Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti


Mutaxassislik fanlar bloki


Download 423.5 Kb.
bet6/15
Sana03.04.2023
Hajmi423.5 Kb.
#1322547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dilnoza

Mutaxassislik fanlar bloki:

  • muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakillantirishi;

  • magistratura mutaxasisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqod ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarni ta’minlashi kerak.

Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirilishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ilar bajarilishini nazarda tutishi lozim.
Ilmiy-tadqiqot ishlari:

  • mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • axborot texnalogiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqodlar natijalarini tahlil qilish vaaks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • talabalarga fan, texnika va texnalogiyalarning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay olish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishi lozim.



Ilmiy - pedagogik ishlar:

  • zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi;

  • o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish uquvi va ko‘nikmalarini hosilqilishi lozim.



2.6. BAKALAVRNING TAYYORGARLIGIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN UMUMIY MALAKA TALABLARI.

Bakalavr:


  • dunyo qarash bilan bag‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish, ijtimoiy muammsolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;

  • vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asosla bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;

  • tabiat va jamiyatda kechadigan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda komil va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

  • insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquiy va ma’naviy mezonlarini bilishi, kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olishi;

  • axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlarni qabul qila olish;

  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;

  • yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil eta olish;

  • sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqotga, o‘zini jismoniy chiniqtirish uchun va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

  • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lovozimlarda mustaqil ishlashga;

  • tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxasislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limini olish uchun tayyorlanadi.


Download 423.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling