Erkaklar Nega "yomon"


Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/92
Sana16.07.2023
Hajmi1,18 Mb.
#1660591
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №24 
Har bir erkak, avvalo, to`shakni xohlaydi; siz bilan uzoq muddatli munosabat
qilishni istash-istmasligi haqida keyinroq o`ylab ko`radi. Uning xohlaganini 
bermasangiz, u sizni qanday qilib ajralmas juftiga aylanib qolganingizni bilmay ham 
qoladi. 
Erkaklar o`yinlarni xush ko`rishadi, ayollar esa bularga toqat qila olmaydi. Quyidagi 
sahnani tasavvur qiling. Qiziqqon amerikalik erkak hisob 47:3 bo`layotgan superkubok 
o`yinini ko`ryapti. Bu unchalik qiziqarli emas, to`g`rimi? Ammo u hisob ochilmagani 
uchun qo`shimcha vaqt qo`shib berilgan o`yinni ko`ryapti. Qiziqib ketganidan uning 
diqqatini ekrandan, ketini esa o`rindig`idan ko`chirib bo`lmaydi. Mana u fanatlik 
qilayotgan komanda tashabbusni o`z qoliga oldi, u esa: “Bo`l, bo`laqol”, - deb 
baqirayapti. Mabodo uning komandasi g`albani qo`lga kiritsa, u telbalardek u yoqdan 
bu yoqqa yugurib, qiyqirib g`alabani nishonlaydi. 


49 
O`n yillar o`tgandan keyin ham agar siz shu final o`yin haqida so`rab qolangiz, xuddi 
kecha bo`lgandek aytib beradi. Ayol erkak bilan yaqinlashib ketishga shoshmaganda 
ham xuddi shunday bo`ladi. Erkakning qiziqishi oshganidan oshadi. 
Bu sizga urfdan qolgandek tuyulishi mumkin, ammo ishoning, mening maslahatlarim 
har xil yoshdagi erkaklardan olingan son-sanoqsiz intervyularga asoslangan. Ajoyib bir 
misol – Natan. U endigina yigirma beshga kirgan yigit. U ayollar ko`ngliga yo`p topishni 
yaxshi biladi. U menga nima deganini so`zma-so`z keltiraman: “Agar ayol juda tez o`zini 
topshirib qo`ysa, romantika yo`qoladi va ikkovimiz ham bu yo`nalishda harakat 
qilishdan to`xtaymiz. Chin so`zim, biz erkaklar bu borada qattiqroq, ko`proq urinishni 
xohlaymiz. Bizga o`yin o`ynash yoqadi, agar bu o`yin tez tugab qolsa, bizning 
hafsalamiz pir bo`ladi. Hattoki biz botinan bunga qarshilik qilamiz. Ha, biz unga 
erishishni xohlayotganimizni bilamiz, ammo qiz bola bizni kutishga majbur qilishini 
xohlayotganimizni ham bilamiz. Yo`qsa, bu ehtirosimiz ikki yo uch martadan so`ng 
mutlaqo so`nadi. Keyin esa biz yangi sarguzasht izlab ketamiz”.
Albatta, munosabat qurish uchun ortiqcha urinishni istamaydigan erkaklar ham 
uchrab turadi. Ular “uch uchrashuv” qoidasi bilan yashashadi. Qoidaga ko`ra agar ayol 
uch uchrashuvda ham xohlaganini beravermasa, unga vaqt ketkazish behuda. 
Jiddiy munosabat qursa bo`ladigan ayolni izlayotgan erkaklar talaygina. Ammo “uch 
uchrashuv” qoidasi bilan yashaydigan erkakning niyati bitta - xohlaganini olish va 
jo`nab qolish. Xohlaganini ololmagani uchun uchinchi uchrashuvdan so`ng erkak qaytib 
kelmasa bilingki, ertami-kechmi u baribir sizni tashlab ketardi. 
Yaxshi qiz erkak nima xohlasa, shuni berishga o`zini mas`ul deb biladi. Uni boshqarish 
juda oson. U erkak bilan bo`lgandan keyin uni shu yo`l bilan ushlab qola olaman deb 
o`ylaydi. Go`yoki bu borada u oltinga tengdek. Yomon qiz esa erkak qiyinchilik bilan 
erishgan narsasigina oltinga teng bo`lishini yaxshi biladi. 
Erkak zoti juda tez va ortiqcha urinishlarsiz maqsadga erishishni istaydi deb xomtama 
bo`lmang. Aslida, ko`pchilik erkaklar ayolga erishish uchun ter to`kishni istashadi. Erkak 
va yaxshi qiz orasida so`zsiz savdlolashuv boshlanadi: “Azizam, menga qara. Birga 
bo`lish uchun men ikkita kechki ovqat, guldasta va kinoga bilet olishga tayyorman. Jami 
255 dollar 95 sent. Ortiq bir chaqa ham bermayman!” 
Erkak qancha to`lay olishi va uning narxi qanchaligini bilishni istaydi. Yomon qiz esa 
undan aqlliroq. Biladiki, erkak agar uni ta`qib qilmasa, boshqa ayolning iziga tushadi. 


50 
Shuninig uchun ham “yomon qiz” erkak byudjetining qanday bo`lishidan qat`iy nazar, 
astronomikmi yoki kamtarona bu pullarning bari uning o`zigagina sarf bo`lishini istaydi. 
U o`zini erkak uchun eng yaxshi sarmoya deb hisoblaydi. “Uch uchrashuv “ qoidasi 
yomon qizga o`tmaydi. U erkakni xotirjamgina qo`yib yuboradi, loqal uni eslamaydi 
ham. Hattoki shunday erkaklar ham oxiri borib uning qoidasi bo`yicha oynamaydigan 
ayollarga uylanishadi. Yomon qiz o`z qoidalariga binoan o`ynaydi. “Korishguncha” 
degan so`z uning tilidan osongina chiqadi. Bordi-yu erkak ketadigan bo`lsa, bu qiz uni 
deb achchiq ko`z yoshlar to`kadi deb o`ylashiga o`rin qolmaydi. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling