92
Personalni jalb etishda ikki imkoniyatdan foydalaniladi:
1. Kompaniya yoki firmaning o‘z xodimlarini jalb etish. Ular ish
vaqtiga qo‘shimcha vaqtda ishga jalb etilishi,
malaka jihatdan
rivojlantirilishi, boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Bu usul samarali
hisoblanadi. Chunki, personal bu holda o‘z korxonasida qobiliyati,
malakasi, bilimi, tajribasini to‘laroq
namoyon etishi, xizmat
lavozimida ko‘tarilish imkoniyatiga egaligidan o‘z ishiga, xizmat
vazifasiga yanada mas’uliyatliroq, tashabbuskorlik bilan yondashadi.
Natijada, ularning ish va xizmat
vazifasidan qoniqishi ortadi, bu
mehnat
unumdorligini
oshirishga,
kadrlar
qo‘nimsizligini
kamaytirishga xizmat qiladi.
2. Xodimlarni chetdan jalb etish. Bu masalada korxona personali
xizmati bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan qalin hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatishlari talab etiladi. Shuningdek, ta’lim
muassasalari
o‘quvchi yoshlari ham bo‘lajak ishchi kuchi manbayi hisoblanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: