81
Personalni rejalashtirish maqsadlari tashqi muhitni (imkoniyatlar
va xavf) tahlil etish, kompaniya yoki firma kuchli (ojiz) tomonlarini
tahlil etish, kompaniya yoki firma qo‘llab-quvvatlayotgan
shaxsiy
guruhlar manfaatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishni taqozo
etadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan
holda turli mamlakatlarda
rejalashtirishda o‘ziga xoslikni farqlash mumkin. Jumladan,
Yaponiya kompaniyalarida yangiliklarni joriy etish mukammalligiga
urg‘u berilsa, Buyuk Britaniyada –
resurslar taqsimoti, Amerika
Qo‘shma Shtatlarida esa barcha bo‘linmalar
strategiyasini
birlashtirish hamda resurslar taqsimoti birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Personalni rejalashtirishning vazifalari asosan
quyidagilardan
iborat:
– personalni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa
turlari bilan muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish;
– personalni rejalashtirishni
korxona umumiy rejasi bilan
bog‘lash;
– kadrlar xizmatining reja guruhi va korxona reja guruhi
o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
– korxona strategiyasini muvaffaqiyatli
amalga oshirishga
ko‘maklashadigan qarorlarni hayotga tatbiq etish;
– korxonaga
strategik
rejalashtirishda
kadrlar
asosiy
muammolari va ehtiyojlarini aniqlashga ko‘maklashish;
– korxona barcha bo‘linmalari o‘rtasida personal bo‘yicha
axborot ayirboshlashni yaxshilash.
Personalni rejalashtirish maqsadlari va vazifalari 4.3-rasmda
keltirilgan.
Ushbu maqsad va vazifalar korxonaga kerakli malakaga ega zarur
miqdordagi kadrlarni topish hamda saqlab turish, o‘z
personali
salohiyatidan eng samarali tarzda foydalanish, xodimlar ortiqchaligi
yoki yetishmasligi oqibatida paydo bo‘ladigan muammolarni
oldindan ko‘ra bilishni ko‘zlaydi.