Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Personalga ehtiyojni prognoz qilish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5-jadval Personalni yollashga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil Talab
Personalga ehtiyojni prognoz qilish. Kelajakda personalga
ehtiyojni hisoblash rejalashtirilgan ishlab chiqarish dasturi hamda kadrlar miqdor tarkibidagi o‘zgarishlar (masalan, kadrlar qo‘nimsizligi ko‘rsatkichlari asosida) prognozidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Ayni paytda, bunda ish vaqtining kutilayotgan o‘zgarish- larini e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Personalga ehtiyoj taklif va talab bashoratlarini taqqoslash hamda kelajakda ish kuchiga taqchillikni yoki uning yetishmasligini aniqlash yo‘li bilan bashorat qilinadi. 4.5- jadvalda 5 yil muddatga talab va taklif bashoratlarining taqqoslanishi ko‘rsatilgan. Bu yollanishi kerak bo‘lgan ishchilar sonini aniqlash imkonini beradi. Birinchi yili mehnatning yillik budjeti vazifasini o‘tab, har yili (agar talab tez o‘zgaradigan bo‘lsa yanada ertaroq) unga aniqlik kiritib turish mumkin bo‘ladi. Ayrim hollarda personalga ehtiyojni uzoq muddatga (masalan, 5 yilga) bashorat qilish mumkin emas. Ba’zida esa tashkilot 1 yoki 2 yildan ko‘proq muddatdagi o‘zgarishlarni mo‘ljallay olmasligi sababli uzoq muddatli bashoratga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Talab va taklif prognozlarini solishtirish qancha miqdorda perso- nalni ishga yollash (yoki nechta ishchi kuchi ehtiyojdan ortiqligini) kerakligini aniklash imkonini beradi. Bu ma’lumotlar mehnat bo‘yicha rejani ishlab chiqishga asos bo‘ladi, o‘qitish hajmi va dasturlariga, qisqartirilishi kerak bo‘lgan shtatlarga aniqlik kiritadi. 105 4.5-jadval Personalni yollashga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil Talab 1. Yil boshida talab etiladigan son 120 140 140 120 150 2. Yil davomida talab prognozidagi o‘zgarishlar +20 yo‘q -20 yo‘q -30 3. Yil oxirida talab etiladi, jami (1+2) 140 140 120 120 120 Taklif 4. Yil boshida mavjud bo‘lgani 120 140 140 120 120 5. Korxoba ichida boshqa ishga o‘tkazish hisobiga o‘sish 5 5 - - - 6. Quyidagilar hisobiga qo‘yotishlar: – pensiyaga chiqish, – qo‘nimsizlik, – tashqariga boshqa ishga o‘tish; – umuman yo‘qotishlar 3 15 2 20 6 17 4 27 4 18 6 28 1 15 3 19 4 14 - 18 7. Yil oxirida mavjud bo‘lganlar soni (4+5-6) 105 118 112 101 102 8. Yetishmaslik (e) 35(e) 22(e) 8(e) 19(e) 17(e) 9. Yil davomida ishga yollanganlar orasida yo‘qotishlar 3 6 2 4 3 10. Yil davomidagi qo‘shimcha ehtiyoj (8+9) 38 28 10 23 20 Talab va taklif prognozlari bo‘yicha katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil etish, kelajakda tashkilotdagi ishlarning ahvoli qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi taxminlarni baholash uchun inson resurslarini modellash- tirishdan foydalanish tavsiya etiladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling