Erkinova dilnoza uktambay qizi ilmiy pedagogik ish hisoboti
Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash
Download 423.5 Kb.
|
dilnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarning reyting nazorat natijalari bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirish taxlili
2.8.2. Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muasasalarining faoliyatini baholash tegishli Ta’lim muassasalari davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi nizomga muvofiq tartibga solinishi kerak. Ana’naviy metodikadan talaba shaxsning rivojlanishini hisobga olgan holda bilimini ko‘nikma, undan esa malakagacha rivojlanishiga berilmasligi ayon. O‘qituvchi (prof, assistent): Axborotlarni to‘plash; Axborotlarni tanlash va qayta ishlash; O‘rganilgan axborotlarni qo‘llash; kabi o‘qitishning uch bosqichiga rioya qilishi kerak, shundagina bilim ko‘nikma, ko‘nikma esa malakaga aylanadi. Talaba bilim faoliyatining faollashuvi qator prinsplarga asoslanish, muammoli metodlarni qo‘llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, ko‘rgazma va texnik qurollardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash, fanlararo aloqadorlikni o‘rganish va hokazo. Bundan esa, ta’lim jarayonida amal qilinishi kerak bo‘ladigan asosiy prinsplar kelib chiqadi. Talaba o‘z bilimiga ishonish hissiyotini oshirish. Talabaga o‘z vaqtida kerakli yordam berish. Shunday qilib, ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv talabalarga bilim asoslari va kasb xususiyatlarini singdirish oqilona, ijodiy rejalashtirish, yangi ilg‘or g‘oyalar bilan boyitish, ular natijalarini xaqqoniy baholashga yordam beradi. Talabalarning reyting nazorat natijalari bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirish taxlili Men “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti 2022-2023 o‘quv yili I semestrida 2-26 guruh talabalariga ma`ruza darslarini “O‘simliklarni himoya qilish” kafedrasida tasdiqlangan kalendar reja asosida olib bordim. Darslarni o‘tish jarayonida talabalarni bilimini baholashda “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakultetining o‘quv uslubiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorati - baholash rejasi asosida olib bordim. “ Zararli kanalar, nemotadalar, kemiruvchilar va qarshi kurash choralari” fani uchun maksimal baho- 5, saralash bali - 3. Ma`ruza mashg‘ulotlar olib borish mobaynida 1 marta oraliq nazorat o‘tkazildi. Oraliq baholashlarni o‘tkazishda talabalar fanni qay darajada o‘zlashtirganligini, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilganligi, qiziqishlari, intiluvchanligi, tirishqoqligi va intizomiga e’tibor qaratib baholanadi. Guruhda “Zararli kanalar, nemotadalar, kemiruvchilar va qarshi kurash choralari” fanini yaxshi o‘zlashtirgan, tirishqoq talaba M.Numonova topshiriqlarni to‘liq bajargani uchun va tartib intizomi uchun reyting tizimi asosida a’lo baho, ya’ni oraliq nazorat uchun belgilangan maksimal 5 baho oldi. Guruhda fanni yaxshi o‘zlashtirgan, darslarda faol qatnashgan va fanni o‘zlashtirishiga qarab talabalardan Z.Dehqonboyeva, S.Hayrullayeva, D.Jumoboyeva, M.Sayliyev, M.Turdaliyevlar 4 baho oldi, darslarda ancha sustligi va topshiriqlarni to‘liq bajara olmagani uchun N.Normuxamedova, K.Rasulov, M.To‘xtasinova, M.Turdaliyev, O.Valiyev, N.Xazratova, V.Xoliqovalar 3 baho oldi. Ushbu guruhda laboratoriya mashg‘ulot darslari davomida shunga guvoh bo‘ldimki, talabalarning fanga qiziqishi juda katta va fanni yaxshi o‘zlashtirish uchun faol harakat qildilar. Dotsent: Z.G. Nosirova Tinglovchi: D.U. Erkinova “O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik” fakulteti 2- bosqich 26-guruh talabalarining reyting nazorati natijalari bo‘yicha “Zararli kanalar, nemotadalar, kemiruvchilar va qarshi kurash choralari” fani bo‘yicha darslarni o‘zlashtirish taxlili.
Dotsent: Z.G. Nosirova Tinglovchi: D.U. Erkinova Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling