Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
4.4-jadval “Yashovchanlik” me’yorining tahlili Guruhlar Datlabki tarkib Yil oxiriga “yashab qolganlar soni” 1-yil 2-yil 3-yil 4-yil 5-yil A 40 35 28 26 22 20 B 32 25 24 19 18 17 C 48 39 33 30 25 23 G 38 32 27 24 22 19 D 42 36 30 26 23 21 “Yashovchanlik”n ing o‘rtacha me’yori, foiz 100 82 71 62 55 50 Ishchi kuchi taklifiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida quyidagilar ahamiyatlidir: 1. Mahalliy ahamiyatga ega omillar: a) kompaniya hududi atrofidagi aholining zichligi; b) mehnat bozorida boshqa ishga yollovchilar bilan raqobatning holati (joriy va kelajaqdagi); v) ishsizlikning mahalliy darajasi; g) ishga yollashning an’anaviy usuli, shuningdek, talab etilayotgan malaka va tajribaga ega ishchi kuchining mavjudligi; d) mahalliy ta’lim tizimi (davlat yoki boshqa tur ta’lim muassasalari)ni tugallaganlar soni; e) hudud doirasida aholi migratsiyasining ahvoli; j) hududning yashash uchun qulayligi jihatidan ma’qulligi; z) kompaniyaning ish joyi sifatidagi ma’qulligi; i) to‘liq bo‘lmagan ish kunida ishlashga tayyor ishchi kuchining mavjudligi; 104 k) uy-joy, tovarlar va transport sotib olish uchun mahalliy imko- niyatlar. 2. Milliy xususiyatga ega omillar: a) ishga layoqatli aholi soni o‘sishining tendensiyasi; b) mutaxassislarning alohida toifalari: oliy o‘quv yurtlarini tugalla- ganlar, kasb tayyorgarligiga ega personal, texnologlar, texniklar, ustalar va boshqalarga umummilliy talab; v) universitetlar, politexnika va ixtisoslashtirilgan institutlarni tugallaganlar soni; g) ta’lim tizimi o‘zgarishi ‒ boshlang‘ich ta’lim davomiyligining uzayishi, universitet yoki maktab ta’lim dasturlarining o‘zgarishi natijalari; d) davlat ta’lim dasturlarining ta’siri; e) ish bilan bandlik sohasidagi davlat qonun hujjatlarining ta’siri. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling