalash yoki avtomatlash, o‘qitish; – moddiy rag‘batlantirish (ish yakuni bo‘yicha to‘lovlar, muko- fotlar, foyda taqsimotida ishtirok etish) omillaridan foydalanish; – mehnatga qiziqtirishni kuchaytirish orqali erishish. 2. Mehnat unumdorligi yoki samaradorligi maqsadlariga: – ish haqi yoki personalga barcha xarajatlarning mahsulot sotishdan 94 tushadigan daromadga nisbatini kamaytirish; – har bir xodim hisobiga sotuv hajmini ko‘paytirish; – sof foydaning ish haqi xarajatlariga nisbatini yaxshilash; – ish haqi xarajatlarini mahsulot birligiga nisbatini kamaytirish; – me’yorlangan ish vaqtining amaldagi ish vaqtiga nisbatini yaxshilash orqali erishish ko‘zda tutiladi. Personalni rejalashtirish bosqichlari: 1. Xo‘jalik faoliyati strategiyasi va tashkiliy ehtiyojlarni aniqlash. 2. Ishni sifatli bajarish standartlarini aniqlash. 3. Tashqi muhitni aniqlash. 4. Ichki muhitni aniqlash. 5. Muammolarni aniqlash. 6. Personal strategiyasini ishlab chiqish. 7. Ta’sirlarni baholash va ularga aniqlik kiritish. 8. Strategiyani muntazam ravishda qayta baholash. Personalni rejalashtirish bosqichlarini amalga oshirishdagi o‘zaro bog‘liqlikni 4.7- rasmdan ko‘rish mumkin. Bugungi kunda respublikamizda ham jahon tajribasidan ijobiy foydalangan holda personalni rejalashtirishni yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra personalni rejalashtirishda hamisha ham ishlab chiqarish ehtiyojlari hisobga olinmaydi. Yangi iqtisodiy sharoitlarda faoliyat yuritayotgan korxonalarning anchagina qismi o‘z xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqmagan. Ayniqsa, bozordagi tendensiyalar chuqur o‘rganilmaydi. Bu masalada ularning marketing xizmatlari hozirgi davr talablari darajasiga javob bermaydi. Bunga ichki bozorda raqobat muhitining to‘la shakllanmaganligi ham sabab bo‘lyapti. Ko‘pgina kompaniya, firma, aksiyadorlik jamiyatlari yangi texnika, texnologiyani joriy etish, korxonani qayta jihozlantirish loyihalariga ega emas. Biroq ushbu loyihalarni ishlab chiqish vaqtida butun diqqat e’tibor korxonani tashkiliy-texnikaviy qayta jihozlan- tirishga qaratilish kerak. Ana shu rejalashtirilgan mukammal texnika vositalarini ishlatadigan, yangi texnologiyalarni joriy etadigan personal masalalari esa panada qolmoqda. 95 Personalni rejalashtirishda ishchi kuchiga ehtiyoj markaziy masa- ladir. Biroq tashkilotlar nafaqat personalning sifat ko‘rsatkichlari, hatto mikdor ko‘rsatkichlariga ham ehtiyoj to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega emaslar. Bugungi globallashuv sharoitida korxonani barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligiga erishish, ichki va tashqi bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashish personal bilan ishlashni, shu jumladan, uni rejalashtirishni tubdan takomillashtirishni qat’iy talab etmoqda. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling