Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
Maftunkorli omili №28
Agar erkak sizni xavotirlanishga majbur qilsa, xavotirni o`z yo`lboshlovchingizga aylantiring. Ayolning seksual imkoniyatlari o`ttizdan keyingina cho`qqiga chiqadi, deyishadi ko`pincha. O`zini boshqa ayollar bilan solishtirib, o`ziga ishonmaydigan ko`pgina ayollar 54 uchun bu fikr o`rinli. Jinsiy hayotning yaxshilanishiga sabab ayol nima xohlashini erkakka bemalol ayta olishidadir. U xotirjamlashadi, o`ziga ishonch paydo bo`ladi va qat`iylashadi. U endi erkakni yo`qotishdan unchalik qo`rmaydi. Ko`pchilik ayollar o`zlarini qandaydir idealga o`xshashga majbur deb bilishadi. Boshqalar esa yotoqda erkakka parnografik shou uyushtirishlari kerak deb hisoblashadi. Hattoki erkaklarning ayolini tanqid qilib “Qancha ko`p qichqirsa, shuncha yahshi” deganini eshitgandim. Hattoki ommaviylashib ketgan parnografiya ham kinoning reallikdan katta farq qilisini isbotlaydi. Bunday sharmanda kinolarga ehtirosli ovozlarni studiyada berishadi. “Yomon qiz” hech qachon ozini qandaydir tashqi standartlar bilan solishtirib yurmaydi. Yaxshi ayollar esa nima uchundir shularga o`xshashga majburman deb o`ylashadi. To`shakda o`zini qanday tutish kerakligi bilan ovora bo`lib, umuman nima uchun bu joydaligini unutib qo`yayozishadi. Endi bu animatsiyaga aylanib ketdi. “Yomon qiz” bunday tomoshalar qo`yib yurmaydi. U rostgo`y. Xohlaganini aytishga iymanmaydi. Erkakni ushlab qolish uchun yolg`on tasavvur uyg`otib yurmaydi. Maftunkorlik omili №29 Haqiqiy erkak orzularida ehtirosli ayolni ko`radi. Erkak uchun ayolning qoniqishi juda muhim, ammo buni sun`iy qilmang. Albatta, erkak ko`ngli bu masalada nozik bo`ladi, ammo bu o`zingizning ko`nglingizni unuting degani emas. Yotoqdami, tashqaridami prinsiplar o`zgarishsiz qoladi. O`z ko`nglini olishni unutmagan ayol erkakni ko`proq baxtiyor qila oladi. Intim muloqotning har bir daqiqasida bunday ayol nima istayotganini erkak so`zsiz tushunadi. Bu esa erkakka boshqa barcha narsadan ham ko`proq rohat bag`ishlaydi. Yaxshi qizning yana bir xatosi u boshqa masalada juda samimiy va to`griso`z. Masalan, u yigit ikkinchi uchrashuvda undan hayotida nechta erkak bo`lganini so`raypti. Bu bir qop yong`oq rostini aytib qo`ya qoladi “Bor-yo`g`i uchta”. Yomon qiz esa hech qachon bunday qilmaydi. U bunday savollarga hecham to`ppa-to`g`ri javob berib o`tirmaydi. Ammo u sizni o`tmishingizni kavlashtirishni istab so`rab-surishtiraversa, “Mening hayotimda bo`lgan erkaklar soni senga uchragan ayollar sonidan kam ekani aniq”, - 55 deb aniq hisobotdan qutuling. Xuddi yashiradigan narsasi bordek, biror aybi bor odamdek o`zingizni oqlashga urinmang. Qaytaga unda shubha paydo bo`ladi, bu esa munosabatni buzadi. Agar u o`tmishdagi g`alabalarini oshirib-toshirib so`zlashni boshlasa, nima qilardingiz? Siz eshitayotganingiz bo`rttirilgan shakli bo`lgani va ulardan ayrimlari to`g`ri deb chippa-chin ishonganingiz uchun ham bu hikoyaga toqat qila olmaysiz. Erkak o`tmishidagi ayollarni eslashni boshlasa, yomon qiz qo`lidagi so`atiga bir qarab qo`yadi-yu, gapni boshqa mavzuga burib yuboradi.U o`zining bebaho ekanini yaxshi biladi, erkakni bu qoniqtirmasa katta ko`cha. Agar soatiga qaraganida u mavzuni o`zgartirmasa: “Azizim, menimcha, erkak emasligimni unutayozding, iltimos, menga avvalgi mahbubalaring haqida ortiq gapirma”, - deb yoqimsiz mavzuga nuqta qo`yadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling