Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish


Download 355.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana28.12.2022
Hajmi355.24 Kb.
#1071195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 1

Rinoskopiya: Oldingi, o„rta va orqa rinoskopiya mavjud. 
Oldingi rinoskopiya burun kengaytirgichi orqali peshona reflektori yordamida 
yoritilganda o„tqaziladi, bunda burun kirish qismi yaxshi kengaytirilib, ko„rish uchun 
yaxshi sharoit yaratiladi. Burun kengaytirgich razmeri bemor yoshiga bog„liq bo„ladi. 
Birinchi pozitsiyasida burun bo„shlig„i tubi, pastki burun chig„anog„ini oldingi 
qismi, pastki burun yo„li, qonash soxasi (locus Kiesselbachii) joylashgan burun to„sig„ini 
oldingi-pastki qismlari, ikkinchi pozitsiyada – orqaga va pastga qaratilganda o„rta burun 
chig„anog„ini oldingi qismi va xid sezish tirqishi (yuqori burun chig„anog„i oldingi 
rinoskopiyada xar doim ko„rinmaydi) ko„rinadi. Burun yo„lari to„g„ri va keng bo„lganda, 
ayrim xolatlarda burun chig„anog„ini va burun to„sig„ini orqa qismlari, burun-xalqum 
orqa devorini bir qismi ko„rinadi (oldingi chuqur rinoskopiya). 
Orqa rinoskopiya burun-xalqum oynachasi orqali 115 gradus burchagi ostida 
burun bilan nafas olinganda xalqum bo„shlig„iga olib kirilib o„tqaziladi, bu xolatda 
yumshoq tanglay pastga tushib biroz orqaga o„tadi. Bemor albatta tilini tashqariga 
chiqazmaydi, va shifokor shpatel bilan uni pastga bosadi, burun-xalqum oynachasi 
tanglay tilchasi tegidan ko„zgusi bilan yuqoriga qaratilgan xolatda olib kiriladi. 
Tekshirish jarayonida yumshoq tanglay pastga va oldinga osilib qolmasligi uchun bemor 
maksimal xolatda uni bo„shashtirib turishi lozim. Bunda bemor og„zini ochib, burundan 
nafas oladi. Bunday xolatda xavo okimini asosiy massasi og„iz orqali o„tmasdan, burun-


xalqum bo„shlig„i orqali o„tadi. Agar yumshoq tanglay etarli darajada osilib qolmasa va 
burun-xalqum bo„shlig„ini ko„ra olmasak, til ildizi, xalqum orqa devori va yumshoq 
tanglay 10% li kokain yoki 3% li dikain eritmasi bilan surtiladi. Orqa rinoskopiyada 
yumshoq tanglayni orqa yuzasi, do„mog„ suyagini chizig„i va uchta yarus shaklida 
joylashgan burun chig„anoqlari bilan xoanalar ko„rinadi. O„rta burun chig„anog„ini pastki 
kismini va oldingi rinoskopiyada ko„rinmaydigan yuqori burun chig„anog„ini xam ko„rish 
mumkin. 
Orqa rinoskopiyani xar doim xam o„tqazib bo„lmaydi, ayniqsa bolalarda. Bunday 
xolatlarda barmoq bilan tekshirish usuli o„tqaziladi (tekshiruvchining ko„rsatkich 
barmog„i albatta antiseptik bilan ishlov berilgan bo„lishi kerak). Tekshiruvchi bemorning 
o„ng tomonidan turib, uning og„zi orqali barmoq xalqumning orqa devorigacha kiritilib, 
uni yuqoriga bukadi. Barmoq xalqumni burun qismigacha olib kiriladi. Muolaja bir necha 
soniya vaqt oladi. 

Download 355.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling