Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy strategik rejalashtirish
4
Zamonaviy strategik rejalashtirish Vaziyatni chuqur tahlil etsih va raqobatni baholash Strategik muqobillarni baholash Resurslarni dinamik taqsimlash 3 Klassik strategik rejalashtirish Ko‘p yillik budjet Bozorda muayyan tovar taqchilligini tahlil etish Resurslarni strategik taqsimlash 2 Uzoq muddatli rejalashtirish Yillik budjet Funksiyaning mohiyati 1 Moliyaviy rejalashtirish 4.8-rasm. Strategik rejalashtirish taraqqiyoti bosqichlari 97 Zamonaviy strategik rejalashtirish muntazam asosda biznesni va uni rejalashtirish imkoniyatlarini o‘rganishdir (4.8-rasm). Bunda birinchi o‘ringa yangi axborot texnologiyalari va moliya resurslari yordamida boshqariladigan alohida yshlab chiqarishning texnik vositalariga asoslangan yo‘llarni izlab topish chiqmoqda.Mavjud vaziyatni baholash va strategik muammolarga aniqlik kiritish zamonaviy strategik rejalashtirishda birinchi qadam hisoblanadi. Bu bosqichda quyidagi savollarga javob topish kerak: – bozordagi o‘zgarishlar qanday namoyon bo‘lmoqda? – korxonaning kuchli va ojiz tomonlari (umuman korxona, uning ishchanlik faolligi, foyda, bo‘limlar, guruxdar, sarmoya, mashina- uskunalar va ishlab chiqarishning boshqa vositalari) nimada? – ishlab chiqarishni kengaytirish (korxona sotib olish, yangilarini ta’sis etish, mavjud ishchanlik faoliyatini intensifikatsiyalash) imko- niyatlari mavjudmi? – bozor bugungi kunda qanday va kelajakda u qanaqa ko‘rinishda bo‘ladi? Va nihoyat uchinchi qadam “ishni qanday amalga oshirish kerak?” degan savolga javob topishdir. Bu ko‘p jihatdan tadbirkorlik konsep- siyasiga bog‘liqdir. Ushbu konsepsiyaning asosiy mezonlari quyidagidan iborat: – soha turlari (mahsulotlar, bozorlar, texnologiyalar); – mamlakat ichkarisidagi va chet ellardagi maqsadli guruhlar (mijozlar, mol yetkazib beruvchilar, hokimiyat, birlashmalar va boshqalar); – iqtisodiy maqsadlar (pul tushumi, aylanmadagi daromad, umumiy sarmoyadan daromad va boshqalar); – madaniyat ko‘lamlari va jamoat majburiyatlari; – assortiment siyosati (taklif ko‘lami va chuqurligi); – narxlar va sifat sohasidagi siyosat; – kommunikatsiya siyosati (jamoatchilik bilan ishlash, reklama, mahsulot sotishni rag‘batlantirish); – mahsulot sotish sohasidagi siyosat; – mahsulot sotib olishdagi siyosat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling