Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti
Download 423.5 Kb.
|
dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyoti o‘tilishi nazarda tutilishi shart.
- 2.5.2 MAGISTRATURA.
2.5.1. BAKALAVRIAT.
O‘rta va Oliy ta’limning birinchi bosqichida ta’lim dasturlari o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi bilan uzluksiz va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur: - gumanitar va ijtimoiy –iqtisodiy; -matematik va tabiiy –ilmiy; -umumkasbiy; -ixtisoslik; -qo‘shimcha. Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyoti o‘tilishi nazarda tutilishi shart.Ta’lim dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart.Bakalavriat ta’lim dasturini o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olish nazarda tutilishi lozim.Ta’lim dasturlari bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda yakunlovchi davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.2.5.2 MAGISTRATURA.Magistratura ta’lim dasturlari bakalavriat ta’lim dasturlari bilan uzliksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar nazarda tutilishi zarur: umummetodologik fanlar ; mutaxassislik fanlar; ilmiy faoliyat. Ta’lim dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Talabalarning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda o‘quv fanlarning bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olish nazarda tutilishi zarur. Ta’lim dasturlari magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda yakunlovchi davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. 2.5.3. TA’LIM DASTURI BLOKLARI MAZMUNIGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR Umum metodologik fanlar bloki: milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi; insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari ta’limning insonparvarlik ruxi, zamonaviy sivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarini taqdim qilish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi; ilmiy va texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi; ilmiy ijodiyot metodologiyasi, bilishning umumiy usullari, emperik va nazariy tadqiqot usullari , qonunlar va qoidalar, mantiqi, asoslash va inkor qilish yo‘llariga doir bilimlarni ta’minlashi; ta’limda pedagogik texnalogiyatar, menejment va iqtisodiyot asoslari haqidagi bilimlarni ta’minlashi zarur. Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling