96
4.3. Personalni strategik rejalashtirish
Bu masalada strategik rejalashtirishning
klassik va
zamonaviy
uslublariga aniqlik kiritish talab etiladi.
Klassik strategik rejalashtirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi: avval maqsad belgilanadi, so‘ng uni amalga oshirish uchun
maqbul strategiya (yo‘l) izlanadi va pirovardida buning uchun zarur
resurslar (vositalar) aniqlanadi.
Bir qarashda mantiqan tuyulgan strategik rejalashtirishning bu usuli
tashqi muhit (bozordagi vaziyat, raqobat, texnologiyalar va hokazolar)
o‘zgarmas, barqaror bo‘lishiga asoslangan.
Ammo real voqelik bu
tasavvurlarni
mutlaqo
o‘zgartirib yubormoqda. Globallashuv,
raqobatning keskinlashishi bilan bir qatorda bugungi kunda texnika
taraqqiyotining yuksak sur’atlarda o‘sishining o‘zi rejalarga prinsipial
jihatdan o‘zgartirishlar kiritishni hayotiy zaruratga aylantirmoqda.
Masalan, so‘nggi 20 yil ichida texnika vositalari —
mashina-
uskunalar, kompyuterlar va boshqalar uchun ammortizatsiya davri
keskin qisqardi. Shuning uchun zamonaviy strategik rejalashtirish
endilikda moliyaviy mablag‘larni tashkilot rahbariyati darajasida qayta
taqsimlashni bildirmaydi.
Mavjud bitimlarda
raqobatda ustun kelishni
izlash
Dasturlar ishlab chiqish
uchun prognozlashning
salmoqli modellari
Yuksak strategik
moslashuvchanlikni
tashkil
etish
Tashkilotning tarkib
topgan madaniyati
Do'stlaringiz bilan baham: