Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
Ekstrapolatsiya – eng sodda va ko‘p qo‘llaniladigan uslub
bo‘lib, bugungi vaziyat (nisbat) asosida kelajakni belgilashdan iboratdir (4.2- jadval). 4.2-jadval Ekstrapolatsiyali prognoz Yillar Personal miqdori Nisbat (nazorat:ishchi) Ishchilar Nazoratchilar Amalda -3 -2 So‘nggi yil 1500 1800 2000 150 180 180 1:10 1:10 1:10 Prognoz Keyingi yil +2 +3 2200 2500 2750 200 210 230 1:11 1:12 1:12 Ushbu usulning jozibadorligi uning hammabopligidadir. Lekin ushbu uslubda korxona rivojlanishidagi hamda tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni hisobga olib bo‘lmaydi. Shu sababli ekstrapolatsiya qisqa muddatli rejalashtirish va barqaror tarkib bilan barqaror muhitda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar uchun qo‘l keladi. Ko‘pgina korxonalar esa ekstrapolatsiyaning xodimlari miqdor ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar (mehnat unumdorligining)ni hisobga oladigan aniqlik kiritilgan usulidan foydalanadilar. Sanoat kompaniyasi uchun asosiy ko‘rsatkich ishlab chiqarish budjetidir. Bu budjet korxona tomonidan sotilishi ko‘zlangan umumiy mahsulotni yoki korxona bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmini hisoblash asosida shakllantiriladi. Ish vaqti me’yorlaridan foydalangan holda ish vaqti budjeti chiqariladi. So‘ng har bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ish vaqti rejalangan ish vaqti hajmiga ko‘paytirilib belgilangan davr uchun reja ish vaqti fondi chiqariladi. Olingan ish vaqti fondi bir xodimga bo‘linadi va personalning zarur miqdori aniqlanadi. Ushbu hisobning eng soddalashtirilgan ko‘rinishi quyidagichadir: Yillik mahsulot ishlab chiqarish rejasi – 20 ming dona 100 Ish vaqti me’yori – 5 soat Yillik ish vaqti fondi rejasi – 100 ming soat. Bir ishchining ish vaqti fondi (o‘rtacha ish vaqtidan ortiqcha ishlangan vaqt, progullar, ishda bo‘sh turib qolishlar hisobga olinganda) – 2 ming soat Talab etiladigan asosiy ishchilar – 50 kishi. Talab prognoz qilishda ekspert baholaridan ham foydalaniladi. U inson resurslariga ehtiyojni aniklashda mutaxassislar fikridan foydalanishga asoslangan. Korxonada bunday mutaxassislar asosiy bo‘linmalar rahbarlari hisoblanadilar. Personalni boshqarish xizmati ular baholarini to‘plash va umumlashtirish bilan shug‘ullanadilar. Ushbu uslubning afzalligi bu ishda quyi rahbarlarning ishtirokidir. Ularning tajriba va bilimlari rejalashtirishga qo‘shimcha nufuz qo‘shadi. Ammo bu o‘rinda ekspert baholarini to‘plash va qayta ishlash ko‘p vaqt talab etishini, shuningdek, baholar subyektiv fikrlarni bildirishini hisobga olish kerak. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling