Personalni rejalashtirish yo‘nalishi, hal qilinadigan vazifalar
jihatlari va rejalash davrining davomiyligiga qarab, rejalashtirish
quyidagi uch turga bo‘linadi:
1) strategik, istiqbolli (uzoq muddatli) rejalashtirish (3 yildan 10
yilgacha);
2) o‘rta muddatli rejalashtirish (1 yildan 3 yilgacha);
3) qisqa muddatli, joriy rejalashtirish (1 yilgacha).
Personal bilan ishlash doirasida hal etiladigan vazifalarning
xilma-xilligi personalni rejalashtirishning quyidagi turlarini keltirib
chiqaradi:
– personalga ehtiyojni rejalashtirish;
– personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirish;
– personaldan foydalanish va uni qisqartirishni rejalashtirish;
– personalni o‘qitishni rejalashtirish;
– personal tarkibini saklab qolishni rejalashtirish;
– personalga sarf-xarajatni rejalashtirish;
– mehnat unumdorligini rejalashtirish.
Personalga ehtiyojni rejalashtirish mavjud mehnat resurslari
salohiyatini, ularga kelajakdagi ehtiyojni baholashni, personalni
rejalashtirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqishni talab etadi (4.6-rasm).
Personalga ehtiyojni rejalashtirishda quyidagilarni farqlash lozim:
– umumiy ehgiyoj – rejalashtirilgan ish hajmini bajarish uchun
tashkilotga zarur bo‘lgan xodimlar umumiy soni (personalga brutto-
ehtiyoj);
– qo‘shimcha ehtiyoj – korxona joriy ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda, rejalashtirilayotgan davrda mavjud ishchi kuchi soniga
zarur qo‘shimcha xodimlar (personalga netto-ehtiyoj).
PBE = m
i
· t
i
· BEK/IBT · 60
Bunda:
PBE -personalga brutto ehtiyoj;
m
i
- rejalashtirilgan davrda ish jarayonining miqdori;
t
i
- har bir ish jarayonini bajarish uchun talab etiladigan o‘rtacha vaqt (minutlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |