Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEKSHIRISH” Otoskopiya
Mavzu №1: “LOR A‟ZOLARIKLINIK ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI. LOR A‟ZOLARINI ENDOSKOPIK TEKSHIRISH USULLARI. ESHITISH VA MUVOZANAT ANALIZATORI FUNKSIYALARINI TEKSHIRISH” Otoskopiya: Anamnez yig„ilganidan so„ng, quloq suprasi va so„rg„ichsimon o„simta soxasi ko„zdan kechirilib va palьpatsiya qilinganidan keyin, quloq voronkasi va peshona reflektori yordamida otoskopiya o„tqaziladi. Quloq voronkasi yordamida tashqi eshituv yo„lini va nog„ora pardani ko„rish mumkin, ayrim xolatlarda nog„ora bo„shlig„i elementlarini xam, nog„ora pardada perforatsiya bo„lgan taqdirda esa nog„ora bo„shlig„ining shilliq qavati xam ko„rinadi. Tashqi eshituv yo„lining xolatini aniqlash uchun bemorni boshi teskari tomonga buriladi, tekshiruvchi quloq suprasini tepaga va orqaga tortib, quloq voronkasi yordamida tashqi eshituv yo„lini tog„ay va suyak qismini, xamda nog„ora pardani o„zining elementlari bilan ko„radi. Agar eshituv yo„lida oltingugurt tiqini bo„lsa, uni vazelin moyi shimdirilgan paxtali tampon yordamida olib tashlanadi. Asosiy e‟tiborni nog„ora pardaga qaratish lozim: normada uning rangi kulrang, yaltiroq kulrang yoki osmon rangida bo„ladi. Nog„ora pardada quyidagi xosilalar aniqlanadi: 1) oq-sariq bolg„acha chizig„i, radius bo„ylab markazdan oldinga va yuqoriga yo„nalgan bolg„acha dastasini nog„ora pardaga birikkan yo„nalishiga to„g„ri keladi: bolg„acha dastasi bo„ylab pushti qon tomirlar o„tadi. 2) bolg„acha bo„rtmasi (prominentia mallearis) - bolg„acha dastasining yuqori qismidagi oq-sariq do„ngcha. 3) yorug„lik refleksi (yorug„lik konusi) - nog„ora pardadan qaytgan yorug„lik oldingi pastki segmentida yaltirovchi uchburchak sifatida aks etadi, uning cho„qqisi markazga yo„nalgan bo„ladi. 4) nog„ora pardani taranglashgan va bo„shashgan kismlari chegarasida joylashgan bolg„acha bo„rtmasidan oldinga va orkasiga yo„nalgan xira rangdagi, biroz egilgan oldingi va orqa bolg„acha burmalari. Ayrim odamlarda bolg„acha dastasiga parallel o„tgan nog„ora pardada oq chiziqcha ko„rinadi – bu nog„ora parda orqali ko„rinadigan sandonchani uzun o„simtasidir. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling