Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Mehnat unumdorligi va personal xarajatlarini tahlil etish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
Mehnat unumdorligi va personal xarajatlarini tahlil etish.
Faoliyat darajasini mehnat unumdorligini oshirish hisobiga ham, qo‘shimcha ishchi kuchini yollash hisobiga ham oshirish mumkin. Inson resurslari unumdorligi va xarajatlari nuqtai nazaridan kompaniya investitsiyalarini oqilona joylashtirishni talab etadigan xohlagan boshqa sarmoyalari kabi ko‘rib chiqish mumkin. Umuman olganda unumdorlik – xodimlarning muayyan sonidan foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar hajmidir. Kompaniya doirasida unumdorlik: – mahsulot birligi uchun sarflangan mehnat; – mahsulot narxida sarflangan mehnatning salmog‘i; – har bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot sotish hajmi; – kishi soat birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan 107 mahsulot; – mehnat sarfining qo‘shimcha qiymatga nisbatan (ishlab chiqarish xarajatlari bilan sotuv qiymati o‘rtasidagi farq) foizi kabi ko‘rsatkichlar yordamida aniklanadi. Olingan ma’lumotlarning tahlili mehnat unumdorligini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, boshqa- ruvni takomillashtirish yoki boshqa vositalar hisobiga umuman kompaniyada yoki uning bo‘linmalarida oshirish zaruratini aniqlab beradi. Qisqacha xulosalar Personalni rejalashtirish – bu personalni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, personalni umumiy va qo‘shimcha ehtiyojini aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Personalni rejalashtirishning mohiyati deganda kadrlarga ularning qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak bo‘lgan miqdorda ish o‘rni taqdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Personalni rejalashtirishning vazifalari quyidagilardan iborat: – personalni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa turlari bilan muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqarish; – personalni rejalashtirishni korxona umumiy rejasi bilan bog‘lash; – kadrlar xizmati reja guruhi o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil etish; – korxona strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko‘maklashadigan qarorlarni hayotga tatbiq etish; – korxonani strategik rejalashtirishda kadrlar asosiy muammolari va ehtiyojlarini aniqlashga ko‘maklashish; – korxona barcha bo‘limlari o‘rtasida personal bo‘yicha axborot ayirboshlashni yaxshilash. Personalni strategik rejalashtirish deganda muntazam asosda biznesni va uni rejalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish tushuniladi. Bunda, birinchi navbatda, yangi axborot texnologiyalari va moliya resurslari yordamida boshqariladigan alohida ishlab chiqarishning texnik vositalariga asoslaniladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling