93
Personalni o‘qitishni rejalashtirishda:
– talab etiladigan o‘quvchilar soni;
– o‘qitish yoki qayta o‘qitish talab etilayotgan xodimlar soni;
– yangi kurslar ochish yoki mavjudlarida o‘qitishni
tashkil etish
uchun xarajatlar;
– mavjud xodimlarni qayta o‘qitish hisobga olinishi kerak.
Personal tarkibini saqlab qolishni rejalashtirishda ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Mehnat sharoitiga
bevosita taalluqli bo‘lgan bu tizim (ta’lim muassasalari, tibbiy xizmat,
mehnat psixologiyasi xizmati, oshxonalar, sport-sog‘lomlashtirish
shoxobchalari) hamda ijtimoiy shart-sharoitlar (ish
vaqtining
davomiyligi, mehnatni rag‘batlantirish tamoyillari va tizimini ishlab
chiqish, baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar) xodimlarning
keng
doirasiga
taalluqli
bo‘lganligi
sababli,
personalni
rejalashtirishning bu tarkibiy qismi bilan alohida shug‘ullanish
maqsadga muvofiqdir. Chunki, rejalashtirishning barcha boshqa turlari
qisman ana
shu infratuzilmalarga tayanadi, bu mehnat sharoitlari va
mehnat munosabatlarining hal qiluvchi bo‘g‘inidir.
Do'stlaringiz bilan baham: