Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti
MAGISTRNING TAYYORGARLIGIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN UMUMIY MALAKA TALABLARI
Download 423.5 Kb.
|
dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.7. O‘QUV YUKLAMASINING HAJMI. 2.7.1. Bakalavriat.
2.6.1. MAGISTRNING TAYYORGARLIGIGA NISBATAN QO‘YILADIGAN UMUMIY MALAKA TALABLARI
Magistr: tanlangan mutaxasislik bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga, shuningdek fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot, madaniyat va san’atning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega bo‘lishi; mutaxasislikka oid ilmiy muammolar bilan bog‘liq vazifalarni ifodalash va hal etish, qarorlar qabul qilishi, zarur bilimlar bazasini yaratish va undan o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi; ilmiy tadqiqod va mehnatni tashkil qilish metodologiyasini bilishi, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash metodikasini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, ilmiy tadqiqot natijalaridan faoliyatning tegishli sohalarida foydalanishga doir amaliy tavsiyalarni ifodalay olishi va taqdim qilishi; kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompyuterda modellashtirish metodlarini, eng maqbul yechimlar topishning oqilona usullarini egallagan bo‘lishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni ilmiy asosda tashkil qila olishi; zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan pedagogik texnalogiyalar va interaktiv ta’lim usullarini egallagan bo‘lishi lozim; Magistr: tanlangan mutaxasislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati; magistr tayyorgarligiga muvofiq mutaxasislik bo‘yicha aspiranturada oliy ta’limdan keyin tahsil olish; kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi. 2.7. O‘QUV YUKLAMASINING HAJMI. 2.7.1. Bakalavriat. Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarining o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Kunduzgi o‘qish shakli uchun auditoriya mashg‘ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim. O‘qitishning meyoriy muddati to‘rt yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 204 hafta davom etishi zarur. O‘quv davrining umumiy hajmi quydagicha taqsimlanadi: nazariy ta’lim 65-70 foiz; attestatsiya 9-10 foiz; ta’til 13-16 foiz; malaka amaliyoti 6-8 foiz; bitiruv ishi 2-2,5 foiz. Nazariy ta’lim hajmi bilim sohalariga qarab fanlar bloklari bo‘yicha quydagicha taqsimlanadi: gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar 23-25 foiz; matematik va tabiiy-ilmiy fanlar 8-25 foiz; umumkasbiy fanlar 33-50 foiz; ixtisoslik fanlari 9-10 foiz; qo‘shimcha fanlar 5-7 foiz. O‘quv yilida ta’til davrining umumiy hajmi 7-10 hafta qilib belgilanadi. Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling