Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Eshitishni elektroakustik apparatura yordamida tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
Eshitishni elektroakustik apparatura yordamida tekshirish
Eshitish analizatori funksiyasini elektroakustik apparatura yordamida tekshirishning asosiy vazifasi eshitish kuchini, uning turli kasalliklarda shikastlani xarakteri va darajasini har tomonlama aniqlashdan iborat. Elektroakustik apparaturani eshitishni tekshirish uchun qo„llash eshitish funksiyasini tekshirishning boshqa (nutqli, kamertonli) usullari oldida qator afzalliklarga ega: tovush qo„zg„atuvchisining kuchini umumiy qabul qilingan birliklarda – detsibellarda dozirovkalash imkoni, quloq og„irligi yaqqol namoyon bo„lgan bemorlarda eshitishni tekshirish, bunda bir vaqtda ikkala quloqni tekshirish mumkin, chegaradan yuqoridagi audiometriya yordamida turli diagnostik testlar o„tkazish, tok kuchlanishining o„zgarmasligi (stabilligi) tufayli, uzoq vaqt davomida tovush signali darajasini bir tekis ushlab turish. Garchi nutqli tekshirish eshitish uchun adekvatroq bo„lgani bilan o„z afzaligiga ega, chunki inson uchun eshitishning alohida xarakteristikalari emas, balki jonli nutqni qabul qilish muhim. Kamertonli usul ham vrach amaliyotida zarur, chunki murakkab apparaturasiz birlamchi ko„rikning o„zidayoq eshitishning buzilishining asosiy xarakterini aniqlash imkonini beradi. Tovush analizatorini tekshirishda qanday qo„zg„atuvchidan foydalanilayotganiga qarab barcha audiometrik usullar uch guruhga bo„linadi – tonal, nutqli va shovqinli. Bundan tashqari, zarurat tug„ilganda eshitishni B.M.Sagalovich bo„yicha ulьtratovush bilan tekshirish qo„llanadi. Tonal audiometriya turli - 100 Gsdan 8000 GSgacha bo„lgan chastotali sof tonlarni qo„llashga mo„ljallangan. Nutqli audiometriya magnit plastinka yoki tasmaga yozib olingan so„zli testlarni qo„llaydi. SHovqinli audiometriyada tovush generatori yordamida hosil qilinadigan oq shovqin deb ataluvchi shovqin sof tonlar bilan birga qo„llanadi. Qo„zg„atuvchining kuchiga qarab audiometriyaning barcha usullari ikki guruhga bo„linadi: chegaraviy va chegara ustidagi. CHegaraviy audiometriya chegaraviy intensivlikdagi, ya‟ni zo„rg„a eshitiladigan tovushlar bilan o„tkaziladi. CHegara ustidagi audiometriya etarlicha baland tovushlar bilan o„tkazilib, ularning intensivligi chegaraviy qabul qilishdan ancha yuqori. Psixofiziologik nuqtai nazardan, mavjud bo„lgan usullar ikki turga bo„linadi: sub‟ektiv va ob‟ektiv. Sub‟ektiv usullar, yoki sub‟ektiv audiometriya, tekshirilayotgan shaxsning sub‟ektiv xissiyotlariga va uning irodasiga bog„liq bo„lgan ongli, javob qaytaruvchi reaksiyasiga asoslanadi. Ob‟ektiv yoki reflektor audiometriya tekshirilayotgan shaxsning, organizmda tovushning ta‟siriga javob tariqasida yuzaga keladigan va uning irodasiga bog„liq bo„lmagan, reflektor shartsiz va shartli javob qaytaruvchi reaksiyasiga asoslanadi. Tekshirish usullarining bunday turli-tumanligi audiologiya oldida turgan vazifalar, klinik otiatriya, xususan otojarrohlik ehtiyojlari bilan belgilanib, otojarrohlik uchun tovush analizatorinig shikastlanish xarakteri va darajasini bilish o„ta muhim. (1) Tonal chegaraviy audiometriya. Tekshirish havoda va suyakda yuzaga keltiriladigan turli chastotali tovushlarni qabul qilish chegarasini aniqlashdan iborat. Buning uchun eshitish a‟zosining havo naushniklaridan yoki suyakli telefondan uzatiladigan turli chastotali tovushlarni qabul qilishga bo„lgan sezgirligining chegarasi aniqlanadi. Tekshirish natijalari “uodiogramma” deb ataladigan maxsus setka-blankka kiritiladi. Audiogramma chegaraviy eshitishning grafik tasviridir. SHunday qilib tonal chegaraviy audiogramma avvalombor eshitish kuchini aniqlash imkonini beradi. Havo va suyakli o„tkazuvchanlikning chegaraviy egri chiziqlari xarakteri va ularning o„zaro bog„liqligi bo„yicha bemor eshitishining sifat xarakteristikasini ham olish mumkin, ya‟ni tovush o„tkazish, tovush qabul qilishda buzilishlar yoki aralash nuqsonlar bor- yo„qligi aniqlanadi. Tovush o„tkazishning buzilishi alomatlari: eshitish chegarasining havo o„tkazuvchanligida, ko„proq past va o„rta chastotalarda va kamroq yuqori chastotalar diapazonida ortishi, suyakli o„tkazuvchanlik bo„yicha eshitish chegarasi etarlicha yaxshi bo„lib qoladi, suyakli va havo o„tkazuvchanligining egri chiziqlari o„rtasida kattagina havo-suyakli uzilish mavjud. Tovushni qabul qilishning buzilishi alomatlari: havo va suyakli o„tkazuvchanli bir xilda buzilgan, havo-suyakli uzilish deyarli yo„q, boshlang„ich bosqichlarda asosan yuqori tonlarni qabul qilish buziladi, keyinchalik bu alomat barcha chastotalarga tarqaladi, chegaraviy egri chiziqlarda uzilishlar mavjud, ya‟ni u yoki bu chastotalarni qabul qilishning yo„qligi, bir yoki ikki chastota saqlanib qolgan eshitish “orolchalarining” mavjudligi, audiogrammada suyakli o„tkazuvchanlik egri chizig„ining yo„qligi. Aralash og„ir quloqlik audiogrammada tovush o„tkazish va tovush qabul qilishning buzilishi alomatalarining mavjudligi bilan xarakterlanadi, ya‟ni suyakli o„tkazuvchanlikda eshitish chegarasining ortishi bilan bir qatorda «suyakli-havo intervali” mavjud, bunda havo o„tkazuvchanligidagi eshitishning yo„qolishi suyakli o„tkazuvchanlikdagi yo„qotishdan ustun bo„ladi. Tovush analizatorini taqsimlashning anatomik sxemasiga binoan tovush o„tkazuvchi bo„lim tashqi, o„rta va ichki quloqning suyuq muxitidan iborat, tovush qabul qiladigan bo„lim esa retseptor, spiralli gangliy, asablarning VIII chi juftining o„tkazuvchi yo„llarini, markaziy o„tkazuvchilar va qobiqli qismni o„z ichiga olgan, retrolabirintli qismdan iborat.Tonal chegaraviy audiometriya tovush analizatori bo„limlari bo„yicha nuqsonlarni lokalizatsiyalashni belgilash imkonini, batafsil detallashtirmasdan, faqat umumiy ko„rinishda beradi. Quloq og„irligi shakllarini aniqlashtirish qo„shimcha usullar yordamida amalga oshiriladi: chegara ustidagi, nutqli va shovqinli audiometriya va eshitishni ulьtra tovush va past chastotali tonlar bilan tekshirish. (2) Tonal chegara usti audiometriya. CHegaraviy intensivlikdagi past tovushlar bilan tekshirish tovush analizatorining kundalik hayotda uchraydigan, intensivligi chegaraviy intensivlikdan ancha yuqori bo„lgan, turli tovushli qo„zg„atuvchilarni, xususan so„zlashish nutqini qabul qilish qobiliyati to„g„risida to„liq tasavvur bermaydi. Kasal quloq retseptoridagi ayrim nuqsonli o„zgarishlarda, masalan, neyrosensorli quloq og„irligida, eshitish qobiliyatining pasayishi bilan bir qatorda, baland tovushlarga ta‟sirchanlik kuchayadi, bunda tovush balandligini qabul qilishning ortishi shu qadar tez sodir bo„ladiki, normaga sog„lom quloqqa nisbatan tezroq etadi. Bunday xolat tovush balandligini rekrugirlash yoki tekislash (recruitment phenomenon, s. Loudness recruitment) fenomeni nomini oldi. Bu fenomen tovush baladligining tezlashgan ortishi fenomeni (FUNG) sifatida ma‟lum. Butun chegara usti audiometriyasi, koxlear apparati shikastlanish darajasini topik aniqlashda differensial-diagnostik ahamiyatga ega bo„lgan, mazkur fenomenni bevosita yoki bilvosita aniqlaydi. Bu fenomenni aniqlashning 30 dan ziyod usuli mavjud. Umumiy qabul qilingan va eng ko„p tarqalgani Fauler, Lyusherning klassik uslubi, SISI-test – tovushning qisqa ortishiga sezgirlik indeksi hisoblanadi. FUNG ga klinik tekshirish vaqtida shubha tug„ilishi mumkin. Bundan bemorning baland tovushlarni ko„tara olmasligidan shikoyat qilishi, ayniqsa kasal qulog„i bilan, shivirlash va so„zlash nutqlarini qabul qilish orasida dissotsiatsiyaning mavjudligi dalolat beradi – shivirlovchi nutqni bemor umuman qabul qilmaydi yoki chanoq yaqinidagina qabul qiladi, so„zlash nutqini esa 2 m dan ortiq masofada ham eshitadi, Veber tajribasi o„tkazilganda tovush qabul qilish laterizatsiyasi o„zgaradi yoki to„satdan yo„qolish, kamertonal tekshirishda kamerton kasal quloqdan asta uzoqlashtirilganda kamertonni eshitish to„satdan yo„qolish sodir bo„ladi. (3) Eshitishning ulьtratovushga sezgirligini tekshirish. Normal eshituvchi kishi ulьtratovushni suyak o„tkazuvchanligida 20Gs va undan ortiq diapazonda qabul qiladi. CHig„anoqning shikastlanishi bilan bog„liq bo„lmagan, quloq og„irligining turli shakllarida, ulьtratovushni qabul qilish normadagidek saqlanib qoladi. CHig„anoq shikastlanganda, ulьtratovush va nutq chastotalarini (8000Gs gacha) qabul qilish ko„p xollarda mos kelmaydi, bu shikastlanish xolatini aniqlashtiradi. Bundan tashqari ulьtratovushlarni lateralizatsiyalashni tekshirish katta ahamiyatga ega. Bir tomondan u, oddiy tovushlar aniq tasavvurni bermaganda, lateralizatsiyaning mavjudligini aniqlashtiradi, Ikkinchi tomondan, oddiy tovushlar va ulьtratovushlar lateralizatsiyasi yo„nalishining diagnostik farqlanishi ancha katta, masalan, Menьer kasalligida. (4) Nutqli audiometriya. 1930 yilda amaliyotga nutqli audiometriya yordamida eshitishni tekshirishning tadbiq etilishi otorinolaringologiyaning katta yutug„i bo„ldi, chunki tovush analizatorining funksional xolatini yaxshiroq aniqlash imkonini berdi. Hozirgi kunda nutqli audiomteriya uchta usul bilan amalga oshiriladi: havo naushniklari orqali, suyak telefoni orqali va erkin havo maydonida. Nutqli audiometriyaning tuzilishi tonal audiometriyaga o„xshash. Farqi shundan iboratki, tovushlarni bostirish uchun qo„llanadigan chastotalar generatoridan tashqari, magnitofon qo„llanib, uning ferromagnit tasmasiga maxsus nutq jadvalining so„zlari yozilgan.Jadval uchun so„zlarni tanlashda nutqning asosiy fizik ko„rsatkichlari: uning amplitudali xarakteristikasi (tovushning akustik quvvati), chastotali xarakteristikasi (akustik spektri), vaqt xarakteristikasi (tovush davomiyligi) va nutqning ritmo-dinamik tarkibi hisobga olinadi. Tovushlar baland va o„rta, yoki ko„proch past chastotalardan iborat bo„lgan murkkab, oddiy so„zlardan Tashqil topgan, ular kattalar, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirishga mo„ljallangan. Nutq audiometriyasi nutq aniqligi chegaralarini aniqlashga asoslangan. Aniqligi deganda to„g„ri tushunilgan so„zlar sonining umumiy eshitilgan so„zlar soniga nisitbati tushunilib foizlarda ifodalandi. CHunonchi, bemor tinglash uchun berilgan 10 ta so„zdan 10 ta so„zning hammasini to„g„ri tushungan bo„lsa, bunada aniqlik 100% bo„ladi, agar 8,5,2 ta so„zni to„g„ri tushungan bo„lsa, u xolda mos ravishda aniqlik 80 ,50 va 20% bo„ladi yoki nutq aniqligi chegaralari 100, 80, 50, 20% bo„ladi. Boshlang„ich yoki birinchi chegara bo„lib nutqning aniqlik darajasi emas, balki eshitishni qabul qilish darajasi hisoblanadi, bu chegara tekshirilayotgan shaxsda noaniq xarakterdagi tovushlarni qabul qilina boshlanishining paydo bo„lishi bilan ifodalanadi. Normada u audiometrning kalibrokasiga qarab 0-10 dB darajada aniqlanadi. Nutq aniqligining 100% chegarasi normada ko„p xollarda 20-30 dB darajada bo„ladi, ya‟ni nomarl eshituvchi kishi qabul qiladigan shivirlovchi nutq balandligi darajasiga teng. Tonal audigrammadan farqli o„laroq, nutqli audiogrammada abssissalar o„qida detsibelarda ifodalangan nutq intensivligi darajalari joylashtirilgan, 10 dB interval bilan 0 dan 120 gacha, ordinatalar o„qida – pastdan yuqoriga qarab nutq aniqligining foizlari, 10% interval bilan 0 dan 100% gacha. Tovush o„tkazuvchanligi buzilganda odatda har doim chegara nutq aniqligining 100% ga etadi, agar tovush intensivligi oshirilsa. Tonal va nutqli audiogrammalar solishtirilganda, odatda, nutq chastotalari diapazonida (500-4000 Gs) tonal audiogramma bo„yicha eshitishning o„rtacha yo„qolishi qancha detsibellni Tashqil etsa, nutq qabul qilish chegarasi ham shuncha detsibellga normadan kam bo„larkan. Tovush qabul qilish buzilganda, nutqni qabul qilish chegarasi tonal audiogramma bo„yicha nutq chastotalari diapazonida quloq og„irligining o„rtacha darajasiga mos keladi. Bu xoll 100% nutq aniqligi chegarasiga tegishli, bunda ko„p narsa quloq og„irligining darajasiga ham, tovush baladligining tezlashgan ortishi fenomeni (FUNG) ning yaqqolligiga ham bog„liq. Quloq og„riligi darajasi uncha katta bo„lmaganda va FUNG uncha yaqqol namoyon bo„lmagan xolda aniqlikning 100% chegarasi saqlanadi, FUNG yaqqol namoyon bo„lgan xolda bu chegara tovush balandligi keskin va xatto og„riqli ortishi sababli yo„q bo„lishi mumkin. Bunday xollarda nutqni bundan keyin balandlatish aniqlikning tez kamayishiga olib keladi. Bunday bemorlarda tonal audiogrammalardagi uncha kuchli bo„lmagan quloq og„irligi nutq aniqligining yaqqol namoyon bo„lgan buzilishi bilan birga ko„rinadi. Bunday ma‟lumotlar yaqqol namoyon bo„lgun tovush baladligining tezlashgan ortishi fenomeni sabab bo„lgan, tonal-nutqli dissotsiatsiyadan dalolat beradi. Retrokoxlear va retrolabirintli shikastlanishlarda ham tonal-nutqli dissotsiatsiya kuzatiladi, ammo yuqorida ko„rsatilgandan farqli o„laroq, u mazkur fenomen bilan tushuntirilmaydi, chunki bu nuqsonda bu fenomen odatda bo„lmaydi. Bu erda aniqlikning buzilishi o„tkazish yo„llari, eshitish markazlari va qobiq qismlardagi organik buzilishlar bilan tushuntirilishi mumkin. Tovush qabul qilish ancha buzilganda nutq aniqligining 100%li chegarasiga odatda erishib bo„lmaydi. (5) “Ob‟ektiv audiometriya”. Bunday tekshirish tovush analizatori markaziy bo„limlari shikastlanganda uning funksiyasi holatini baholashda, mehnat va sud-tibbiyot ekspertizasini o„tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tovushga shartsiz refleks bo„lib qorachiqlarning kengayishi (chig„anoq-qorachiqli reaksiya), qovoqlarni yumish (auropalьpebral, pirpiratuvchi refleks) ko„rinishidagi reaksiya bo„ladi. Ko„proq teri-golьvanik va qon tomiri reaksiyalari qo„llanadi. Tovush qo„zg„atuvchisi ko„p marta qo„llansa teri-golьvanik reaksiya so„nishi mumkin, og„riqli qo„zg„atuvchida esa u uzoq davom etadi. Tovushli va og„riqli qo„g„atuvchini birga qo„llab, shartli teri-galьvanik refleksni hosil qilish va uning yordamida eshitish chegaralarini aniqlash mumkin. Qon tomirli reaksiya pletizmografiya yordamida qayd etiladi. Tovush qo„g„zatuvchisini boshqa shartsiz qo„zg„atuvchilar (og„riqli, sovuq qo„zg„atuvchilar) bilan birga qo„llab tovushga shartli refleks hosil qilish va eshitish cheragalarini aniqlash mumkin. YOsh bolalarda reaksiyani ko„proq o„yinli audiometriyada qayd qilishadi, bunda tovush qo„zg„atuvchini bola tugmachani bosganda paydo bo„ladigan rasm bilan birga qo„llashadi. Dastlab beriladigan baland tovushlar pastrog„iga almashtiriladi va eshitish chegarasi aniqlanadi. Emizikli va kichkina bolalarda, hamda aqli zaif kishilarda eshitishni tekshirish maxsus usul yordamida amalga oshirilib, unda audiometriya tovush signallari miya qobig„ida hosil qilgan EEG da hosil qilgan potensil bilan birga qayd qilinadi. SVP (keltirib chiqarilgan eshitish potensiallari) nomini olgan bu usul psixikasi normal bo„lgan shaxslarda ham qo„llanishi mumkin va u diagnostika amaliyotida keng o„rin olgan. Tovush signallariga EEGdagi javoblar (odatda tovush chertkilari deb ataladigan qisqalari -1 me gacha,) juda kuchsiz bo„lgani sababli – 1 mkV dan kam, ularni qayd qilish uchun kompьyuter yordamida o„larning o„rtacha qiymati olinadi. Qisqa latentli keltirib chiqarilgan eshitish potensiallari (KSVP) kengroq qo„llanib, tovush analizatori qobiqli yo„llarining alohida tuzilmalarining xolati haqida tasavvur beradi. Ammo ular ma‟lum chastotali rag„batlantirishga qarshi reaksiya haqida hech qanday tasavvur bermaydi (chunki rag„bat qisqa bo„lishi mumkin).Bu borada uzun latentli keltirib chiqarilgan eshitish potensiallari (DSVP) ko„proq ma‟lumot berishi mumkin. Ular miya eshitish qobig„ining nisbatan uzun, ya‟ni ma‟lum chastotaga ega bo„lgan tovush signalalriga qarshi javoblarini qayd etadi, ularni turli chastotalarda eshitish sezgiriligini aniqlashda qo„llash, ya‟ni o„ziga xos audiogrammani hosil qilish mumkin. Albatta bu patsientning ongli javoblariga asoslangan oddiy audiogramma qo„llana olmaydigan yosh bolalarni tekshirish amaliyotida o„ta muhimligi tushunarli. SHu bilan bir vaqtda DSVP artefaktlar beradi va o„zlarni qayd etish uchun neyrotropik tinchlantiruvchi vositalarni qo„llashni, qator hollarda esa tekshirilayotgan bolaga narkoz berishni talab qiladi. Umuman SVP – audiologik diagnostikada ancha qiziqish uyg„otuvchi istiqbol. U ilmiy o„rganish va amaliy qo„llanish jarayonida takomillashib, yangi imkoniyatlar bilan boyib boradi. Biroq shunisi ham ayonki, gap bu erda sub‟ektiv anglash sifatidagi eshitishi haqida emas balki elektr javoblar ustida ketmoqda va diagnostikalash vaqtida xulosa chiqarishda xatoliklarga yo„l qo„ymaslik va umuman eshitish funksiyasi xolatini nomallashtirish uchun natijalarni talqin qilishda, ularni qayd etishda ma‟lum darajada ehtiyotkor bo„lish kerak. Nihoyat, zamonaviy amaliy audiologiyada keng qo„llanadigan «ob‟ektiv” usuldan biri akustik impedansometriya hisoblanadi. U ikkita protseduradan iborat: 1) nog„ora pardasining tashqi bosimning (atmosfera bosimining) dozalangan maksimumdan minimumgacha o„zgarishi ostidagi impedansini qayd qilishdan iborat bo„lgan timpanometriya va 2) quloq ichidagi mushkalarning (asosan stpedial mushak) nog„ora pardasining tovush bilan qo„zg„atilishiga qarshi refleksini qayd etish. Timpanometriya o„rta quloqning timpano-ossikulyar tizimining harakatchanligini va eshitish nayining o„tkazuvchanligini baholash imknini beradi. O„rta quloq mushaklarining refleksii esa eshitish funksiyasi to„g„risida tasavvur beradi. Ikkala usul ham tonal audiometriya bilan birga ham katta yoshdagi patsientlarda ham eng muhimi, oddiy audiometriya usuli yordamida boladan javob olib bo„lmagan xolda, kichik yoshdagi bolalarda quloq kasalliklarini diagnostikalashni yaxshilaydi. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling