Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir


Mehnat unumdorligi va personal xarajatlarini tahlil etish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/26
Sana28.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1731290
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH

Mehnat unumdorligi va personal xarajatlarini tahlil etish. 
Faoliyat darajasini mehnat unumdorligini oshirish hisobiga ham
qo‘shimcha ishchi kuchini yollash hisobiga ham oshirish mumkin. 
Inson resurslari unumdorligi va xarajatlari nuqtai nazaridan kompaniya 
investitsiyalarini oqilona joylashtirishni talab etadigan xohlagan 
boshqa sarmoyalari kabi ko‘rib chiqish mumkin. 
Umuman olganda unumdorlik – xodimlarning muayyan sonidan 
foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki 
xizmatlar hajmidir. Kompaniya doirasida unumdorlik: 
– mahsulot birligi uchun sarflangan mehnat; 
– mahsulot narxida sarflangan mehnatning salmog‘i; 
– har bir xodimga to‘g‘ri keladigan mahsulot sotish hajmi; 
– kishi soat birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan 


107 
mahsulot; 
– mehnat sarfining qo‘shimcha qiymatga nisbatan (ishlab 
chiqarish xarajatlari bilan sotuv qiymati o‘rtasidagi farq) foizi kabi 
ko‘rsatkichlar yordamida aniklanadi. Olingan ma’lumotlarning tahlili 
mehnat unumdorligini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, boshqa-
ruvni takomillashtirish yoki boshqa vositalar hisobiga umuman 
kompaniyada yoki uning bo‘linmalarida oshirish zaruratini aniqlab 
beradi. 
 
Qisqacha xulosalar 
Personalni rejalashtirish – bu personalni rivojlantirish, uning kasbiy 
va malaka tarkibini hisobga olish, personalni umumiy va qo‘shimcha 
ehtiyojini aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga 
qaratilgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatdir. 
Personalni rejalashtirishning mohiyati deganda kadrlarga ularning 
qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq 
zarur vaqtda va kerak bo‘lgan miqdorda ish o‘rni taqdim etish uchun 
shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
Personalni rejalashtirishning vazifalari quyidagilardan iborat: 
– personalni rejalashtirishning tartibini rejalashtirish boshqa turlari 
bilan muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqarish; 
– personalni rejalashtirishni korxona umumiy rejasi bilan bog‘lash; 
– kadrlar xizmati reja guruhi o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlik 
faoliyatini tashkil etish; 
– korxona strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga 
ko‘maklashadigan qarorlarni hayotga tatbiq etish; 
– korxonani strategik rejalashtirishda kadrlar asosiy muammolari 
va ehtiyojlarini aniqlashga ko‘maklashish; 
– korxona barcha bo‘limlari o‘rtasida personal bo‘yicha axborot 
ayirboshlashni yaxshilash. 
Personalni strategik rejalashtirish deganda muntazam asosda 
biznesni va uni rejalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish tushuniladi. 
Bunda, birinchi navbatda, yangi axborot texnologiyalari va moliya 
resurslari yordamida boshqariladigan alohida ishlab chiqarishning 
texnik vositalariga asoslaniladi. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling