Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir


-jadval  Ishchi kuchiga umumiy ehtiyojdan amaldagi ehtiyojga o‘tish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana28.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1731290
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH

4.1-jadval 
Ishchi kuchiga umumiy ehtiyojdan amaldagi ehtiyojga o‘tish 
bosqichlari 
 
Ko‘rsatkichlar 
Soni 
Rejalashtirishga kiritilgan vaqtdagi shtatlar jadvali: 
– rejalashtirishga kiritilgan vaqtdagi shtat lavozimlari 
(mavjud xodimlar) 
– yangi jalb etilganlar (ishga qabul qilinganlar, o‘qishdan 
so‘ng, harbiy xizmatdan so‘ng va hokazolar sababli ishga 
olinganlar); 


= Darhol qoplanishi kerak bo‘lgan ehtiyoj yoki ortiqcha 
ishchi kuchi 

+ pensiyaga chiqishi munosabati bilan almashtirish zarurati 
hollari 
+ harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan 
almashtirish zarurati hollari 
+ ishchi kuchi qo‘nimsizligi munosabati bilan almashtirish 
zarurati (statistika nuqtai nazaridan + mavjud ishdan 
bo‘shatishlar) 

= Almashtirishga ehtiyoj 

+ yangi kadrlarga ehtiyoj (tashkil etilayotgan yangi shtat 
lavozimlari) 
- kadrlarga ehtiyojning kamayishi (bekor qilinayotgan shtat 
lavozimlari) 

= kadrlarga amaldagi ehtiyoj yoki ularning ortiqchaligi 

Balans tuzilgan sana 

Bu o‘rinda personal muayyan malakalari va kasblari (masalan, 
chilangarlar, iqtisodchilar va hokazolar) bo‘yicha ehtiyojni hisob-kitob 
qilishda bu ishni ana shu har bir toifa bo‘yicha amalga oshirish zarur 
bo‘ladi. 
Personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirishda 
quyidagilar hisobga olinishi lozim: 
talab etilayotgan miqdor, jalb etish muddatlari; 
– taklifdagi alohida muammolar va ularni bartaraf etish vositalari; 
– jalb etish dasturi. 


92 
Personalni jalb etishda ikki imkoniyatdan foydalaniladi: 
1. Kompaniya yoki firmaning o‘z xodimlarini jalb etish. Ular ish 
vaqtiga qo‘shimcha vaqtda ishga jalb etilishi, malaka jihatdan 
rivojlantirilishi, boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin. Bu usul samarali 
hisoblanadi. Chunki, personal bu holda o‘z korxonasida qobiliyati, 
malakasi, bilimi, tajribasini to‘laroq namoyon etishi, xizmat 
lavozimida ko‘tarilish imkoniyatiga egaligidan o‘z ishiga, xizmat 
vazifasiga yanada mas’uliyatliroq, tashabbuskorlik bilan yondashadi. 
Natijada, ularning ish va xizmat vazifasidan qoniqishi ortadi, bu 
mehnat 
unumdorligini 
oshirishga, 
kadrlar 
qo‘nimsizligini 
kamaytirishga xizmat qiladi. 
2. Xodimlarni chetdan jalb etish. Bu masalada korxona personali 
xizmati bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan qalin hamkorlikda 
faoliyat ko‘rsatishlari talab etiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalari 
o‘quvchi yoshlari ham bo‘lajak ishchi kuchi manbayi hisoblanadilar. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling