Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana28.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1731290
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH

Modellash – real vaziyatning tasviridir. Inson resurslari umumiy 
prognozlarini tayyorlash jarayonida modellash usullaridan foydalanish 
kadrlar qo‘nimsizligining darajasini anglash, bashorat qilish va 
o‘lchashga yordam beradi, shuningdek, xizmatda o‘sishni baholashga 
dastak bo‘ladi. Agar tashkilot kompyuterlashgan axborot tizimiga ega 
bo‘lsa, mavjud ma’lumotlar bankidagi axborotlardan katta hajmdagi 
ma’lumotlarni tez va chuqur tahlil etish uchun qo‘llanish mumkin. 


106 
Personal bo‘yicha kompyuterlashgan axborot tizimidan foyda-
lanish uchun maxsus “Microprospect”, “IMS- Monitor”, “IMS- 
WASP”, “IMS- CAMPLAN modellaridan foydalanish tavsiya etiladi. 
Ulardan qo‘llashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
1. Ushbu modeldan nima uchun foydalanilmoqda, undan qanday 
natijalar kutilmoqda, unda qaysi prognozlarni aniqlash kerak? 
2. Ekstrapolatsiya uchun ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida 
imkoniyat bor joylarda ma’lumotlar muvaqqat qatoridan foydalanish, 
ya’ni trendlarni tahlil etish. 
3. Ishchi kuchi tizimi to‘g‘risidagi taxminlarni shakllantirishda “Siz 
joriy amaliyotni davom ettiradigan bo‘lsangiz nima ro‘y beradi?” 
savolini qo‘ying, so‘ng “Bozor sharoitlarida, yangi texnologiyalarni 
qo‘llashda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqing” 
topshirig‘ini bering. 
4. Ma’lumotlar bazasini qismlarga bo‘lish ko‘proq aniqlik kiritish 
ehtimoli bo‘lsa ham juda kichik raqamlarni qo‘llash yolgon natijalarni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
5. Kadrlar qo‘nimsizligi to‘g‘ri.sidagi ma’lumotlar bo‘yicha 
taxminlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun ularni boshqa 
kompaniyalarning xuddi shunday ma’lumotlari bilan taqqoslab 
ko‘ring. 
6. Birinchi navbatda, modeldan ma’lumotlar chiqarayotganda eng 
asosiy natijalarni, ayniqsa ishchi kuchi tarkibidagi o‘zgarishlar, 
favqulodda katta va kichik oqimlarni izlab toping. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling