Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish


Download 355.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana28.12.2022
Hajmi355.24 Kb.
#1071195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu 1

Rentgenologik tekshirish 
CHakka suyakni rentgenologik tekshirish – LOR tekshirish amaliyotida keng qo„llanadigan, 
etarlicha 
ma‟lumot beradigan tekshiruv. Uning yordamida patologik jarayonning 
lokalizatsiyalanishi va tarqalishi to„g„risida, ko„p xollarda esa kasallik xarakteri to„g„risida ham 
fikr yuritish mumkin. Bundan tashqari quloq tuzilishining anatomo-topografik xususiyatlari 
(sigmasimon sinusning joylashishi, tashqi va ichki eshitish yo„lining kengligi, o„rta va ichki 
quloqning tuzilishi va h.k.) to„g„risida ham fikr yuritish imkoni mavjud.
CHakka suyagi rentgenografiyasi va tomografiyasining ko„pgina usullari mavjud bo„lib, ular 
o„zaro markaziy nurning yo„nalishi bilan farq qiladi. Biroq ko„proq chakka suyakning yon 
tomondan, qiyalashgan va aksial proeksiyasidagi rentgenografiya kifoya qiladi (SHyuller, 
Stenvers va Mayer usullari). 
O„rta quloqning surunkali shamollashi va uning ko„p xollardagi asorati bo„lgan – 
xolesteatomaning rentgendiagnostikasi katta ahamiyatga ega. Bunda rentgendiagnostikaning 
qiyinchiligi o„rta quloqning kichik tuzilmalari, odatda xolesteatoma bo„shlig„ining kichikligi va 
joylashishi (ko„pincha nog„ora ustidagi bo„shliqda) bilan bog„liq bo„ladi. Rentgenologik 
jihatdan xolesteatoma bo„shlig„i intensivligi bo„shliq kattaligi va lokalizatsiyasiga bog„liq 
bo„lgan, strukturasiz yorug„lik alomatlari bilan xarakterlanadi, epitimpanitlar uchun patognomik 
bo„lib esa attikning lateral devori yaxlitligining buzilishi (destruksiyasi) hisoblanadi. 
Quloqning xavfsiz va xavfli shishlarida rentgendiagnostika katta ahamiyatga ega. So„ngilari 
yaqqol namoyon bo„lgan suyak destruksiyasi uchastkalari mavjud bo„lgan osteoparoz alomatlari 
bilan xarakterlanadi. Quloq jarohatlarida ham rentgenodiagnostika muhim ahamiyatga ega. U 
sinish va darz ketishlarning xarakteri va uzunligi, begona predmetlarning mavjudligi va 
lokalizatsiyasi haqida ma‟lumot beradi. 
So„nggi yillarda chakka suyagini rentgenologik tekshirishning yaxshiroq usuli – kompьyuter 
tamografiyasi tobora kengroq qo„llanmoqda. Bu usul inson tanasining istalgan joyida ko„ndalang 
kesimining tasvirini olish va vrachga alohida a‟zolarni yoki ularning bir qismini ko„rsatish 
imkonini beradi, rentgenologik tekshirish ma‟lumotlari bo„yicha esa ular haqida faqat vositali 
belgilar orqali xulosa chiqarish mumkin. Kompьyuter tamografiyasi negizida ma‟lum qonuniyat 
yotib, unga ko„ra ob‟ektning obrazini uning proeksiyalari to„plami bo„yicha aniq hosil qilish 
mumkin. Usulning mohiyati shundan iboratki, rentgen nurlarining tutami organizmning 
tekshirilayotgan qismiga turli ko„psonli yo„nalishlardan tushiriladi va tekshirilayotgan qatlam 
atrofida qadamba-qadam aylantiriladi. Inson organizmining a‟zolari va to„qimalari rentgen nurini 
bir tekis yutmaydi va binobarin turli yutish koeffitsientiga ega, shu bois sog„lom va patologik 
to„qtimalar uchun mazkur koeffitsientlarning nisbati bo„yicha patologik jarayonning mavjudligi 
to„g„risida xulosa chiqarish mumkin. Vizual tasvir uchun EHM televizion qurilma ekraniga 
tekshirilayotgan qatlamning har bir nuqtasi rentgen nurini yutish qiymatini chiqarib beradi, bu 
yorug„likning tegishli gradatsiyasi ko„rinishida aks ettiriladi.
Vestibulyar analizator faoliyatini tekshirish 
Vestibulyar analizatorni tekshirish maksad vestibulyar analizatorni funksiyasini xolati 
xarakteri, darajasi va tuzilishi sababini aniklamasdan iborat. Vestublyar apparat vestublyar
yadro va o„ztkazuvchi yo„llar orqali miyacha, orqa miya, ko„z muskullari xarakat nerv yadrosi, 
vegativ nerv sistemasi, bilan bog„liq. SHu sababli vestublyar apparat ekspermental


qo„zg„atilganda yoki vestublyar apparati kasalliklarda bir kator somatik, vegativ reflektorlar va 
sensor reaksiyalar ( bosh aylanishi, bo„liminr chizmasi tuzilish) kelib chikadi. 
Klinikada ko„z muskullari ( nistagm – ko„z aylanmasini ritimi qimirlashi somatik refleksini 
baxolash muxum axamiyatga ega. 
Vestublyar funkatsiyani tekshirish sponton vestibulyar rekatsiyalar va simptomlari shu bilan
birga vestublyar appartini ekspermental qo„zg„atilagndagi buzili subektiv belgilari ( bosh 
aylanishi ko„ngil aynashi) va ob‟ektiv simptomlar ( nistagm, muvozanat buzilish) bilan namoyon 
bo„ladi. 
Doimiy subektiv xissiyotlaridan biri bu bosh aylanmasidir. Vestublyar apparat 
qo„zg„atilishi yoki kaslligiga chikarilgan bosh aylanmasiga vektoriyaning yunaltirishlik) 
xarakterlik Bemorlar ba‟zan belgilangan yo„nalishda atrofdagi buyumlarni aylanishini ( o„ngdan 
chapga, chapdan o„nga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga) ko„tariladi. Ba‟zan bemorga o„zi 
o„qi atrofida aylanayotganday bo„ladi. Bosh aylanishi bemor o„z holatini o„zgartirganda ( 
turmoqchi bo„lganda ) kuchayadi , tinch holatda, sog„ quloq tomonga yonboshlab yotganda esa 
bosh aylanishi kamayadi. Bosh aylanishiga shikoyatlar quyidagi kasalliklarda ( hafaqon 
kasalligida bosh miya qon aylanishi buzilishi va hokozo) ham uchraydi ammo vektoriallikka ega 
bo„lmaydi bemorlar ko„z qorong„ulashishiga va boshga quyilishga o„xshagan sezgi paydo 
bo„ladi. Labirintitli bosh aylanishlar bemorlar tomonidan aniq va konkret tushuntiriladi.
Vegetativ buzilishlar. Vestibulyar funksiyani buzilishi ko„ngil aynishi qayt qilish taxikardiya 
yoki bradikardiya qon bosimini o„zgarishi ter ajralishini kuchayishi yuz teri va boshqa teri 
qatlamlarini oqarib yoki qizarib ketishi kabi ko„rinishidagi vagosimpatik (vegetativ ) buzilishlar 
bilan birga kechadi. Bo„ ko„rinishlar vestibulyar nervni qo„zg„alib keyin qo„zg„alishni adashgan 
nerv yadrolariga uzatilishi bilan tushuntiriladi.
Spontan nistagm vestibulyar apparat kasalliklarini muxim va ob‟ektiv simptomi hisoblanadi. 
Labirintli nistagm markaziy kelib chiqqan nistagmdan ko„z olmasini ikki fazali ritmik tebranishi 
bilan ajralib turadi.
1 faza- ko„z olmasini bir tomonga sekin og„ishi 
2faza- ko„z olmasini oldingi holatiga tez qaytishi 
SHu yo„sinda labirintli nistagmda ikki komponent farqlanadi: sekin va tez komponent 
Nistagmni kuzatganda tez komponent yaxshi ko„rinadi,sho„nga qarab nistagmni yo„nalishi 
aniqlanadi.Nistagm hosil bo„lishi quyidagicha tushuntiriladi . Normal holatda ikkala labirint ko„z 
nervini harakatlantiruvchi yadrolariga ularni tonusini bir xil ushlab turish uchun bir xil kuchdagi 
tonik impulьslar yuboradi. Bir labirintni kuchsizlanishi yoki qo„zg„alishi yuqoridagi 
muvozanatni buzadi va natijada ko„zni harakatlantiruvchi muskullar tomonidan reyaksiya 
sifatida ko„zni biri tomonga og„ishi kuzatiladi. Sekin komponentli nistagm labirintni qo„zg„alib 
ko„zni harakatlantiruvchi nervga reflektor o„tkazilishi bilan tushuntiriladi. Boshlang„ich holatdan 
ko„zni olmasini og„ishi markaziy javob reyaksiyasini chaqiridi va ko„z tezda oldingi holatiga 
qaytadi --- tez komponent. Ko„z olmasini tebranishini sekin va tez fazalari birin –ketin almashib 
turadi ya‟ni qo„zg„algan bir labirint ikkala ko„z harakatlantiruvchi yadrolariga boradigan impulьs
muvozanat buziladi. Labirint qo„zg„alganda spontan nistagm kasal tomonga yo„naladi. Labirint 
kuchsizlantirilganda sog„ tomonga yo„naladi.
Spontan nistagmni tekshrish 
Tekshrilayotgan shaxsga shifokor 50 sm masofadan ko„rsatgich barmog„iga qarashni 
so„raydi. SHifokor barmog„ini bir tomondan ikkinchi tomonga tanaffus bilan o„zgartiradi keyin 
tepaga va pastga. Barmoqni 45 gradusda ko„rsatish tavsiya etilmaydi sababi bir necha xil 
nistagmoid o„zgarishlar paydo bo„lishi mumkin. 
Nistagmni farqlari: 
1 Tekisligi bo„yicha- ko„z olmasini tebranishi gorizontal vertikal va rotator bo„ladi. Nistagm 
tekisligi yarim doira kanal tekisligiga mos kechadi. Vestibulyar apparat zararlanganda asosan 
gorizontal nistagm kuzatiladi. 


2 Yo„nalishi bo„yicha-o„ngga, chapga, yuqoriga, pastga. 
3 Kuchi bo„yicha I II III daraja I – daraja nistagm tez komponenti tomonga qaraganda 
nomoyon bo„ladi. II daraja –nistagm to„g„riga qaragan paytda ham nomoyon bo„ladi. III – 
daraja nistagm sekin komponent tomonga qaraganda nomoyon bo„ladi. 
4 Amplitudasi bo„yicha yirik o„rta kichik . Ko„pincha vestibulyar nistagm o„rta amplitudali 
bo„ladi.(ko„z olmasini tebranishi 4-5 mm). 
Muvozanat va yurishni spontan buzilishi.
Bu buzilishlar bosh aylanishi va qo„l – oyoq tana muskullari tomonidan reaktiv harakatlar 
yo„li orqali muvozanatni saqlashga intilish bilan bog„liq. Muvozanat buzilishini birdan nomoyon 
bo„lgan formasi bir tomon labirintni birdan zararlanishi natijasida kelib chiqadi natijada bemor 
nistagmni sekin komponenti tomoniga yiqiladi. Boshni holati o„zgarganda yiqilish yo„nalishi 
ham o„zgaradi. O„ng tomonlama nistagmda bemor chap tomonga og„adi. Agar bemor boshini 
chapga 90 C ga burib qo„ysa nistagm oldinga yo„naladi va bemor orqaga yiqiladi.
Romberg holatida chidamlilikni aniqlash. 
Vestibulyar apparat patologiyasida spontan nistagmni sekin komponenti tomonga yiqilishi 
kuzatiladi. Boshni holatini o„zgartirish ya‟ni burishi bemorni og„ish yo„nalishini o„zgartiradi.
Markaziy zararlanishdagi (m-n miyacha ) Romberg pozasidagi yiqilish boshni holatini 
o„zgartirganda yiqilish yo„nalishini o„zgaritirmaydi. Ramberni oddiy sinamasini qiyin variantni 
xam ushlash mumkin bunda qo„llar uzaytiriladi.( Saldbyut usul) yoki tovonni bir birini izidan 
ko„ymaslik ( tandem usuli). 
Alangali yurish. Bemor shifokorga yuzma –yuz ko„z yumolok xolda turadi yonboshga karab 
xarakat qiladi o„nga va chapga vestublyar bajariladi lekin miyaga zararlashnishda abssess 
zarrarlangan tomonga xarakat qiyinlashadi yoki qila olmaydi.
Bemorni ko„rsatuvchi sinamasi. Tekshirilayotgan shifokorga qarama – qarshi tomonga 
o„tiradi qo„lini uzatgan xolda qo„l kaftini tizzasiga qo„ydi ko„rsatkich barmoqdan tashkari 
xamma bormoqlarni bukadi keyin qo„lini tirsak bo„g„imda bukmagan xolatda ko„tarib 
ko„rsatgich barmoq bilan uzatib turgan shifokaorni ko„rsatkich barmog„iga tegishga xarakat 
qiladi. Birinchi ko„zi ochiq keyin esa ko„zi yumiq xolatda bajariladi. Vestublyar apparat 
zarrarlanishda bemor ikkala qo„li bilan sekin kompanetini nistagm tomon adashadi, miyaga 
zararlanishda esa zarrarlangan tomonda bitta qo„lida adashadi.
Barmoq burun sinamasi. Bunda bemor asta sekin xarakat bilan tizzasidan boshlab 
ko„rsatgich barmog„i burun uchini to„g„ri ko„rsata olishi kerak. Bu sinama oldin ko„zi ochik 
xolda keyin yumilgan xolda navbat galma- gal qilinadi.
Bunday xolatlar xam xuddi ko„rsatuvchi sinamadek boholanadi. 

Download 355.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling