Erishish uchun personalga boshqaruv ta’siri o‘tkazish vositalaridir
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
4. PERSONALNI REJALASHTIRISH
muddatli strategiyasiga ko‘proq e’tibor berishlariga majbur
qilmoqda. Ushbu vazifani hal etishda personalni rejalashtirish jarayonida har 87 bir xodim, eng avvalo uning kasb-malaka imkoniyatlari to‘g‘risida to‘planadigan ma’lumotlar juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu maqsadda maxsus so‘rovnoma asosida quyidagi ma’lumotlarni to‘plash talab etiladi: – personalning doimiy tarkibi (xodimning ismi-sharifi, turar joyi, yoshi, ishga qabul qilingan vaqti va hokazolar); – personalning umumiy tarkibi (malakasi, jinsi, yoshi, millati, nogironlar salmog‘i, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va hokazolar salmog‘i); – kadrlar qo‘nimsizligi; – bekor turib qolish, kasallik sababli ish vaqti yo‘qotilishi; – ish vaqti davomiyligi (to‘la va qisman ish bilan bandlar, bir yoki bir necha tungi smenada ishlovchilar, mehnat ta’tillarining davomiyligi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar; – ishchilar, xizmatchilarning ish haqi (ish haqi tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ustama to‘lovlar, tarif bo‘yicha ish haqi, tarifga qo‘shimcha to‘lovlar); – davlat va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlar (qoidalar, tarif shartnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar). Mazkur ma’lumotlar personalni boshqarish xizmatida muntazam ravishda to‘planib, umumlashtirib va tahlil etib borilsa, personalni rejalashtirish masalalarini hal etishda juda qo‘l keladi. Korxona ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ish o‘rinlarini tahlil etish asosida to‘planib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda ushbu jihatlarga e’tibor qaratilishi kerak: – ish o‘rnining tasnifi va nomlanishi; – ish o‘rnining texnik jihatlari (mazmuni, vositasi, mehnatni tashkil etish); – talab etiladigan malaka (umumiy ta’lim, kasb ta’limi, kasb tajribasi); – jismoniy jihatdan talablar (baquvvatlilik, ko‘rish, eshitish qobiliyati, atrof-muhit ta’siri); – psixologik talablar (ishning bir xilligi, e’tiborlik, jamoada ishlashga moslashuv va boshqalar); – shtatlar jadvali (personal miqdori); – boshqaruv organlari tavsifi; – boshqaruv organlarining tashkiliy bo‘ysunishi; 88 – lavozimlarni o‘rindoshlik asosida to‘ldirish rejasi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling