85
aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Personalni rejalashtirishda orttirilgan tajriba bu jarayon asosan uch
qismdan (4.5-rasm) iboratligidan dalolat beradi.
Birinchi qism – personal muammosini aniqlash. Bu –
ishlab
chiqarish uchun personal ta’minoti bo‘yicha nima talab qilinadi, degan
savolga javob izlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish dasturlarining
hajmi hamda firmaning tashkiliy tizimi (xo‘jalik strategiyasini amalga
oshirishi kerak bo‘lgan bo‘limlar) talab
etilayotgan ishchi kuchi
miqdorini (faoliyatning har bir turi,
ijtimoiy majburiyatlar va
hokazolar bo‘yicha mehnat sarfi hajmini hisob-kitob qilish asosida) va
uning sifatini (bilim, tajriba, ko‘nikma darajasi) aniqlaydi. Aniq ish
joylariga
talablar, ishlar, funksiyalar, xizmat
vazifalarini tahlil etib
borish asosida muntazam aniqlik kiritib boriladi.
Ishchi kuchiga umumiy ehtiyoj ham,
eng muhim lavozimlarga va
ixtisosliklar bo‘yicha ham hisob-kitoblar qilinadi. Istiqbolli rejalarda
ishchi kuchiga ehtiyoj ishlab chiqarish
hajmining bashorat
qilinayotgan o‘zgarishlari asosida aniqlanadi.
Ikkinchi qism (resursli) – muammoni hal etish manbalaridir.
Maqsadlar-xo‘jalik strategiyasi
Ishlab chiqarish dasturi, tashkiliy tizim
Resurslar
Mavjud
resurslar
tahlili
Salohiyat
Tashqi
manbalar
Personalga dastlabki
ehtiyoj
Miqdor
Sifat
Do'stlaringiz bilan baham: