Erkaklar Nega "yomon"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
11 labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maftunkorlik omili №23 To`shakdan avval erkak aniq fikrlay olamydi, ayolning miyasi esa ravshan bo`ladi.
Maftunkorlik omili №22
To`shak va “uchqun” bular hecham bitta narsa emas. Shirin g`alaba. Agar erkak sizga erishish uchun o`z jasorati, muomalasi yoki istarasini ishga solishi kerakligini his etsa, u sizni yanayam ko`proq qadrlaydi. Ayollar bekorga erlarini xo`jayin deb atashmaydi. Ular egalik hissi bilan tug`ilishadi. O`zlari erishishga urinayotgan narsani boshqa erkaklar osonlik bilan qo`lga kirita olmasligini bilish ular uchun yoqimli. Xuddi kapitan Kirk yoki Hristofor Kolumbdek hali erkak oyog`i yetmagan yerlarni ochishni istashadi. Erkaklarni bir narsa: sizning qanchalik tez taslim bo`lishingiz qiziqtiradi. Haqiqatan ham, tasodifiy aloqalarga odatlanmagan ikki insonning juda tez bir-biriga tushib, yaxshi munosabatlar paydo bo`lib va buni bir umrlik rishtaga aylangan holatlari bo`lib turadi. Ammo bu tasodif, qonuniyat emas. Mening yaqin dugonam Brittani dorishunos bo`lib ishlaydi. U ajoyib, go`zal, “munosib” ayol. Odatda u ikkinchi uchrashuvdayoq erkak bilan yaqin munosabtda bo`lib ketadi. Yaqinda u o`ziga yoqadigan bir yigit bilan uchrasha boshladi. Maqsadiga juda tez erishgan yigit bir zum o`yga toldi, keyin esa dugonamga yuzlanib: “Sen hamma erkaklar bilan shunaqa qilasanmi?”- dedi. Bu so`zlarni eshitgan dugonam o`z ta`rificha “qotib qoldi”. Agar siz juda tez erkak bilan yaqinlik qilsangiz, avvaliga o`ziga o`zi: “U mendek yigitga yo`q deya olmadi”, - deydi. Ammo keyinroq sizni yana nechta erkakka yo`q deya olmaganingiz va yana nechtasiga yo`q deya olmasligingizni o`ylab bosh qashlab qoladi. Maftunkorlik omili №23 To`shakdan avval erkak aniq fikrlay olamydi, ayolning miyasi esa ravshan bo`ladi. Keyin esa hammasi aksincha bo`ladi. Erkakning zehni tiniqlashadi, ayol esa esini yo`qotib qo`yadi. Yaqinlashish yorug`lik tezligida bo`lganda, erkak barcha xohlagan narsasiga erishadi. Yaqinlikdan keyin uning miyasi ravshanlashishadi, chunki u oldiga qo`ygan maqsadiga erishgani uchun yengil nafas olishi mumkin. Ayol esa endigina o`z xohlagan maqsadi 48 tomon yo`lga chiqmoqda. Uning ishi hali bitmadi. Endi ayol uni ta`qib qilishni boshlaydi, u esa qochib qoladi. Sizga yoqadimi yoqmi, munosabatlarning ilk bosqichida sizni qoniqtiradigan shart- sharoit yaratilishi ustida ish olib borasiz. Agar bu bitimga juda tez rozi bo`lsangiz, tashabbus va nazoratni qo`ldan boy berasiz. Yomon qiz o`zi uchrashayotgan erkak bilan bitim tuzish yoki tuzmaslik haqida ancha bosh qotiradi. U erkak zoti bir to`xtab o`tadigan bekat bo`lishni istamaydi. Erkak avval siz bilan tunni o`tkazishni istaydi. Sizning qanday tirikchilik qilishingiz unga muhim emas. Sizning mashinangiz qandayligi uni qiziqtirmaydi. Sizni ertalabdan yog`siz sutli qahva bilan shirinkulcha yeishni yoqtirishingiz bilan uning bir tiyinlik ishi yo`q. Sizni esa oldinda bu munosabatni mutlaqo boshqachasiga o`zgartirish uchun qilinadigan ishlar kutmoqda. Erkakni kutishga majbur qilib sizning “boshqacha” ekaningizga amin bo`lishiga imkon berasiz. Shundagina u sizni qaymoqli qahva emas, yog`siz sutli qahvani xush ko`rishingizga ahamiyat berishni boshlaydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling