Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir


Personaldan foydalanishni va uni qisqartirishni rejalashtirish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana28.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1731290
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH

Personaldan foydalanishni va uni qisqartirishni rejalashtirish
 
Buning uchun bo‘sh turgan shtat lavozimlarini to‘ldirish dasturini 
ishlab chiqish kerak. Bu ishda xodimlar malakasi, tajribasi bilan bir 
qatorda ularning psixologik, jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olish 
kerak bo‘ladi. Ana shu masalalarni yodda tutish kasb kasalliklari, 
ishlab chiqarish jarohatlari, nogironlikning oldini olishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Personaldan foydalanishni rejalashtirishda yoshlar, keksalar hamda 
mehnat faoliyati cheklangan insonlarni ish bilan ta’minlash masalasi 
diqqat markazida turishi darkor. Buning uchun tashkilotda ushbu toifa 
personaliga ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli ish 
joylari zaxiralarini yaratish lozim bo‘ladi. 
Mazkur turdagi rejalashtirishda personalni qisqartirish masalasini 
ham hal etish talab qilinadi. Eng avvalo, kim, qayerdan va qachon 
qisqartirilishi belgilab olinishi kerak. Ayni paytda, qisqartirilgan 
xodimga yangi ish topishda ko‘maklashish chora-tadbirlari ko‘rilishi 
lozim. Bunday ishdan qisqartirilgan xodimlarga amaldagi mehnat 
qonunchiligi va me’yoriy hujjatlarga asosan tegishli to‘lovlarni amalga 
oshirish, qisqartirishni kasaba uyushmalari, boshqa tashkilotlar bilan 
kelishish ham talab etiladi. 


93 
Personalni o‘qitishni rejalashtirishda: 
– talab etiladigan o‘quvchilar soni; 
– o‘qitish yoki qayta o‘qitish talab etilayotgan xodimlar soni; 
– yangi kurslar ochish yoki mavjudlarida o‘qitishni tashkil etish 
uchun xarajatlar; 
– mavjud xodimlarni qayta o‘qitish hisobga olinishi kerak. 
Personal tarkibini saqlab qolishni rejalashtirishda ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Mehnat sharoitiga 
bevosita taalluqli bo‘lgan bu tizim (ta’lim muassasalari, tibbiy xizmat, 
mehnat psixologiyasi xizmati, oshxonalar, sport-sog‘lomlashtirish 
shoxobchalari) hamda ijtimoiy shart-sharoitlar (ish vaqtining 
davomiyligi, mehnatni rag‘batlantirish tamoyillari va tizimini ishlab 
chiqish, baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar) xodimlarning 
keng 
doirasiga 
taalluqli 
bo‘lganligi 
sababli, 
personalni 
rejalashtirishning bu tarkibiy qismi bilan alohida shug‘ullanish 
maqsadga muvofiqdir. Chunki, rejalashtirishning barcha boshqa turlari 
qisman ana shu infratuzilmalarga tayanadi, bu mehnat sharoitlari va 
mehnat munosabatlarining hal qiluvchi bo‘g‘inidir. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling