Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

 
Maftunkorlik omili №33 
Agar uni izzat-nafsini yumshoq panjalaringiz bilan avaylab silasangiz, u o`z kuchini 
tajovvuz yo`lda qo`llamaydi

Maqtov – erkak sizga o`zingiz xohlaganingizdek munosabat qilishiga majbur qiladigan 
samarador vosita. “ Ahyon-ahyondagina gul sovg`a qilasiz”, - deb nolimang. Yo`q, shu 
daqiqadan boshlab uning har bir guldastasi “siz hayotda ko`rgan eng zo`r guldasta” 
bo`lsin. Kamdan-kam restoranga olib borishidan nolimang. Yo`q, shu daqiqadan 
boshlab uning har bir olib borgan restorani siz uchun “ajoiyb” , “qoyilmaqom” bo`lsin.
Bordi-yu u: “Bu yerda bo`lganmisan?” - deb so`rab qolsa, undan avvalgi ikkita yigitingiz 
bilan xuddi ana shu stolda romantik dasturxon ustida o`tirganizni aytib yurmang (Agar 
bu yerga qaytib kelmaslikni orzu qilayotgan bo`lmasangiz). 
 
 


59 
Maftunkorlik omili №34 
Agar muloyim va nazokatli bo`lsangiz, yoringiz sizni asrab-avaylagisi keladi. 
Qachonki o`zingizni tajovuzkor tutsangiz, u siz bilan kurashishni boshlaydi. 
Agar yoringiz sizni erkak roliga da`vo qilayotganingizni sezib qolsa, jangga 
tayyorlanavering. Hozirgina o`z tashabbusingiz bilan sevimli mahbubadan xavfli raqibga 
aylandingiz. Agar u kurashishni boshlasa, har qanaqasiga g`olib bo`lishga urinadi, uni 
yengishingiz esa amri mahol. 
Erkakni ehtiyotkorlik bilan yo`lga solish kerak. Va buning yagona yo`li ular o`zlarini 
yaxshi tutganida maqtab turish. Erkak zotini sevimli so`zi “eng zo`r”. Uning qaysi xislati 
nazarda tutishingiz ahamiyatisiz, muhimi “eng zo`r” so`zini qo`shishni unutmang. Ana 
shunda sizga erkak zotining diqqat markazida bo`lish kafolatlanadi. 
Uning hudbinligi sizning do`stingizga aylansin. Yoringiz sizga uy dekoratsiyasida 
yordam berishni istadi va o`z bilganicha devorni har xil almisoqdan qolgan narsalar 
bilan to`ldirdi. Afrika qilichlarimi-ey, superkubok posterlari; u bularni “san`at asari “ 
deb biladi chog`i. O`zingizni qo`lga oling. Bu “bebaho antikvarlarni” san`at durdonasi 
ekanini e`tirof eting-u, darhol garaj yoki yerto`lani bezatishda uning yordamiga mujtoj 
ekaningizni ayting.
Agar uning uyda biror foydali ish bilan shug`ullanishi istasangiz, uning yordamiga 
muhtojligingizni ko`rsating. Go`yoki siz ojiza, u esa kuchli. Kichkinagina yumushlar, 
vazifalar bering. Videomagnitofonni tuzatishmi yoki suratni devorga ilish, buning 
ahamiyati yo`q. Erkak zoti elektrik drell bilan qurollanganda o`zini Rembodek his etadi. 
Agar surat qiyshiqroq ilinib qolgan bo`lsa , (shunaqa bo`ladi ham) buni xuddi ajoyib 
chiqqandek qabul qiling. U chiqib ketguncha biroz sabr qiling, keyin esa sekingina 
to`g`rilab qo`ying. 
Yoringiz uyga maoshini olib kelganda uyim-joyim deb mehnat qilayotgani uchun 
minnatdorchilik bildiring. U chiqib ketishi bilan cheklarini ko`ring-chi, navbatdan 
tashqari ishlagan soatlariga to`liq haq to`lashdimikin? 
U o`zini haqiqiy erkakdek namoyon qilib sizga yaxshi munosabatda bo`lganda uni 
rag`batlantirib turing. Hech bo`lmasa haftada ikki marta u o`zini qahramondek his 
etsin. 


60 
U uyda biror foydali ish qilganida, masalan, kitob javonini qoqqanida uni maqtab 
qo`ying. Javon 45 gradusga og`ib undagi kitoblar qiyshayib bir tomonga yig`ilib 
qoladimi, bu ahamiyatsiz. Xuddi hayvonot bog`idagi o`rgatilgan dengiz mushugidek 
baxtdan qarsak chalib yuboring, keyin esa yoringizni uyda yo`q vaqtini topib usta 
chaqiring-u, javonni unga bildirmay tuzattirib qo`ying. Bordi-yu: “Siz javonni qiyshiq 
ilibsiz”, - desangiz, baxtingiz xotima topdi deyavering. Endi uyda u ortiq bunday 
ishlarga qo`l ham urmaydi. Sizning tanqidingiz ubi o`zini ikki olgan yosh bolakaydan-da 
yomonroq his qilishiga majbur etdi. 
Erkaklarning ulkan xudbinligi bor va bu xudbinlik mehrga, parvarishga muhtoj.
“Tentak tulki” aynan shunday qiladi. Erkak o`zini uning olamidagi King Kong deb his 
qilishi uchun bor kuchi bilan urinadi. 
Mana uni sizni oldingizda qahramondek his ettiradigan bir nechta maslahatlar: 
• O`qshomlari itingizni aylanishga olib chiqadigan bo`lsangiz, “himoya qilishi uchun” 
sizga hamroh bo`lishini so`rang. Axir siz ojizasiz. 
• Agar u kichkinagina qo`ng`izni o`ldirsa ham, teskari o`giriling. “Xavf ortda qolganini” 
aytmagunicha qaramay turing. 
• Tunda biror shovqin eshitsangiz (masalan, tomda qushcha sakrayapti), o`zingizni 
qattiq qo`rqandek tuting. Va yoringizdan nima shovqin ekanini aniqlashini iltimos 
qiling. 
•U shovqin nimadan chiqayotganini aniqlab kelgandan keyin uni yonigizda ekani 
biram yaxshi, chunki u bilan o`zingizni “xavfsiz” sezishingizni ayting. 
• Undan bankani ochib berishini so`rang, hattoki uni ochishdan osoni yo`q bo`lsa 
ham. Hattoki mo`jazgina qog`oz qutilarni ham ko`tarishib yuborishini iltimos qiling. 
• Dahshatli filmlar ko`rayotganda bor kuchingiz bilan uning qo`liga tirmashib oling. 
Ayanchli sahnalar kelganda ko`zingizni chirt yumib oling va o`tib ketishi bilan aytishini
yoringizdan iltimos qiling. 
• Agar ko`cha sovuq bo`lsa, qo`llaringizni uning paltosiga suqing. 
• Undan mebelni surib berishini so`rang (hatto buni o`zingiz bemalol udallay olsangiz 
ham). U osonlik bilan shkafni surganida uning qanchalik og`ir ekanini va ”Siz juda 
kuchlisiz-a, buni joydan qo`zg`atishni tassavur ham qila olmayman”, - deng. 


61 
• Noqulay va murakkab to`xtash joylarida mashinangizni olib kirib berishiga ruxsat 
bering. Agar mashinani sizdan ko`ra ancha yaxshi boshqara olishini aytsangiz bormi, u
quvonganidan mashinangizni yuvib va benzin bakingizni ham to`ldirib beradi. 
Erkak xudbinligini yumshoq panjalaringiz bilan siypalang. Bu juda oddiy. Bolakay 
bog`chasidan bor olib kelib, rasm chizisga kirishib ketdi. Bu suratlar qanchalik rasvo 
bo`lmasin, ona hecham bolasini tanqid qilmaydi. Ona hecham “Nima balo chizding bu 
itmi yo sigir? Vazifalaringni qilganmisan o`zi?” demaydi. Aslo, yaxshi ona “Bu 
qoyilmaqon san`at asari”, deydi. Shunda bola o`zini Pikkaso deb hisoblab, yana 
o`ntalab rasm chizib tashlaydi. 
Maqtov judaym muhim. Erkak kishi sizni restoranga taklif etganda ovqatlanish 
vaqtida bir marta keyin xayrlashuv vaqtida xayrli tun tilab, yana bir bor taklif uchun 
minnatdorchilik bildiring. Yaxshi qiz har doimgidek xatoga yo`l qo`yadi u bir ish uchun 
qayta-qayta rahmat aytaveradi. Kamiga ertasi kuni hammasi biram ajoyib bo`lganini 
aytish uchun uch martalab qo`ng`iroq qiladi. Umrida issiq ovqat ko`rmaganmi deb 
o`ylaysan kishi. 
Munosabatlarning ilk bosqichida uning siz uchun to`lashiga ruxsat bering.
O`rtangizda aloqa ancha qalinlashgandan keyin goh-gohida o`zingiz to`lashingiz 
mumkin. Aslo yarmini yoki o`zing uchungina to`la deb turib olmang, axir bu erkak, 
birga ishlaydigan hamkasbingiz emas-ku. 
Agar erkak sizga oshiq bo`lib qolgan bo`lsa, u hecham harajatlarni bo`lishib yurmaydi. 
U “Sen indeykali salat olding, men mol go`shtili. Demak sendan …” - demaydi. 
Agar erkak ayolni yoqtirgan bo`lsa, maydalashib yurmaydi. Chunki uning fikri-zikri 
faqat “qanday qilib uning ko`ngliga yo`l topsam” degan o`yda bo`ladi. 
Agar unda katta harajatlarga imkoni yo`q bo`lsa, arzon restoranlarga boring yoki 
pulga bo`gliq bo`lmagan biror mashg`ulot bilan shug`ullaning. Masalan, velosiped 
uchishingiz, muzeyga borishingiz mumkin. Biroq u birinchi uchrashuvdayoq o`zingiz 
uchun o`zingiz to`lashingizni taklif etsa, u bilan ortiq uchrashishning keragi yo`q. Gap 
pulda emas, balki bu odamning sizda yaxshi taassurot qoldirishga urinmayotganidadir. 
Bu esa juda yomon belgi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling