Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №36 
Erkaklarning hukmronligi kishi ko`ziga, haqiqiy hukumat o`zaro munosabatlarda 
ko`rinadi, odamlar orasida emas. Bizga aynan shunisi muhim

Erkakning shashtini sindirmaslik uchun, unga boshqalar oldida haqiqiy erkak bo`lib 
ko`rinishiga yordam berishimiz kerak. U siz uchun eshik ochib berishiga va restoranda
buyurtmani u berishiga imkon bering. Bu uyda kim hokim ekanini ko`rsatadigan tashqi 
belgi, bu bilan erkingizdan ayrilib qolmaysiz. 
Agar siz uning orzusidagi ayol bo`lsangiz, buyruqsiz ham aytganiz aytgan, deganiz 
degan bo`ladi. Nima istasangiz, u shuni muhayyo qiladi. Ayolning qudrati erkaknikidan 
hecham kam emas. Bu yerda shoirona adolat bor: erkaklar dunyoni boshqaradi, ayollar 
esa ularni. 
Ellis istarali keksa ayol. Turmush o`rtog`i bilan uzoq yillardan beri totuv yashaydilar.
O`zlarining qimmatli maslahatlarini biz bilan baham ko`rdilar. Menga nimadir kerak 
bo`lsa, turmush o`rtog`imga bu g`oyani unikidek qilib uqtiraman. “Azizim, balki, 
restoranga borgingiz kelayotgandir? Ehtimol, sizga mana bunisi yoqar” kabi. 
U to`laydi, men esa uni o`zi tanladim, deb hisoblashiga imkon beraman. Biz 
tashqariga chiqqanimizda esa: “Azizim, qanday ajoyib g`oya kelibdi-ya sizga!“ – deb, 
uni maqtab qo`yaman. 


66 
Ayollarga romantika yoqishini ko`pchilik erkaklar yaxshi bilishadi. Ammo ayollar 
erkakka hokimiyat, o`z so`zini o`tkazish ana shunday ta`sir qilishini tushunishmaydi. 
Ular bundan moydek eriydi, siz esa bu vaziyatdan foydalanib o`zingiz istaganingizdek 
munosabatni yaratasiz. 
Erkaklar aynan shunday qilishadi. Ular biz atirgulni sevishimizni bilishadi. Aslida, ular 
uchun atirgul xuddi bir yovvoyi o`tdek yoki xonada o`sgan o`simlikdan farqi yo`q. 
Ko`pchilik ayollar atirguldan qilingan katta guldasta keltirgan erkakka yo`q deyisha 
olmaydi. Erkak hokimiyatini odamlar oldida tan olganingizda siz ham shunday qilasiz. 
U sizning ko`z o`ngingizda qiroldek ko`rinishni istaydi, sizning kayfiyatingizni
ko`tarishni xohlaydi. “Azizim, siz ajoyibsiz, men siz bilan faxrlanaman!” degan so`zlar 
uchun jonini berishga tayyor bo`ladi. Erkak o`zi sevgan ayolning e`tirofiga sazovor 
bo`lish uchun eng baland cho`qqini zabt etishgayam tayyor. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling